O’z – o’zicha boradigan barcha jarayonlar qaytmas bo’lganligidan sistema entropiyasi ortadi. Buni quyidagicha ta‘riflash mumkin: izolirlangan sistemada jarayonning ikki tomonga borishi mumkin bo’lsa, faqat sistemaning entropiyasi ortadi va o’z – o’zicha boradigan jarayonlar sodir bo’ladi, ya‘ni sistema entropiyasini oshiradigan jarayonlargina o’z – o’zicha borishi mumkin. Agar entropiya kamaysa ΔS < О jarayon bormaydi. Izolirlangan sistema jarayon borishi bilan uning entropiyasi ham orta boradi, shu bilan bir qatorda u muvozanat holatiga yaqinlasha boradi. Entropiya maksimal qiymatga yetganda, muvozanat qaror topadi. SHunday qilib, izolirlangan sistemada boradigan jarayonlarda termodinamik muvozanat shartini quyidagicha yozish mumkin: ds = O; d2S < О (V.14)

GIBBS VA GELMGOLS ENERGIYALARI Izolirlangan sistemada jarayonning yo’nalishi va muvozanatning qaror topishi shartini entropiya qiymatlarining o’zgarishi ifodalaydi. Izolirlanmagan sistemada turg’un temperaturada boradigan jarayonlarda bu vazifani Gibbs energiyasi (funksiyasi) va Gelmgols energiyasi (funksiyasi) bajaradi (1960 y.). Bu ikkala funktsiya – 1960 yilgacha izotermik potentsiallar deb, Gelmgols energiyasi izoxorik potentsial yoki erkin energiya, Gibbs energiyasi – izobarik potentsial yoki termodinamik potentsial deb, yuritilar edi. Hozir ham «Izotermik potentsial» atamasi ishlatilib turiladi. Gelmgols va Gibbs energiyalari holat funksiyasi, ya‘ni to’liq funksiya bo’lganligidan Gelmgols funksiyasi, Gibbs funksiyasi deb ham ataladi. Ko’p jarayonlar izotermik – izoxorik ravishda – turg’un temperatura va turg’un hajmda (T = const, V = const) yoki izotermik – izobarik ravishda – turg’un temperatura va turg’un bosimda (T = const, P = const) boradi. Shunga ko’ra, izotermik – izoxorik jarayonlarda Gelmgols funksiyasi, izotermik – izobarik jarayonlarda Gibbs funksiyasi qo’llaniladi. Gelmgol energiyasi yoki funksiyasi ortadi, G1 ba‘zan Ф harfi bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |