Karimjon rahimqulov bori nigmonov


O‘ZBEKISTONDA BASKETBOLNING



Download 25,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/91
Sana06.02.2022
Hajmi25,8 Mb.
#432811
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
Bog'liq
sport khakamligi

O‘ZBEKISTONDA BASKETBOLNING
PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISHI 
O‘zbekiston hududida basketbol 1913–1914- yillarda tarqa-
la boshlaganligi haqida ma’lumotlar bor. Ammo o‘lkamizda bas-
ketbol 1920- yillardan keyingina chinakamiga rivojlana boshladi. 
O‘zbek fizkulturachilarining basketbol o‘yini ORP Vseobuch va
-
kili S. Storshiy, L. Karkoshning nomi bilan bog‘liq. 1920- yilda 
L. Barxash Farg‘ona shahrida, S. Storshiy Toshkent shahrida bi -
rinchi bor basketbolchilar jamoasini tuzadi. U o‘yinchilarni o‘yin 
qoidalari bilan tanishtirib, ko‘rgazmali o‘yin o‘tkazadi. 
Toshkentda birinchi o‘yin 1920- yilning sentabr oyida Vseobuch 
maydonida bo‘lib o‘tadi. Har bir jamoa tarkibida 9 kishidan iborat 
o‘yinchi bo‘lib, ular 28 × 16 metrli maydonda o‘ynar edilar. May-
don ko‘ndalang chiziqlar bilan uch qismga bo‘linib, basketbolchi-
lar uch himoyachi, uch yarim himoyachi va uch hujumchiga ajra-
tilardi. Ular o‘z chiziqlarida o‘ynab, to‘pni savatga ikki qo‘l bilan 
pastdan otar edilar. 
Basketbol seksiyalari keyinchalik Namangan, Samarqand va res-
publikamizning turli shaharlaridagi korxonalar, fabrika va zavod-
lar, boshqa tashkilotlarda ham tashkil qilina boshlandi. 1924- yil-
da Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan Olimpiada dasturiga basketbol 
birinchi marta kiritildi. Musobaqalar 1922- yilda Moskva qoidalari 
asosida o‘tkazildi. O‘yin vaqti 40 daqiqa bo‘lib, har bir jamoa besh 
kishidan iborat edi (ikki nafar himoyachi, markaziy o‘yinchi va ik-
kita hujumchi). Faqatgina markaziy hujumchi himoyachiga qaytib 
kelar va o‘yinda hech qanday kombinatsiya qo‘llanilmasdi. Jari-
ma to‘plarini otish esa jamoaning bir nafar o‘yinchisi zimmasida 


6
bo‘lardi. O‘yin davomida basketbolchini faqat jarohatlangandagina 
almashtirish mumkin edi. Dastlabki to‘p otishda markazdan bosh-
laydigan basketbolchilar bitta qo‘llarini orqalariga qilib turishi, ja-
moa hujumchilari esa old zonaga o‘tib turishi kerak edi. 
Basketbolchining bir joyda to‘pni ikki soniyadan oshiq tutib 
turishi taqiqlanardi. To‘pni savatga ikki qo‘l bilan pastdan va bir 
qo‘l bilan yelkadan otish keng qo‘llaniladigan usullardan bo‘lib hi-
soblangan. 
Musobaqa qoidalari yildan yilga takomillashadi. Shchit maydon-
ni chegaralovchi chiziqdan 60 sm ichkariga o‘rnatiladigan bo‘ldi. 
Respublika bo‘ylab keng tarqalgan basketbol o‘yini 1927- yil-
da Butun o‘zbek spartakiadasi dasturiga kiritildi. Bu spartakiadaga 
tayyorlanish davrida ko‘pgina shaharlarda basketbol musobaqalari 
bo‘lib o‘tdi. Spartakiadaga Toshkent, Andijon, Farg‘ona va Samar-
qand viloyatlarining jamoalari qatnashadilar. 
1928- yilda II Butun o‘zbek spartakiadasi bo‘lib o‘tdi. Spar-
takiadada Toshkent erkaklar va ayollar jamoalari birinchi o‘rinni 
egalladi. Bu bellashuvda Moskvada o‘tkaziladigan Butunittifoq 
spartakiadasiga qatnashadigan terma jamoa a’zolari aniqlandi. 
Butunittifoq spartakiadasida O‘zbekiston basketbolchilari birin-
chi xalqaro uchrashuvni o‘tkazdilar. Ular Fransiya terma jamoasi 
bilan uchrashib, 49 : 12 (erkaklar) va 24 : 12 (ayollar) hisoblar bilan 
g‘alaba qozondilar. 
1929- yildagi shaharlar birinchiligi uchun olib borilgan kurash-
ga ishlab chiqarish jamoalari bilan bir qatorda, oliy o‘quv yurtla-
rining jamoalari ham qatnashdilar. Shu yildan boshlab basketbol 
Butun o‘zbek spartakiadasi dasturiga kiritildi va muntazam ravish-
da respublika birinchiliklari o‘tkazila boshlandi. 1934- yilda bas-
ketbol bo‘yicha o‘tkazilgan birinchi O‘rta Osiyo spartakiadasida 
esa O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari birinchi o‘rinni 
egalladi. 
Respublikamiz basketbolchilari O‘rta Osiyo respublikalari va 
Qozog‘iston o‘rtasida o‘tkazilgan hamma spartakiadalarda 1952- 
7
yilgacha birinchilikni qo‘ldan bermadilar. 1952- yilda va undan 
so‘ng ham ayollar jamoasi 1973- yilgacha Qozog‘iston jamoasini 
oldinga o‘tkazib, ikkinchi o‘rin bilan kifoyalandi. 
1939- yilda mamlakatimizda musobaqaning yangi qoidalari 
joriy etildi. Bu qoidalar xalqaro musobaqalar qoidalariga moslab 
tuzilgandi. Masalan, musobaqalar «toza» o‘yin vaqti bo‘yicha 
o‘tkaziladigan bo‘ldi. Jamoalar boshqa zaxira basketbolchilarga 
ega bo‘lishga va bu basketbolchilarni xohlagancha almashtirib 
o‘ynashga ruxsat berildi. Yangi qoida bo‘yicha maydon ikki zonaga 
bo‘linib, «zona» qoidasi kiritildi. Basketbolchilarning to‘pni orqa 
zonada 10 soniyadan ortiq ushlab turishi taqiqlandi. 
Yangi qoida bo‘yicha, savatiga to‘p tushgan jamoa baskebolchi-
lari o‘yini markazdan emas, balki to‘pni o‘z zonalarining shchiti 
ortidagi chiziq orqasida o‘yinga kiritadigan bo‘lishdi. Jarima to‘pi-
ni endi «jabrlangan» basketbolchining o‘zigina bajaradigan bo‘ldi. 
Yangi qoidalar qo‘lanishi o‘yinni birmuncha tez olib borishga, 
o‘yin texnikasi va taktikasining takomillashuviga olib keldi. Res-
publikaning kuchli baketbolchilari to‘pni ko‘krakdan ikki qo‘llab 
va yelkadan bir qo‘llab uzatish kabi usullarni qo‘llay boshladilar. 
Mahalliy millat erkaklar jamoalari o‘rtasidagi respublika 
chempionati 1945- yilda Andijonda bo‘lib o‘tdi. Musobaqalarda 
4 jamoa qatnashib, birinchi o‘rinni Samarqand, ikkinchi o‘rinni 
Namangan, uchinchi o‘rinni Andijon, to‘rtinchi o‘rinni Toshkent 
jamoalari egalladi. 
1945- yilda Toshkentda III Butun o‘zbek spartakiadasi bo‘lib 
o‘tdi. Spartakiadaning basketbol turnirida 7 tadan ayollar va erkak-
lar jamoalari qatnashdi. Birinchi o‘rinni Toshkent shahrining ayol-
lar va erkaklar jamoalari egalladi. 
1946- yilda Andijon mahalliy millat erkaklarning jamoalari 
o‘rtasida ikkinchi respublika chempionati o‘tkazildi. 
1946- yilda o‘zbek basketbolchilari sobiq Ittifoq birinchiligi ning 
II guruhida qatnashib, ayollar 6- o‘rinni, erkaklar esa 11- o‘rinni 
egalladi. 


8
1947- yilda mahalliy millat erkaklar jamoalari o‘rtasida uchin-
chi respublika chempionati o‘tkazildi. 
Xullas, 1946–1960- yillar respublikada basketbol o‘yinining 
rivojlanishida muhum bosqich bo‘ldi. 
1960- yildan boshlab O‘zbekistonda basketbolining rivojlani-
shida yangi bosqich boshlandi. Bu davrda ko‘plab yangi musoba-
qalar tashkil qilindi, sport mashg‘ulotlarini yil bo‘yi muntazam olib 
borish yaxshi yo‘lga qo‘yildi. 
1960–1966- yillarda Toshkentning «Mehnat» jamoasi tuzildi va 
jamoa bazasida tuzilgan respublika ayollar terma jamoasi yuqori 
natijalarga erishdi. Jamoa a’zolari 1961- yildan boshlab sobiq It-
tifoq chempionatining «A» klassi bo‘yicha musobaqalarda qatna-
shish huquqiga ega bo‘ldilar. 
1965- yil sobiq Ittifoq birinchiligida «Mehnat» ayollar jamoa-
si 4- o‘rinni egalladi. Bu musobaqalarda jamoaning hay’at a’zosi 
R. Salimova, T. Volnova, R. Belausova, N. Chernishova, A. Is-
nova va T. Tomina O‘rta Osiyo respublikalari va Qozog‘iston xo-
tin-qizlari o‘rtasida birinchi bo‘lib basketbol bo‘yicha sobiq Ittifoq 
sporti ustasi normasini bajardilar. 
1972- yildan boshlab O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya ins-
tituti «SKIF» jamoasi bo‘lib sobiq Ittifoq birchiligida qatnashib 
keldi. 
1972- yilda basketbol bo‘yicha «Universitet» erkaklar jamoasi 
tashkil etildi. 

Download 25,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish