KARBAMID-FORMALDEGID VA DITIZON ASOSIDA OLINGAN SORBENT VA UNING IQ-SPEKTI
Kimyo fakulteti decani, k.f.d., prof. To'rayev X.X.,
kimyo mutaxasisligi II bosqich magistranti Yaqubova D.T.
Termiz davlat universiteti
Polimer ligandlarning koordinatsion xossalari va ularning amaliyotda qo'llanilishi tarkibidagi funksional guruhlarning bir jinsli bo'lishiga sezilarli darajada bog'liq. Polifunksional polimer ligandlar aralash ligandli komplekslarni hosil qilishi mumkin, ularning barqarorligi monofunksional smolalar hosil qilgan birikmalar barqarorligidan yuqori bo'ladi. [1; 58-b.].
Elementlarning mikromiqdorlarini kontsentrlash va ajratish uchun xelat hosil qiluvchi polimer sorbentlar keng qo'llaniladi. Ular qo'llanilishining kelajakda rivojlanishi elementlar ionlarini murakkab kimyoviy tarkibli eritmalardan kontsenrlashda yuqori tanlovchanligi va samarali ta'siri bilan bog'liq. Sorbentlar zaharli emas, uzoq saqlashga turg'un va tashish uchun qulay hisoblanadi. [2; 23-b.].
Qulay, arzon va zaharli bo'lmagan preparatlardan foydalanib, yangi sorbentlarning yo'naltirilgan sintezini yaratish, sintez jarayonlarida begona elementlardan tozalash darajasini nazorat qilish va olingan sorbentlardan foydalanishning murakkab bo'lmagan, eng samarador usullarini ishlab chiqish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. . [3; 18-b.].
Tajribaviy qism: 5g karbamid o’lchab olinib qaytar sovutgich va avtomatik aralashtirgich oʼrnatilgan uch ogʼizli kolbaga solindi va 13,2 sm3 formalin hamda 2-3 sm3 ammiakning 25% li suvli eritmasi hamda 0,5g ditizon qoʼshildi. Xosil bo’lgan aralashma yaxshilab aralashtirilib turgan xolda 160-170 0C haroratgacha qizdirildi. Natijada, 1,5-2 soat vaqtdan soʼng smolasimon massa hosil boʼldi. Hosil boʼlgan smolasimon massa oldindan o’lchab olingan chinni kosachaga quyib olinib, quritish shkafida 24 soat davomida 70-80 0 C haroratda quritildi. Quritilgan modda chinni kosacha bilan birgalikda o’lchovdan o’tkazildi. Olingan moddaning sof miqdori 15,334 g ni tashkil qildi. Quritilgan polimer hovonchada maydalandi va quyi molekulyar birikmalar dastlab 5% li NaOH eritmasida, soʼngra distillangan suv bilan bir necha marta yuvildi. Olingan mahsulot mayda, gʼovak, och sarg’ish rangli donachalardan iborat boʼlib, 82 % reaksiya unumiga erishildi.
Formaldegid karbamid va ditizon bilan o‘zaro ta’sirlashishida nafaqat kondensirlovchi agent, balki choklovchi agent ham hisoblanadi. Uning konsentratsiyasi olinadigan ionitning asosiy fizik-kimyoviy va sorbsion xossalariga ta’sir etadi. Choklanish darajasi turlicha bo‘lgan ionitlar olish uchun ularning turli namunalari sintez qilindi. Karbamid, formaldegid va ditizonning polikondensatlanish reaksiyasi asosida kislorod va oltingugurt tutuvchi sorbent olindi. Sorbentni sintez qilishning maqbul sharoitlari aniqlandi va boshlang'ich moddalarning mol nisbatlarining sintez qilingan sorbentning tarkibi va fizik-kimyoviy xususiyatlariga ta'siri tekshirildi.
1-Rasm.
Karbamid formaldegid va ditizon bilan olingan sorbentning IQ-spektrlari
1-jadval.
Karbamid formaldegid va ditizon bilan olingan sorbentning IQ-spektrlari tahlili
Do'stlaringiz bilan baham: |