Mexanik kuraklar quyidagi asosiy uch turga bo‘linadi: S – qurilishda qo‘llaniluvchi ekskavatorlar, K – karerda qo‘llaniluvchi ekskavatorlar, V – ochish ishlarida qo‘llaniluvchi ekskavatorlar.
Mexanik kurakning asosiy texnologik parametrlari: kovsh sig‘imi, ishchi parametrlari, o‘lchamlari, ekskavator olishi mumkin bo‘lgan qiyalik, massa, solishtirma bosim. Ishchi parametrlari: cho‘michlash radiusi va balandligi. (8.1. rasm).
CHo‘michlash radiusi - cho‘michlash jarayonida ekskavatorning aylanish o‘qidan kovsh kromkasiga bo‘lgan gorizontal masofa.
CHo‘michlash balandligi - cho‘michlash jarayonida ekskavator turgan gorizontdan kovsh kromkasiga bo‘lgan vertikal masofa.
YUklash radiusi - yuklash jarayonida ekskavator aylanish o‘qidan kovsh o‘qigacha bo‘lgan gorizontal masofa.
YUklash balandligi - ekskavator turgan gorizontdan ochiq turgan kovshning quyi kromkasigacha bo‘lgan vertikal masofa.
Zaboy ekskavatorning ishchi joyi hisoblanadi. Zaboy qazib olish ob’ekti hisoblangan pog‘ona yuzasining bir qismidir. Tog‘ jinslarini mexanik kurakli ekskavatorlar yordamida qazib olishda quyidagi zaboy turlari mavjud: tupikli, kundalang (poperechnыy) va frontal.
YUmshoq tog‘ jinslarida zaboy, pog‘ona balandligi (Nu) va ekskavatorning o‘tish kengligi (A) kabi texnologik parametrlari bilan xarakterlanadi.
Pog‘ona balandligi va ekskavatornig o‘tish kengligi ekskavatorning texnik xaraktrestikasini aniqlaydi. Pog‘ona balandligi (zaboy balandligi) ekskavatorning maksimal cho‘michlash balandligi (Nch.max) dan oshmasligi lozim.
Ekskavatorning nazariy, texnik va ekspluatatsion ish unumdorliklari mavjud.
Nazariy unumdorlik – ekskavatorning konstruktiv parametrlaridan kelib chikgan xolda, uzluksiz ishlash jarayonida vaqt birligi ichida qazib olingan kon massasi miqdori.
Texnik unumdorlik – aniq kon-texnik sharoitlarga bog‘lik ravishda ekskavatorning uzluksiz ishlash jarayonida maksimal soatlik ish unumdorligi.
Ekskavatorning ekspluatatsion ish unumdorligi texnologik va tashkiliy jixatdan to‘xtab qolishlarini bilan birgalikdagi ishchi vaqtidan foydalanishni hisobga olgan holda aniqlanadi.
Noruda (Qizilqumsement oxakto kareri misolida) foydali qazilmalarini qazib olishda qoplovchi tog‘ jinslarini foydali qazilmani qazib olishda quyidagilarni hisobga olish lozim:
1. Foydali qazilma pog‘onasining balandligi N = 5-10 m;
2. Qazib olish ishlari kichik hajmga ega bo‘lgan kovshli ekskavatorlar bilan qazib olinadi 4-5 m3;
Bizning sharoit va topshiriqdan kelib chiqib kon qazish ishlarini bajarish uchun karer elektrli gusenitsali ekskavatori – EKG-5A ni tanlaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |