Ishning maksadi
. Akademik shriftni grafik tarzda ifodalashga oid
nazariy bilim va amaliy ko‗nikmalar hosil qilish.
Shriftning xususiyatlari.
Shrift to‗g‗ri, kontrastli (keskin farq
qiladigan), oyoqchasi bilan tasvirlanadi. Asosiy element qalinligining
birlashtiruvchiga nisbati 5:1 ga teng.
Asosiy elementning qalinligi harf balandligining 1/6 tashkil qiladi.
Oddiy harf kengligining balandlikka nisbati 4:6 ga teng. "Bir yarimli"
harflar mavjud: SH, Q, M, D, YU kabi harflar. Bu shrift asosiy element
qalinligining yarmiga har ikki tomonga qaratilgan chiziqli oyoqchaga ega.
Ingichka elementlar uchburchak yoki tomchiga o‗xshagan nuqta shaklidagi
oyoqcha bilan tugallanadi. T, F, E harflari uchun o‗ziga xos qulfak, G, Q
harflari uchun taqa, S, O, C, harflari uchun esa o‗qsimon elementning
mavjudligi xarakterlidir. Kichik xarflar a, b, e, r, h, f, d ko‗rinishlari
bo‗yicha o‗zlarining katta (bosh) harflaridan farqlanadi.
g, y, j, q
harflarining chetga chiqib turgan elementlari qator balandligining
taxminan yarmini tashkil qiladi. Harflar oralig‗i oddiy harf kengligining
yarmidan kam bo‗lmasligi zarur.
Ishning bajarilish tartibi.
Ishni maketga mos holda mazkur
shriftning namunasiga qarab bajariladi. Shriftni chizish ketma ketligi
13
kesma yarim qalin shrifti bilan bir xil. Asosiy e‘tiborni oval va yarim oval
shakllarning xarakterli elementlarning (oyoqcha, qulfak va boshqalar)
puxta bajarilishiga qaratish lozim. Ovallarni chizish yoki yordamchi
nuqtalarni qo‗yish va ular bo‗yicha harflarning tashqi konturini chizishdan
boshlash kerak; keyin ovalning ichiga vertikal chiziqlar chiziladi.
A B D E F G X I J K L
M N O P Q R S T U V Y
Z O‗ CH SH
a b d e f g x i j k l m n o
p q r s t u v y z o‗ ch sh
6.1-shakl. Akademik shrift.
Shriftlar 75° qiya qilib ham yoziladi, harflarning asosiy elementlari
bo‗lib to‗g‗ri shtrix hamda ovalning qismi hisoblanadi. Oddiy harf
kengligining balandlikka nisbati 6:10 teng. Bu shriftda barcha xarf va
raqam elementlarining qalinligi bir xil va bosh harf balandligining 1/10
qismiga teng. Harflar orasidagi masofa balandlikning 2/10 qismiga teng
o‗lchamga ega; yon chiziqlari o‗zaro parallel bo‗lmagan harflar orasidagi
masofa yarmiga kamaytirilishi mumkin. a, b, g, d, e, r, i, y, p, sh, q, s, t, f
singari kichik harflar shu harflarning bosh shaklidan boshqacha yoziladi.
b, d, t harflari qatorusti, g, j, f harflari esa qatorosti elementiga ega, bu
ularni qatordan bosh harflar o‗lchamigacha chiqarib yozilishini talab etadi.
Kichik harflar balandligi bosh xarflar balandligining 7/10 ni tashkil qiladi.
Harflarni shrift namunasiga qarab egri chiziqli millimetrovkada
bajarish, so‗ng format qog‗oziga maketdagidek chizish tavsiya etiladi.
Harflarning qiyaligini chiqarish uchun qalam yordamida 1 sm oralab
yordamchi chiziqlar chizish lozim.
A B D E F G X I J K L M N
O P Q R S T U V Y Z O‘ CH SH
14
a b d e f g x i j k l m n op q
r s t u v y z o‘ ch sh
6.2-shakl.
Do'stlaringiz bilan baham: |