180
(izoanemona)
o‘rtacha
tezligining izoliniyalari
Izanomala
(izoanomala)
Qandaydir kattalikning (atmosfera bosimi, og‘irlik kuchi,
magnit kuchlanish va boshqalar) normal qiymatdan
(o‘rtacha ko‘p yillik, o‘rtacha kenglik va h.k.) anomaliyasi
(og‘ishi) izoliniyalari
Izoatma
Qandaydir
vaqt
davomida
bug‘lanish
yoki
bug‘lanuvchanlik kattaligi izoliniyalari
Izobaza
Yer po‘stining yangi tektonik va zamonaviy vertikal
harakatlari izoliniyalari
Izobazita
Eroziyaning mahalliy bazisi izoliniyalari
Izobara
Atmosfera bosimi izoliniyalari
Izobata
Okeanlar, dengizlar, ko‘llar, suv omborlari, daryo va
boshqa suv havzalari tubi relyefini aks ettiruvchi chuqurlik
izoliniyalari
Izobatiterma
Chuqurlikdagi suvlar izoliniyalari
Izogala
Og‘irlik kuchi kattaligi izoliniyalari
Izogalina
Dengiz suvining sho‘rligi izoliniyalari
Izogela, izogeliya
Quyosh nur sochishining davomiyligi izoliniyalari
Izogiyeta
Muayyan vaqt davomida (masalan, oy, fasl, yil uchun)
yog‘in miqdori (qatlami) izoliniyalari
Izogipsa
Dengiz sathidan yer yuzasi relyefi balandligi izoliniyalari.
Ko‘pincha ―gorizontal‖ atamasi sinonimi sifatida ishlatiladi
Izogona
Muayyan hodisa yoki fizik kattalikning (magnit og‘ishi,
shamol yo‘nalishi va h.k.) yo‘nalishi izoliniyalari
Izoguma
Tuproqda, tog‘ jinsida
nam miqdori izoliniyalari
Izodensa
Qandaydir hodisa, obyektning (masalan, aholi yoki aholi
manzilgohlari zichligi) zichligi izoliniyalari
Izodinama
Yer magnit maydoni yoki uning tarkibiy qismlari to‘liq
kuchlanishi vektori qiymati izoliniyalari
Izokatabaza
Yer yuzasining zamonaviy pasayishi amplitudasi (yoki
muayyan davr davomida pasayish tezligi) izoliniyalari
Izoklina
Magnit og‘ish (magnit strelkasi og‘ishi) kattaligi
izoliniyalari
Izokola
Kartografik proyeksiyalarga xos (masalan, maydon, uzunlik
masshtabi, burchak va shakllar kattaligi) xatoliklar
izoliniyalari
Izokorrelyata
Qandaydir hodisa yoki ko‘rsatkichlarning statistik
korrelyatsiyasi qiymatlari izoliniyalari
Izokrima
Muayyan vaqt davomida (oy, yil, fasl va boshqalar) eng
past havo harorati yoki suv izoliniyalari
Izomenal
Meteorologik elementlarning o‘rtacha oylik qiymatlari
izoliniyalari
Izonefa
Muayyan vaqt mobaynida bulutlilik, osmonning 10 ballik
shala bo‘yicha bulut bilan qoplanishi yoki bulutli kunlar
181
soni izoliniyalari
Izopaxita
Muayyan yosh yoki litologik tarkibning geologik
yotqiziqlari qalinligi izoliniyalari
Izopleta
Muayyan
hisob
kattaligi
(masalan,
aholi
zichligi
maydonlari) zichligi izoliniyalari. Izoliniya
sinonimi
Izoplyuviala
Izogiyeta bilan bir xil
Izorada
Radioaktiv elementlar yoki izotoplar miqdori izoliniyalari
Izoritma (izaritma)
Muayyan fizik maydonni (harorat, bosim, magnit og‘ishi va
h.k. ni) tasvirlovchi izoliniyalarning umumiy nomi.
Izoliniya sinonimi
Izoseysta, izoseysma Yer qimirlashlar (zilzilalar) kuchi (intensivligi) izoliniyalari
Izotaxa
Suv oqimi yoki shamol tezligi izoliniyalari
Izoterma
Harorat, suv, tuproq va boshqa obyektlar harorati
izoliniyalari
Izotermobata
Chuqurlikdagi suvlar izoliniyalari
Izofaza
Quyosh tutilishining katta fazalari bo‘lishi izoliniyalari
Izofena
Qandaydir mavsumiy tabiiy hodisalarning kelishi yoki
davomiyligi (fenologik fazasi) muddatlari izoliniyalari
Izoxiona
Qor qoplami qalinligi yoki davomiyligi izoliniyalari
Izoxrona
Qandaydir obyekt (masalan, muayyan shaharga yo‘llar
bo‘ylab borish) ga borish, kelish, hodisa davomiyligi
izoliniyalari
Karta (lar)da dengiz sathidan bir xil mutloq balandlikda joylashgan nuqtalarni
birlashtiruvchi egri chiziq (lar)ga
gorizontal(lar) deyiladi.
Shuningdek, masalan,
izotermalar – bir xil havo haroratiga ega bo‘lgan
nuqtalarni tutashtiruvchi egri chiziqlar;
izobaralar – bir xil havo bosimiga ega
bo‘lgan joyda nuqtalarni birlashtiruvchi egri chiziqlar;
izogietalar – bir xil yog‘in-
sochin tushadigan yerlarni (nuqtalarni) tutashtiruvchi egri chiziqlar;
izobatalar –
bir xil chuqurlikka ega bo‘lgan yerlarni tutashtiruvchi egri chiziqlar va boshqalar.
Iqlim kartalarini tuzishda izoliniyalar asosiy usul hisoblanadi. Odatda,
tasvirlanayotgan hududni (akvatoriyani) chegarasida hodisa miqdorini o‘zgarishini
ko‘rgazmali qilib tasvirlash uchun izoliniyalar orasidagi tilim-tilim joy (yer)lar
rangli shkala bo‘yicha bo‘yaladi yoki shtrixlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: