79
Iqtisodiy nochor va zarar ko’rib ishlayotgan
korxonalarni tarkibiy
o’zgartirish, moliyaviy sog’lomlashtirish buyicha bir qancha Farmonlar va
qarorlar qabul qilindi. Ularni qo’yida kurib o’tamiz:
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 18-noyabrdagi
PF-4053 sonli “Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini
yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 19- noyabrdagi
F-4010 –sonli “Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish to’g’risidagi
tartibni tasdiqlash to’g’risida”gi sonli Farmoyishi;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 28-noyabrdagi
PF-4058 sonli “Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo’llab-quvvatlash,
ularni barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-
tadbirlari dasturi to’g’risida”gi Farmoni;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 29-dekabrdagi
PQ-1024 sonli “2009 yilga asosiy makroiqtisodiy ko’rsatgichlarni va O’zbekiston
Respublikasi Davlat byudjeti parametlarini prognoz qilish to’g’risida”gi qarori (8
bandi).
Ushbu farmon va qarorlarning asosiy maqsadi iqtisodiy nochor korxonalarni
moliyaviy sog’lomlashtirish, modernizastiyalash, texnik
va texnologik jihatdan
yangilash jarayoniga tijorat banklarining mablag’larini kengroq jalb qilishni yo’lga
qo’yishga qaratilgan.
Bankrot korxonalarni tijorat banklariga sotishning (balansiga berishning) 3ta
mexanizm bo’yicha amalga oshiriladi. Ushbu mexanizmlarning barchasi
Respublika Komissiyasining qarori bilan amalga oshiriladi.
1.
Bankrot korxonaning kreditorlik qarzining tarkibini 70 va undan ortiq
foizini bank kreditlari tashkil etsa, tijorat banklari balansiga berish;
2.
Auktsion savdolari orqali tijorat banklariga sotish (eng ko’p narxni taklif
qilgan va tegishli majburiyatni o’z zimmasiga olgan);
3.Tanlov savdolari orqali – tijorat banklariga “0” (nol) qiymatga investistion
majburiyat sharti bilan sotish.
Bankrot korxonalari negizida yangi tashkil etilgan xo’jalik yurituvchi
sub’ektlar korxonalari
qo’shimcha qiymat solig’idan ozod qilindi;
uch yil davomida foyda solig’i, yagona soliq to’lovi, mulk solig’i va er
soliqlarini to’lashdan ozod qilindi;
boshqaruv kompaniyalarga berilganda foyda solig’i va yagona soliq
to’lovidan ikki yil davomida ozod qilindi.
Tijorat banklariga berilgan imkoniyatlari qo’yidagilardan iboratdir:
negizida – ustav jamg’armasi 100%gacha bo’lgan
yangi korxona tashkil
etish;
tugatilishi munosabati bilan unga avval berilgan, qoplanmagan kreditini,
shu jumladan Hukumat kafolati bilan berilgan kredit summasini bank
kengashining qarori bilan hisobdan chiqarish;
uchun malakali boshqaruv kompaniyasini tuzish va jalb qilish;
ularni tugatish bahosida olib, faoliyatini tiklab
uni bozor bahosida sotish
80
kabilar.
Tijorat banklarining majburiyatlariga qo’yidagilar kiradi:
1.
Tijorat banklari balansiga o’tkazilgan bankrot korxonalarni tiklash, texnik
va texnologik modernizastiya qilish va ishlab chiqarishni qayta qurollantirish,
zarur bo’lganda korxonani to’liq restrukturizastiya qilish orqali faoliyat
yo’nalishini o’zgartirish, strategik hamkorlar va investorlarni jalb qilishni nazarda
tutuvchi biznes-rejalarni ishlab chiqish;
2.
Yollangan har bir korxona boshqaruvchisi ishlab chiqarishda kutilgan
natijalarga erishishi orqali ishlab chiqarishlarga zamonaviy
va yuqori malakali
boshqaruvchilarni jalb qilish ishlarini olib borishi;
3.
Banklar tasarrufiga berilgan bankrot korxonalari kelgusi faoliyati ustidan
Respublika komissiyasida hisobot berishlari yo’lga qo’yilgan.
Iqtisodiy nochor korxonalarni hududlar taqsimotida oladigan bo’lsak, asosiy
qismini
Toshkent
shahridagi,
Qoraqalpog’iston
Respublikasi,
Jizzax,
Qashqadaryo, Namangan, Xorzam, Andijon va Surxondaryo viloyatlaridagi
korxona va tashkilotlar tashkil qilmoqda.
Iqtisodiy nochorlik alomatiga ega bo’lgan korxona va tashkilotlar vazirlik
va idoralar taqsimotida esa asosan “O’zkimyosanoat”, “O’zbekenergo” va
“O’zbekengilsanoat” davlat aktsionerlik kompaniyalariga, “O’zbekneftgaz” milliy
xolding kompaniyasiga, Qishloq va suv xo’jaligi
vazirligiga, “O’zbek ipagi”
uyushmasi va “O’zkommunxizmat” agentligiga qarashli hamda hokimiyatlarga
qarashli, yuqori vazirligi va idorasi bo’lmagan korxonalardan iboratdir;
O’z moliyaviy - xo’jalik faoliyatlarini zarar bilan yakunlagan korxona va
tashkilotlarni hududlar taqsimotida oladigan bo’lsak, asosiy qismini Toshkent
shahridagi, Namangan, Toshkent va Xorazm viloyatidagi korxonalar tashkil
qilmoqda. Vazirlik va idoralar taqsimotida esa asosan “O’zbekengilsanoat” davlat
aktsionerlik kompaniyasi, “O’zbekiston havo yo’llapi” milliy avia kompaniyasiga,
“O’zkommunxizmat” agentligiga hamda hokimiyatlarga qarashli, yuqori vazirligi
va idorasi bo’lmagan korxonalar va tashkilotlardan iboratdir.
Qo’yidagi jadvalda respublikada aniqlangan
kam quvvatlarda ishlayotgan
yoki faoliyat ko’rsatmayotgan korxonalar buyicha ma’lumot berilgan.
2005 - yilning 14 aprelida Adliya Vazirligida ro’yhatidan o’tkazilgan
O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor
korxonalar ishlari Qo’mitasi “Korxonlarning moliyaviy – iqtisodiy ahvoli
monitoringi va tahlil qilish mezonlarini aniqlash tartibi to’g’risida”gi 1469 - son
Nizomiga asosan korxonalarning boshqa inqiroziy holatlari aniqlanadi.
Past rentabelli korxona va tashkilotlar – yuqorida berib o’tilgan
“Korxonalarning moliyaviy – iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlil qilish
mezonlarini aniqlash tartibi to’g’risidagi” Nizomiga asosan xarajatlarning
rentabellik koeffistienti 0.05 dan past qiymatga ega bo’lgan korxona va
tashkilotlar (monopolist korxonalardan tashqari);
To’lov qobiliyatiga ega bo’lmagan korxona va tashkilotlar -
“Korxonalarning moliyaviy – iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlil qilish
mezonlarini aniqlash tartibi to’g’risidagi” Nizomiga asosan to’lovga qobillik
81
koeffistienti hisobot davri so’ngida 1,25 dan past qiymatga ega bo’lsa, korxona
to’lov qobiliyatiga ega bo’lmagan korxona va tashkilotlar.
Do'stlaringiz bilan baham: