Kampyuter grafikasi asoslari



Download 2,19 Mb.
bet2/6
Sana18.07.2022
Hajmi2,19 Mb.
#818569
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kampyuter grafikasidan kurs ishi

Umumiy muloxazalar
Jamiyatni axborotlashtirish inson hayotining barcha jabhalarida intellektual faoliyat turlarining ko‘payishi, iqtisodning o'sishi, fantexnika taraqqiyotining jadallashishi uchun xizmat qiladi. Biz qaysi sohada faoliyat ko‘rsatmaylik, kundalik ish faoliyatimizga oid tasvirlar
yaratish (rasmlar, chizmalar, grafiklar, diagrammalar va boshqa illustratsiyalar), ularni qayta ishlash, zarur bolganda internet tarmog’iga joylashtirish kabi muammolarga duch kelamiz. Ma'- lumki, yuqori sifatli turli tasvirlarni yaratish va qayta ishlash amallarini
kompyuter grafikasida o'rganiladi. Bunday tasvirlarni sifatini yo'qotmasdan rang-barang ko‘rinishda internetda namoyish qilish uchun esa Web-dizayn imkoniyatlaridan, internetda namoyish qilish uchun web-saytlardan foydalaniladi. Web-saytlarni yaratish va undan foydalanish ta ’lim tizimida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’limda web-saytlardan nafaqat tijorat yoki namoyish vositasi sifatida, balki bilim berish maqsadlarida ham foydalaniladi. Albatta bunda ta ’lim masofadan turib amalga oshiriladi. Bunday ta ’lim berish jarayoni o‘qituvchi va o'quvchi
to‘gvridan-to'g‘ri muloqot qilmasdan olib boriladi. Bulling uchun ta’lim beruvchi (oliy o‘quv yurti, maktab va boshqaiar) o'qitiladigan predmetga tegishli ma’lumotlarni web-sahifalarga har xil ko‘rinishlarda (matn, rasm, jadval, animatsiya. tovushli ma’lumot va hatto
ideo tasma ko'rinishida) joylashi kerak. Talaba esa dunyoning xohlagan joyidan turib Internet orqali bu ma’lumotlardan bilim olishi mumkin. Ta’limning bunday ko’rinishi masofaviy ta ’lim deb yuritiladi. Masofaviy ta ’lim bugungi kunga kelib dunyoning ko‘plab
rivojlangan davlatlarida qo'llanilib kelinmoqda. Masofaviy ta’limdan foydalanish natijasida vaqt va pulni tejash, ortiqcha ovvoragarchiliklarsiz bilim olish imkoniyatlariga ega bo'linadi. Bunday imkoniyatlarni bizga web-sahifalar yaratib beradi. Ma’lum predmetga tegishli ma’lumotlarni (matn, rasm, jadval, animatsiya va3DMax boshqalarni) sahifalarga joylab, ularni doimiy ravishda to ‘ldirib,
yangilab borish, o‘quvchilarning bilimlarini baholash uchun nazorat test savollarini kiritish imkoniyatlari mavjud. Bularning natijasida o‘quvchining olgan bilimini nazorat qilish, baholash imkoniyatlari paydo bo‘ladi. Bu esa web-texnologiyadan ta’limda foydalanishning
eng optimal variantlaridan biri hisoblanadi.
Ushbu darslikda ana shunday Web-saytlarni yaratishda
qo’llaniladigan Dreamweaver, Front Page, Home Site, Corel Draw, Photo Shop va Flash dasturlari, HTML gipermatnlarni belgilash tillari, Java Script, PHP kabi dasturlash tillaridan foydalanish imkoniyatlari haqida ma'lumot berilgan. Professional dasturlar qatoriga kiruvchi Dreamweaver dasturi o ‘zining barcha imkoniyatlari
bilan har qanday murakkablik va masshtabdagi HTML
sahifalarni yaratish va oV.gartirishga qodir. U vizual loyihalash rejimini ta'minlab, dastlabki matnli WEB- hujjatlarning juda aniq ishlashi bilan ajralib turadi va katta tarmoqli loyihalarni qo'llab-quvvatlovchi ichki qurilgan vositalarga ega. Dreamweaverda matnlar hamda obyektlarning obrazlari ustida olib boriladigan ishlar bevosita kodlashtirishdan ustun turadigan gipermatnli hujjatlar yaratish usulini vizual deb atash qabul qilingan.
Shu bilan birga dastur nafaqat vizual loyihalash vositalarining kuchli bazasiga ega, balki web-sahifalarni deyarli maxsus ko'rib chiqish dasturlari yordamida aks ettirishga ham qodir: Microsoft Internet Explorer yoki Netscape Navigator. Dreamweaver web-dizayn sohasida gipermatnli hujjatlarni to‘g‘ridan-to‘gbri kodlashtirish yordamida yaratishni afzal ko'ruvchi mutaxassislarga ham m a ’qul keladi. Dreamweaver qobig‘iga gipermatnlarni belgilovchi diskreptorlar bilan ishlash uchun zarur
barcha uskunalarga ega to ‘liq funksional HTML tahrirlagichi integratsiya qilingan. Dastur ≪ochiq arxitektura≫ prinsiplariga asoslangan. Bu amaliy dasturning interfeysi (Application Programming
Interface, API) to’liq ochiq ekanligini bildiradi. Uning
yordamida tashqi dasturchilar hamda dasturiy ta minot bilan shug’ullanuvchi firmalar, dastur va uning interfeysiga radikal funksional o’zgartirishlar kiritishi: yangi uskuna qo’shish, menyu palitrasi yoki bo’limini yaratish, yangi obyekt yoki multimedia roligini dasturlashtirish va hokazolar. Dreamweaver tizimi tarkibiga multimedia roliklarini qo'yishga
mo‘ljallangan qo‘shimcha dastur kiradi, shuning uchun Flash texnologiyaning interfaol imkoniyatlarini tahrirlagichdan chiqmay turib ko‘rib chiqish mumkin.
Ta’lim tizimida esa axborot texnologiyalarini qoilab ta ’limtarbiya berish va unga tegishli barcha jarayonlarni axborotlashtirish bilan ta ’lim samaradorligini oshirishga olib kelinadi. Bunda axborot texnologiyalaridan dars jarayonidagi ko'rgazmalilik imkoniyatlari
oshib, o ‘quvchilarning mazmunli tushunish darajasi ortadi. O’quvchi dars vaqtida biror murakkab jarayonni ko‘z oldiga keltirishi qiyin bo‘lib, uni tasavvur qila olmaydi. Ana shunday paytda kompyuterning maxsus dasturlari yordamida shu murakkab jarayonni aynan o‘zidek qilib tasvirlab berish mumkin. Bunda
o’quvchilarda ushbu murakkab jarayon haqidagi tasavvur hosil bo'ladi. Bu kabi dasturlar ko'pincha inson ko’zi bilan ko'ra olmaydigan (masalan, mashina dvigateli ichidagi harakatlar, odam qon aylanish tizimi va boshqaiar) murakkab jarayonlarni tasvirlab berish uchun xizmat qiladi. Bunday dasturlarga misol qilib Flash MX,
3D MAX kabi dasturlarni kiritish mumkin. Ushbu dasturlar yordamida nafaqat murakkab jarayonlarning tasvirlarini, balki barcha turdagi elektron darsliklarni yaratish imkoniyatlari ham mavjud. Ayniqsa animatsiyali ma'lumotlarni keltirish va bezashda keng qo‘llash mumkin.
Shuningdek, darslikda Flash MX dasturini o ‘rganishga
bag‘ishlangan ma’lumotlar ham berilgan. Dastur imkoniy atlari, flash-filmlar, flash-saytlar yaratish va ulardan
turli jarayonlarda foydalanish to ‘g‘risidagi ma’lumotlar berilgan. Вundan tashqari web-dizaynning eng muhim ajralmas qismlaridan biri bo’lgan kompyuter grafikasi haqida ham ma’lumot beriladi. Ma’lumki, web-muharrirlar saytning asosini yaratishda ishlatilsa, uni rasmlar, grafiklar va turli illustratsiyalar bilan boyitish uchun esa grafik muharrirlariga murojaat qilamiz. Bunda Adobe
PhotoShop, Corel Draw kabi grafik muharrirlarning o'rni tengsiz. Kurs ishini yozishda va bizga ushbu fan o’tilishining aynan bu dasturlarning tanlab olinishiga sabab, birinchidan ularning professional dasturlar qatoriga kirishi bo'lsa, ikkinchidan Adobe PhotoShop rastrli grafika bilan, Corel Draw esa vektorli grafika bilan ishlashga mo'ljallanganligi uchundir.
1. “Kompyuter grafikasi” birinchi navbatda informatika fani bilan bog’liqdir. Kompyuterda oddiy operatsiyalar majmuasini bilmasdan turib kompyuter grafikasini o’zlashtirib bo’lmaydi. Demak ta‘lim tizimida avval informatika fani kursantlar (talabalar) tomonidan o’zlashtirilishi lozim ekan. Keyingi talab o’rganiladigan grafik dasturni talabidan kelib chiqadi. CorelDRAW, AdobePhotoshop, Microsoft Visio grafik dasturlari chizma yaratish bilan bog’liq bo’lganligi uchun ham chizmachilik, geometriya, chizmachilik fanining nazariyasi hisoblanmish chizma geometriya kabi aniq fanlarni va oddiy geometrik yasashlar (aylanani teng bo’lakarga bo’lish, aylana yoyi, urinma, burchak bissektrisalarni o’tkazish, perpendikulyarlik va parallellik xossalari…)ni bilish talab etiladi. Aks holda o’zimiz buyruqlar majmuasini noto’g’ri berib dasturdan biron bir amalni bajarishini talab etishimiz o’rinsiz. Qisqa qilib aytganda CorelDRAW, AdobePhotoshop, Microsoft Visio grafik dasturlarini o’rganishda dastlab informatika so’ng chizmachilik va chizma geometriya fanlari o’zlashtirilgan bo’lishi lozim. Keyingi talab o’rganiladigan grafik dasturlarning talabidan kelib chiqadi. Fan va texnika taraqqiyoti jamiyatimizni informatsion jamiyatga aylantirdi. Bu jamiyatda faoliyat ko’rsatuvchilarning aksariyat qismi axborotlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan banddirlar. Bunday ishlarni zamonaviy kompyuterlarsiz amalga oshirish qiyin. Ulardagi ma‘lumotlarni qayta ishlash mashina grafikasi yordamida amalga oshirilsa foydalanuvchiga katta qulayliklar tug’diradi. Kompyuter grafikasi – bu model va tasvirlarni kompyuter yordamida hosil qilish, saqlash va qayta ishlash to’g’risidagi fandir. Kompyuter grafikasi deganda odatda grafik ma‘lumotlarni kompyuter vositasida tayyorlash, qayta ishlash (qurish), saqlash va namoyish etish jarayonlarini avtomatlashtirish tushunilsa, grafik ma‘lumot deganda ob‘ekt modellari va tasvirlari tushuniladi. Kompyuter grafikasi jahonda yangi fundamental fan hisoblanib, o’tgan asrning 90-chi yillarida paydo bo’ldi hamda fan va ishlab chiqarishning barcha sohasida kadrlar tayyorlab berishda uziga xos mustaqil ahamiyat kasb 6 etdi. Maxsus dasturlar yordamida xuddi bir varoq oq qog’ozga qalam yoki ruchka bilan har xil rasmlarni solish singari kompyuter ekranida sichqoncha yordamida rasm chizish, ya‘ni tasvir yaratish, tuzatish va ularni harakatlantirish imkonini yaratdi. Bu dasturlar rasm solish dasturlarlari yoki grafik redaktorlar bo’lib, ular yordamida rasmning elementlari boshqarib boriladi. Kompyuter grafikasining juda tez rivojlanib borishi va uning texnikaviy va dasturiy vositalarining yangilanib turishi ushbu kursni hamisha takomillashtirishga, bu sohadagi yangi yo’nalishlarni tinmay o’rganib borishni taqozo etadi. So’nggi yillarda bu sohada juda katta uzgarishlar (siljishlar) yuz berdi, ya‘ni 16 miliondan ortiq rang va rang turlarini o’zida aks ettira oladigan displeylar, grafik axborotlarni kirituvchi moslama – skanerlar, dasturiy vositalar sohasida esa haqiqiy kompyuter dunyosini kashf qila oladigan amaliy dasturlar vujudga keldi. Kompyuter grafikasining uch turini o’rganamiz, bular: rastrli, fraktal va vektorli grafikadir.
Rastr tasvirlar to’g’ri burchakli matritsa shaklida namoyon bo’lib, har bir yacheykasi rangli nuqtadan iborat. Rastr grafikasining asosi piksel (nuqta) hisoblanib, u rang bilan ifodalanadi. Tasvir turli rangdagi va yorug‗likdagi to’rtburchak qism (piksel)lardan tashkil topgan bo’lishi mumkin. Bunday turdagi tasvirlar rastrli tasvir deyiladi
Rastrli tasvirlar har bir katagi ranglangan katakli qog’ozni eslatadi. Piksel (inglizcha pixel – picture element) – rastrli tavirlarning asosiy elementi hisoblanib, tasvir aynan shu elementlardan tashkil topadi. Rasmdan ko’rinib turibdiki rastrli tasvir uzunligiga qandaydir sondagi piksellar joylashgan bo’ladi. Bu kattalik razresheniye (разрешение) deb ataladi va odatda bir duymdagi piksellar soni bilan o’lchanadi (pixels per inch, ppi). Ayrim hollarda ppi o’lchovi o’rniga unga yaqin bo’lgan dpi (dots per inch — bir dyumdagi nugtalar soni) o’lchovidan ham keng foydalaniladi. Tasvir nuqtalar to’plami sifatida akslanib ular qanchalik ko’p bo’lsa ko’rinish shunchalik tiniq va sifatli, fayl esa ko’p joy egallaydi. Ya‘ni, aynan bitta tasvirning o’zi yuqori yoki past sifatli bo’lishi, o’lchov birligiga qarab nuqtalar ko’p yoki kam (odatda bir dyuymga nisbatan nuqtalar soni – dpi yoki piksellar soni – ppi bilan belgilanadi) bo’lishi mumkin. Rastr – bu nuqtalarning tartibli joylashuvidir
Rastrli grafikaning keng tarqalgan formatlari: *.tif, *.gif, *.jpg, *.png, *.bmp, *.pcx va boshqalar.
Fraktal grafikasi asosan matematik amallar asosida grafik kompozitsiya tuzishda qo’llaniladi. Bugungi kunda videoroliklar, kliplar, video o’yinlar yaratishda fraktal grafikasining o’rni beqiyosdir. Fantastik janrdagi kinofil‘mlarda yoki kompyuter o’yinlarida atrof muhitning murakkab kompozitsiyalari (o’rmonlar, tog’lar, shahar qiyofasi va h.) yaratishda fraktal grafikasidan keng foydalaniladi. Fraktal grafikasining qo’llanish printsipi proektiv geometriyaning qonuniyatlariga asoslangan bo’lib, oddiy geometrik elementni o’ziga o’xshash akslantirishdan iborat. Aytaylik qish sovug’ida deraza oynasidagi naqshlar yoki kristal panjaralarning hosil bo’lishi insonni ajablantiradi. Bunday hodisa va jarayonlarni kompyuterda modellashtirish, ularning formula asosida qonuniyatlarini topish bir qarashda matematik echimga ega emasday ko’rinadi, lekin echimi oddiydan murakkablikka printsipi asosida yaratiladi. Yuqorida keltirilgan misollarda agar diqqat bilan e‘tibor qaratsangiz oddiy bir element, aytaylik bir dona qor parchasi xuddi shunga o’xshash (katta yoki kichik, holati, rangi o’zgargan) boshqa bir element bilan takrorlanadi. Bunday o’xshash to’plamlar fraktal to’plamlar deb nomlanadi.
Fraktal grafikasining keng tarqalgan formatlari: *.frp; *.frs; *.fri; *.fro; *.fr3, *.fr4 va boshqalar.

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish