Bog'liq Karno sikli va teoremasi. Termodinamikaning 2-qonuni. Bajardi Z-fayllar.org
Karno sikli va teoremasi. Termodinamikaning 2-qonuni. Bajardi: Ziyovuddinov I
Karno sikli va teoremasi. Termodinamikaning 2-qonuni.
Bajardi:Ziyovuddinov I
Qabul qildi:Nigmatjonov S
Frantsuz injeneri Karno Nikola Leonar Sadi 1824 yilda «Olovning harakatlantiruvchi kuchi haqida mulohazalar» asarida issiqlik dvigatellari nazariyasiga asos soldi. Karno o‘zining bu ishida issiqlik dvigatelining ter- modinamikasi uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan siklini (keyinchalik uning nomi bilan atalgan siklni) ko‘rib chiqdi. Karno taklif qilgan sikl ikki adiabata va ikki izotermadan iborat bo‘lib, shu sikl bo‘yicha ishlagan is- siqlik dvigatelining F.I.K. eng yuqori bo‘ladi. Jarayondagi barcha sikllar qaytar deb qabul qilinadi. Ushbu siklni amalga oshishini chuqurroq tushunish uchun, quyidagidek issiqlik mashinasini ko‘z oldimizga keltiramiz, ya’ni, uning silindri jarayonga qarab issiqlikni absolyut o‘tkazadi va issiqlikni absolyut o‘tkazmaydi.

AYLANMA JARAYONLAR. KARNO SIKLI Termodinamikaning ikkinchi bosh qonuni 1824 yilda S. Karno tomonidan ochilgan va Karno sikli bilan bog’langan. Shunga ko’ra, bu sikl amaliy hamda tarixiy ahamiyatga egadir. Karno siklida, o’z – o’zicha bormaydigan jarayonlarning borishi uchun ularni o’z – o’zicha boruvchi jarayon bilan qo’shib birgalikda olib borish kerakligi yaqqol ko’rsatilgan. Karno siklida, o’z – o’zicha bormaydigan – issiqlikni ishga aylanish jarayoni o’z – o’zicha boruvchi jarayonni issiqlikning issiq jismdan sovuq jismga o’z – o’zicha o’tish jarayoni bilan qo’shib birgalikda olib borganda amalga oshishi mumkinligi ko’rsatilgan. Shu bilan birga texnikada amaliy ahamiyatga ega bo’lgan foydali ish koeffitsienti () ning nimalarga bog’liqligi va uni oshirish usullari ko’rsatilgan. Karno sikli Т1 – temperaturali issiqlik manbai va Т2 – temperaturali sovutkich rezervuaridan iborat. Ular juda katta hajmda bo’lib, isitgichdan issiqlik olinganda va sovutgichga issiqlik berilganda, ularning temperaturasi deyarli o’zgarmaydi. Hamma jarayonlar kvazistatik muvozanat holatidan cheksiz kichik farq qiladigan holatda bosqichlab olib boriladi. Bular esa hamma jarayonni termodinamik qaytar ravishda olib borishni ta‘min qiladi. Karno sikli aylanma jarayon bo’lib, jarayondan so’ng sistema va tashqi muhit o’zining oldingi holatiga qaytadi. Ikki rezervuar o’rtasida ishchi jism – ideal gaz o’rnatilgan, gaz kengaygan – qislganda porshen ideal holatda harakat qiladi. Karno sikli V.2 – rasmda tasvirlangan