Agar vektor analizning belgilaridan foydalansak,
kuch
bilan vektorlarning
vektor ko’paytmasi orqali aniqlanadi:
= 2[
× ] . (4.a)
Koriolis kuchi sutkalik aylanish natijasida ma’lum burchak tezlikka ega bo’lgan Yer
shari ustidagi harakatlarda namoyon bo’ladi. Masalan, poyezd shimoliy yarim sharda meridian
bo’yicha shimolga qarab borayotgan bo’lsin(6-rasmdagi, nuqta). Bu vaqtda
nisbiy tezlik
vektori burchak tezlik vektori bilan burchak tashkil qiladi va Koriolis kuchi Yer sirtiga
urinma ravishda, poyezd harakat yo’nalishiga nisbatan o’ngga bo’ladi. Poyezd o’ng tomondagi
relsni chap tomondagi relsga nisbatan kattaroq kuch bilan bosadi.
Janubiy yarim sharda poyezd janubga ketayotgan bo’lsa(6-
rasm
’ nuqta), bilan orasidagi burchak o’tmas bo’ladi va
Koriolis kuchi harakat yo’nalishiga nisbatan chap tomonga
yo’nalgan bo’ladi. Daryo suvlarining shimoliy yarim sharda o’ng
qirg’oqni, janubiy yarim sharda esa chap qirg’oqni yuvib ketishi(
Ber qonuni), shuningdek, shimoliy yarim sharda shimoliy-
sharqiy passatlarning vujudga kelishi va shunga o’xshash
hodisalar Koriolis kuchi mavjud ekanligi tufayli ro’y beradi.
Erkin tushayotgan jismlarning vertikaldan sharqqa tomon
og’ishi va mayatnik tebranish tekisligining o’zgarishi –
jismlarning Yer shari ustidagi harakatiga Koriolis kuchining ta’sirini
ko’rsatuvchi misollardir. Oxirgi holni mukammalroq ko’raylik. Masalani soddalashtirish
uchun, mayatnik shimoliy qutbda tebranyapti, deb faraz qilamiz. U holda mayatnik yukining
tezligi(mayatnik ipi uzun bo’lganda) hamma vaqt Yer sharining aylanish o’qiga tik bo’ladi,
va demak,
⊥
; bunda
– Yer aylanishining burchak tezligidir. Natijada, mayatnikning
yukiga son qiymati
= 2 ′
bo’lgan Koriolis kuchi ta’sir qiladi: bu kuch gorizontal
tekislikda yotadi va
vektorga nisbatan o’ng tomonga yo’nalgan bo’ladi. Bu kuchning
ta’sirida mayatnikning yuki har bir tebranishda o’ng tomonga og’adi. Natijada mayatnikning
tebranish tekisligi Yerga nisbatan soat strelkasi yo’nalishida burial boradi va bir sutkada
2
burchakka buriladi. Mayatnik geografik kengligi bo’lgan joyda tebransa, tebranish tekisligi
bir sutkada
2 sin burchakka buriladi.
Mayatnik tebranish tekisligining burilishini birinchi marta 1851-yilda Fuko kuzatgan
va bu kuzatish Yerning sutkalik aylanishi mavjudligini bevosita isbot qildi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Umumiy fizika kursi (E.I.Frish. I tom).
2. Sear’s and Zeemansky’s University Phsyics and Modern Physics(First Australian SI
edition).2011 Australia.