83
- korxonalar ishlab chiqayotgan mahsuloti narxining yuqoriligi va sifatining
pastligi
natijasida
korxonaning
raqobat
bozoridagi
ulishining
kamayib
borayotganligi. Korxona mahsuloti narxi oshib ketishining sababi korxona o’z mulki
va er maydonlaridan norastional foydalayotganligi;
- korxonalarda sotilgan mahsulotga pul tushumining o’z vaqtida amalga
oshirilmaganligi sababli korxona keyingi ishlab chiqarishini tarkiblashi uchun
mablag’larning etishmasligi;
-
korxonalarning
davlat
tasarrufidan
chiqarilmaganligi,
yoki
xususiylashtirilgan bo’lsada, korxonalar haqiqiy mulkdorlarga berilmaganligi;
- korxona asosiy vositalarining eskirish darajasining yuqoriligi va asosiy
fondlardan foydalanish darajasi pastligi natijasida korxona tayyor mahsulotining
tannarxi yuqori bo’lishiga olib kelgan va korxona raqobat bozoridan chiqib
ketganligi;
- korxonalar tarafidan to’liq tahlil qilinmagan holda uzoq muddatli kreditlar
olish orqali korxonalarga kiritilgan investistiyalar;
- korxonalar tomonidan 2004 - 2009 yillarda chet el valyutalarida olingan uzoq
muddatli kreditning kurs farqi hisobiga zarar olishlari natijasida yildan - yilga
korxona aylanma mablag’larining kamayib borishi;
- Respublikamizda faoliyat olib borayotgan juda ko’p yirik korxonalar sobiq
sostialistik tuzum davrida o’z faoliyatini boshlagani, ya’ni yirik korxonalarda
eskirish darajasining yuqoriligi, hamda juda yirik maydonlarda joylashganligi
sababli ishlab chiqarilgan mahsulotlari tannarxining yuqoriligi natijasida tashqi
bozorda raqobat darajasining pastligi.
Bizning juda ko’p yirik korxonalarda ishlab chiqarishda ishtirok
etmaydigan, lekin korxona balansida saqlanib turgan bino va inshootlar, asosiy
vositalar, ortiqcha er maydonlari va aholiga xizmat qiluvchi ijtimoiy va
muhandislik infratuzilmalar saqlanib kelinishi natijasida korxonalarning
o’zgarmas xarajatlari juda katta yukni tashkil qilmoqda. Bu ortiqcha xarajatlarni
kamaytirish va yo’qotish uchun korxonalarni restrukturizastiya qilish kerak.
Sobiq ittifoq tuzumidan meros bo’lib qolgan ba’zi madaniyatlarni
tugatilmaganligi. Hozirgi kunda ba’zi korxonalarning ishlab chiqarish hajmlari bir
necha o’n marotaba kamayishiga qaramasdan ishchilar soni kamaytirilmagan.
Respublikamiz iqtisodiyoti va korxonalar rivojlanishida ichki investorlar
rolining pastligi. Olib borilgan tahlillar, xususiylashtirilgan korxonalar egalari
bugungi kunda korxonalarni yangilash maqsadida investistiya kiritish imkoniyatlari
pasligini ko’rsatmoqda.
Bu bo’limning yakunida Respublikamizdagi korxona va tashkilotlarning
kuchli va zaif tomonlarini ko’rib chiqish o’rinli deb topildi.
Do'stlaringiz bilan baham: