V. Kurs loyihasini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar:
Kurs loyihasining maqsadi talabalarni mustaqil ishlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan nazariy bilimlarini qo‘llashda amaliy ko‘nikmalar xosil qilish, bevosita ishlab chiqarishdagi real sharoitlarga mos texnik yechimlar qabul qilish va zamonaviy texnika va texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalarini xosil qilishdir.
Kurs loyihasi mavzulari bevosita ishlab chikarish korxonalari texnologik jarayonlariga bog‘liq xolda, aniq bir element ishlab chiqarish sharoiti uchun belgilanadi. Kurs loyihasining mavzulari umumiy talabalar sonidan 20-30% ko‘proq oldinlan tayyorlanadi. Xar bir talabaga shaxsiy topshiriq beriladi.
Kurs loyihasi ob'yekti sifatida sex yoki bo‘linma sharoitlarida ishlatiladigan biror bir qurilma yoki uskuna xizmat qiladi. Aniq bir texnologik jarayon uchun mos keluvchi qurilma texnik va texnologik asoslangan xolda tanlanadi, xisoblanadi va texnik-iqtisodiy baholanadi. Kurs loyihasining xisob-grafik ishlari zamonaviy kompyuter dasturlarida bajarilali. Kurs loyihasi grafik qismi 2 ta A1 formatdagi chizmadan iborat bo‘lib, 1-chizma texnologik tizimning umumiy sxemasi, 2-chizma qabul qilingan qurilmaning ishchi xolatdagi ko‘rinishi yoki ma'lum uzellari va detallarining ishchi chizmalaridan tashkil topadi.
Kurs loyihalarining kengaytirilgan mavzulari va ularni bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar pedagoglar tomonidan aloxida uslubiy ko‘rsatma ko‘rinishida ishlab chiqilishi tavsiya etiladi. Kurs loyihasi fan mavzulariga ta'luqli masalalar yuzasidan magistrantlarga yakka tartibda tegishli topshiriq shaklida 6-semestrda beriladi. Kurs loyihasining xajmi 20 betdan kam bo‘lmasligi, A4 formatdagi varaqlarda yozilishi va tikilib rasmiylashtirilishi lozim. Kurs ishini bajarish tartibi kafedraning uslubiy qo‘llanmasida keltirilgan.
Kurs loyihalarining taxminiy ro‘yxati:
Yiliga 900000 m3 rudani maydalash uchun jag’li maydalagich qurilmasini loyihalash;
Yiliga 400000 m3 rudani flotatsiya usulida boyitish qurilmasini loyihalash;
Yiliga 250000 m3 rudani maydalash uchun bolg’ali maydalagich qurilmasini loyihalash;
Yiliga 90000 m3 rudani magnit usulida boyitish qurilmasini loyihalash;
Yiliga 300000 m3 rudani maydalash uchun konusli maydalagich qurilmasini loyihalash;
Yiliga 700000 m3 sulfidli rudalar tarkibidagi oltingugurtni ajratib olishga mo’ljallangan tunelli kuydirish pechi qurilmasini loyihalash;
Yiliga 250 tonna mis metalini elektroliz usulida ajratib olishga mo’ljallangan elektrolizyor qurilmasini loyihalash;
Do'stlaringiz bilan baham: |