Karkidonlar (Rhinocerotidae) -toq tuyokli sut emizuvchilar turkumi oilasi. 7 tacha turi va kenja turlari bor. Afrika, Jan.-Sharqiy va Sharqiy Osiyoda tarqalgan. Tropik oʻrmonlarda, suv boʻyidagi chakalakzorlarda, togʻlarda (3000 m balandlikkacha) va botqoqliklarda yashaydi. Gavdasi yirik, uzunligi 5 m cha, boʻyi 2 m cha, dumi qisqa, terisi kalin, deyarli junsiz. Burni ustida va qansharida 1—2 (qora karkidonda baʼzan 3 yoki 5) ta shoxi bor. Koʻzi kichkina, yaxshi koʻrmaydi, boʻyni qisqa va yoʻgʻon. Hidlash va eshitish organlari yaxshi rivojlangan. Oyogʻi qisqa, yoʻgʻon. Barmoqlari 3 ta, uchida tuyoqlari bor. Tungi hayvon. Yakka yoki juft-juft boʻlib, baʼzan 4—5 tasi poda boʻlib yuradi. Karkidon turli oʻsimliklar bilan oziqlanadi. Pashsha va soʻnalardan qochib, botqoqqa tushib yotadi. Noyabrda urchiydi. Boʻgʻozlik davri 17-19 oy. Tugʻilgan bolasi 25 kg cha. Tanasi vazmin va qoʻpolligiga qaramay tez yuguradi. Goʻshti, yogʻi yeyiladi, terisi va shoxidan turli buyumlar tayyorlanadi. 5 turi: sumatra, qind, yava karkidoni qora, oq karkidon bor. Barcha turlari Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.
Fillar (Elephanditae) — xartumlilar turkumi oilasi. Baʼzi sistematiklar fikricha, kenja oilasi. 2 urugʻi: Afrika Fili (2 tur) va Osiyo Fili (1 tur) bor. Fil asosan, Osiyo va Afrikaning oʻrmon hamda savannalarida tarqalgan. Boʻyi 4—4,5 m gacha, ogʻirligi 5—7,5 t gacha. Terisi kalta va siyrak tukli. Oyoklari yoʻgon, baquvvat. Barmoqlari (oldingi oyoklarida 5 ta, orqadagisida 4 yoki 5 ta) tuyoqqa oʻxshash shoxeimon tuzilma bilan qoplangan. Oyoq kaftining tagida yumshoq massa boʻlib, filning tovusheiz harakatlanishini taʼminlaydi. Bir kunda 100 km cha yoʻl yurishi mumkin. Jagʻining ustki va pastki qismida 1 tadan oziq tishi bor, ular vaqtvaqti bilan yeyilib tulik shoxshabbalari, bargi, mevasi, kurtaklari va boshqa (bir kunda 100 kg cha) bilan ozikdanadi. 70—80 yil yashaydi. Eng qadimgi F. qoldigʻi yuqori pliotsen davri yotqiziqlaridan topilgan. Goʻshti ovqatga ishlatiladi. Fil suyagi, dumidagi qattiq qili va terisidan turli buyumlar yasaladi. Hind fili xonakilashtirilgan, ishchi hayvon sifatida foydalaniladi. Koʻplab ovlanishi va yashash muhitining buzilishi natijasida Fillarning soni kamayib ketgan. Barcha turlari muhofaza qilinadi.
Xardivaynberg qonuni - bir gen allellari boʻyicha farq qiluvchi, oʻzaro erkin chatishadigan populyatsiyalarda allellar va genotipik sinflar uchrashishi tezligining taqsimlanishini tasvirlovchi qonun. 1908- yilda birbirlaridan mustaqil holda ingliz matematigi G. Xardi va nemis vrachi V. Vaynberglar kashf etishgan.Xardivaynberg qonuniga binoan, mutatsiya, tanlash bosimi, migratsiya va genlar dreyfi yuz bermaydigan hollarda allellarning oʻzaro uchrash tezligi avloddanavlodga oʻzgarishsiz oʻtadi. Modomiki, avlodda allellarning uchrash tezligi otaonalarinikiga oʻxshash boʻlar ekan, u hodda genotiplarning ham uchrash chastotalari oʻzgarishsiz qoladi. Aallelini "r", aallelini esa "q" harfi bilan belgilansa, u holda p+q=l boʻlishi, bu formula yordamida populyatsiyada A va a allellarining uchrash tezligi; AA, Aa, aa genotiplarning uchrash tezligini esa p2+2pq+q2 formula yordamida aniklash mumkin. Xardivaynberg qonuni populyatsiyalar genetikasi uchun muhim ahamiyatga ega. Qonun populyatsiyalarda kam uchrovchi allellarning aksariyat hollarda geterozigota organizmlarda saqlanib qolishini koʻrsatib beradi. Xardivaynberg qonuni tabiiy sharoitda amal qilishi juda qiyin, chunki populyatsiyalarga genetik muvozanatni buzuvchi tashki va ichki omillar doimo taʼsir etib turadi. Shu sababli Xardivaynberg qonunini keyingi populyatsiongenetik modellar yaratishning boshlangich shakli sifatida qarash maqsadga muvofiq boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |