Karima Qosimova, Safo Matchonov, Xolida G’ulomova, Sharofat Yo’ldosheva, Sharofjon Sariev


Ot: 1. So’z turkumi. 2. So’rog’i. 3. Birlik yoki ko’plikda ekanligi.  Sifat



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/146
Sana04.03.2022
Hajmi2,09 Mb.
#482639
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   146
Bog'liq
Она тили укитиш мет лотинда

Ot:
1. So’z turkumi. 2. So’rog’i. 3. Birlik yoki ko’plikda ekanligi. 
Sifat:
1. So’z turkumi. 2. So’rog’i. 3. Qaysi ot bilan bog’langanligi. 
Fe’l.
1. So’z turkumi. 2. So’rog’i. 3. Bo’lishli yoki bo’lishsiz ekanligi. 
Og‟zaki tahlil namunasi:
Mevali daraxtlar gulladi. Mevali – 
sifat, qanday – 
mevali; daraxtlar 
oti bilan bog’langan: 
mevali daraxtlar; daraxtlar – 
ot, nimalar? – 
daraxtlar, 
ko’plikda; 
gulladi 
– fe’l, nima qildi? – gulladi, bo’lishli.
 

IV
 
sinfda o’rganilgan mavzularni hisobga olib, morfologik tahlil biroz 
to’ldiriladi va quyidagi tartibda o’tkaziladi:
Ot:
1. So’z turkumi. 2. Bosh kelishik shakli. 3. Birlik yoki ko’plikda ekanligi. 4. 
Egalik qo’shimchasi, shaxs-soni. 5. Kelishigi. 
Sifat: 
1. So’z turkumi. 2. So’rog’i. 3. Qaysi ot bilan
 
bog’langanligi.
Son:
1. So’z turkumi. 2. So’rog’i. 3. Qaysi ot bilan bog’langanligi.
Olmosh:
Kishilik olmoshi: 1. So’z turkumi.
 
2. So’rog’i. 3. SHaxs-soni. 
4. Kelishigi. 
Fe’l:
1. So’z turkumi. 2. So’rog’i. 3. Bo’lishli
 
yoki
bo’lishsiz ekanligi. 
4. SHaxs-soni. 5. Zamoni. 
O’quvchilar tahlil tartibini bilib olishlari uchun o’qituvchi bu tartibga rioya qilib 
so’zga xarakteristika berishning qulayligini tushuntiradi. 
So’z turkumiga ko’ra tahlil og’zaki va yozma tarzda o’tkaziladi: uni mustaqil 
mashq sifatida topshirish ham mumkin. To’liq bo’lmagan morfologik tahlildan 
xilma-xil grammatik vazifalarni bajarish maqsadida yangi mavzu bilan tanishtirish 
bosqichida ham, uni mustahkamlash bosqichida ham foydalaniladi. 


115 
Morfologik tahlilning vazifasi hozirgi o’zbek tilida so’z qanday ma’noli 
qismlardan tuzilganini aniqlashdir. Morfologik tahlil III sinfdan boshlanadi. Bu 
sinfda o’quvchilarga o’zakdosh so’zlar, o’zak o’zakdosh so’zlarning umumiy qismi 
ekani, so’z yasovchi qo’shimchalar va so’z o’zgartuvchi (shakl yasovchi) 
qo’shimchalar haqida elementar ma’lumot beriladi. 
So’z tarkibiga ko’ra tahlil quyidagicha o’tkazilishi mumkin: 
1. So’zga so’roq berish va u nimani anglatishini bilish. 
2. O’zakni aniqlash. Buning uchun so’zga o’zakdosh so’zlar tanlash. O’zakdosh
so’zlarni taqqoslash va umumiy qismi (o’zak)ni aniqlash. 
3. So’z yasovchi qo’shimchani aniqlash. Bu yangi so’z yasash uchun xizmat 
qilishini aytish. 
4. So’z o’zgartuvchi (shakl yasovchi) qo’shimchani aniqlash. Bu so’zni boshqa 
so’z bilan bog’lash uchun xizmat qilishini aytish. 
III sinfda “So’zning tarkibi” mavzusi to’liq o’rganilgach, 
gulzor 
so’zini so’z 
tarkibiga ko’ra og’zaki tahlil qilish tartibi quyidagicha bo’lishi mumkin: 
1. Qaysi so’z turkumi ekanini bilaman. 
Gulzor 
so’zi 
nima?
so’rog’iga javob 
bo’ladi, narsani bildiradi, bu – ot. 
2. O’zakni aniqlayman. Buning uchun o’zakdosh so’zlar tanlayman: 
gulzor, 
gulli, gulsiz, gulla. 
Ularni solishtirib, umumiy qismini topaman – 
gul. 
Bu – o’zak. 
3. So’z yasovchi qo’shimchani aniqlayman, 
gulzor 
so’zi 
gul 
so’ziga 
–zor 
so’z 
yasovchi qo’shimchasini qo’shish
bilan yasalgan. 
4.
 
Bu so’zda so’z o’zgartuvchi qo’shimcha yo’q.
So’z tarkibiga ko’ra tahlildan so’ng shunday ko’rinish hosil bo’ladi: 
gulzor. 
IV sinfda 
paxtakorga 
so’zini so’z tarkibiga ko’ra og’zaki tahlil qilish tartibi 
quyidagicha bo’lishi mumkin: 
1. 
Paxtakorga
– ot. 
2. O’zakni aniqlayman. Buning uchun o’zakdosh so’zlar tanlayman: 
paxtakor, 
paxtazor. 
Solishtiraman. Umumiy qism – 
paxta. 
Bu – o’zak. 
3. So’z yasovchi qo’shimchani aniqlayman: 
paxtakor 
so’zi 
paxta 
so’ziga 
-kor 
so’z yasovchi qo’shimchasini qo’shish bilan yasalgan.


116 
4. So’z o’zgartuvchi (shakl yasovchi) qo’shimchalarni aniqlayman:
-ga
– so’z 
o’zgartuvchi qo’shimcha, kelishik qo’shimchasi. 
IV sinfda 
ishladim 
so’zini so’z tarkibiga ko’ra og’zaki tahlil tartibi: 
1. 
Ishladim 
– fe’l. 
2. O’zakni aniqlayman. O’zakdosh so’zlar tanlayman:
ishla, ishli, ishsiz, 
ishchan. 
Solishtiraman. Umumiy qism – 
ish.
Ish 
– o’zak. 
3. So’z yasovchi qo’shimchani aniqlayman: 
ishla 
fe’li 
ish 
so’ziga 
-la 
qo’shimchasini qo’shish bilan yasalgan. 
-la – 
fe’l yasovchi qo’shimcha. 
4. So’z o’zgartuvchi (shakl yasovchi) qo’shimchani aniqlayman: 
-di 
– o’tgan 
zamon qo’shimchasi,
-m – 
shaxs-son qo’shimchasi, I axs, irlik: 
ishladim.
So’z tarkibiga ko’ra tahlildan mustaqil mashq sifatida foydalanish ham mumkin. 
So’zni morfologik tahlil qilish uning lug’aviy ma’nosini tushunishda, morfemalarni 
to’g’ri yozishda o’quvchilarga yordam beradigan muhim vositadir. 
Boshlang’ich sinflarda grammatik va morfemik tahlil bilan birga, so’zni tovush-
harf tomonidan tahlil qilishdan ham foydalaniladi. Bu tahlilning vazifasi so’zda 
tovushlarning tartibini, ularning xarakterli xususiyatlarini, tovushlar va harflar 
o’rtasidagi munosabatni aniqlash hisoblanadi. 
Boshlang’ich sinflarda tovush-harf tomonidan tahlil tartibi quyidagicha: 
1. So’zda nechta bo’g’in bor, nechanchi bo’g’in urg’uli? 
2. So’zda nechta tovush va nechta harf bor? (Tovushlar soni harflar sonidan 
kam yoki ko’p bo’lsa, sababini aytish) 
3. Unli tovush nechta? Undosh tovush-chi? 
4. Har bir tovushni xarakterlash. Tovush so’zda qaysi harf bilan ifodalangan? 
Masalan,
 kitob 
so’zi quyidagicha tahlil qilinadi: 
1. So’zda ikki bo’g’in bor. Ikkinchi bo’g’in – urg’uli: 
ki-tób. 
2. So’zda beshta tovush, beshta harf bor.
3. So’zda ikki unli tovush, uch undosh tovush bor. 
4. k
 – 
undosh, jarangsiz, k harfi bilan ifodalangan

– 
unli tovush, 
 
i harfi bilan ifodalangan
t
 
– undosh tovush, jarangsiz, yozuvda t
 
harfi bilan ifodalangan 


117 
o
 – 
unli tovush, o
 
harfi bilan ifodalangan.


undosh tovush, jarangli, b harfi bilan ifodalangan 
Tovush-harf tomonidan to’liq bo’lmagan tahlildan so’zning yozilishini 
tushuntirishda ham, orfoepik to’g’ri talaffuzni o’rgatish maqsadida ham 
foydalaniladi. Masalan, 
maktab 
so’zi oxirida 

undoshi 

tarzida talaffuz qilinadi, 
jufti bor undosh, tekshiramiz: 
maktabim – maktab, b 
harfi yoziladi. 

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish