Kamoliddin behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti


II. BOB. ISOQJON NISHONOVNING “AFG‘ON SHAMOLI” ASARINING “SO‘NGGI TOPSHIRIQ” QISMI UCHUN YARATILGAN FILM ESKIZLARI



Download 2,95 Mb.
bet6/9
Sana01.07.2022
Hajmi2,95 Mb.
#725560
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Raximov Otabek to\'g`irlangan variant

II. BOB. ISOQJON NISHONOVNING “AFG‘ON SHAMOLI” ASARINING “SO‘NGGI TOPSHIRIQ” QISMI UCHUN YARATILGAN FILM ESKIZLARI
2.1. Isoqjon Nishonovning hayoti va ijodi
Isoqjon Nishonov 1951-yil Oʻzbekiston Respublikasi Namangan viloyati Shaxand qishlogʻida, kolxozchi oilasida tugʻilgan. Shu qishloqda joylashgan umumta’lim maktabida tahsil olgan. Maktabni tugatgach Qurolli Kuchlar tarkibidagi qoʻshinlarda muddatli harbiy xizmatni oʻtagan. Harbiy xizmatdan soʻng oʻz kolxozida mehnat qilish bilan birga oliy ta’lim muassasaning “Oʻzbek tili va adabiyoti” fakulteti sirtqi boʻlimida ta’lim olgan.
Ta’lim muassasini yaxshi baholarga yakunlab, umumta’lim maktabida oʻqituvchilik qilgan. Isoqjon Nishonov 2000-yildan boshlab ijodiy ishlarga kirishgan. Uning birinchi hikoyasi tuman gazetasida chop etilgan. Shundan soʻng u koʻplab kichik xajmli hikoya va povestlar yozgan. “Afgʻon shamoli” – uning birinchi serial-romanidir. Mazkur kitob 15 tomdan iborat boʻlib, bugungi kungacha uning 12 tomi chop etilgan.
Hozirgi kunda uning serial-romanlari qayta-qayta nashr etilmoqda. “Afgʻon shamoli” romanining birinchi tomi nemes tiliga tarjima qilingan hamda 2013-yil Germaniyaning «Shlosser» nashriyotida chop etilgan.
Isoqjon Nishonov asosan dedektiv asarlar muallifi hisoblanadi. Yozuvchi ijodiga oid quyidagi asarlar nashr ettirilgan: “Samoda chaqnagan yulduz” (2019), “Oqshom fojeasi” (2018) , “Nikohsiz taqilgan uzuk”, “Jasorat. (Namangan - 1991 yil)” (2017), “Hayot va ajal” (2016), “Sotilgan vijdon” (2015), “Qumga ko‘milgan qiz” (2015), “Vorovskiy ko'chasidagi qotilik”, “Qasoskor qashqirlar 2-kitob” (2012), “Qasoskor qashqirlar 1-kitob” (2012), “Grad” operasiyasi” (2012), “Qora chayon. 2-kitob” (2011), “Qora chayon. 1-kitob” (2011), “Sehrgarning uzugi” (2013), “Hayot va ishq” (2013), “Askar onasi” (2017) va boshqalar.
Yozuvchi o‘zining “Hayot va ishq” asari haqida shunday deydi:
“Ijodimning asosiy qismini detektiv asarlar tashkil etadi. Sevishgan ikki yoshning iztiroblari, qismati, boylik, mol-dunyo, amal va mansab qarshisida koʻzlarini tuman bosgan ota-onalarning pushaymoni, ilohiy moʻjizalar, inson biomaydonining cheksizligi, orollarda yashayotgan yovvoyilarning gʻaroyib turmush tarzi, insonni oldindan koʻra bilish, his etish, fikrlarini uqib olish kabi noyob qobiliyatlari, jinoyatchilarning ming bir kiyofasi, oʻlim kutgan bemorlarga intiqam orqali ta’sir oʻtkazish - bularning barchasi koʻlingizdagi kitobga asos qilib olingan.
Hayotda nimalar sodir boʻlmaydi? Tabiatda bizga ma’lum boʻlmagan, oʻrganilmagan, topilmagan sir-sinoatlar mavjudki, asar qahramonlari ularga har qadamda duch keladi va mashaqqat bilan yengib oʻtadi... Buni qay darajada uddalaganimni (shoshqaloqligimni hisobga olmang) kitobni oʻqib chiqqaningizdan keyin aytarsiz...
Asarning yozilishida oʻz gʻoyalarini bergan doʻstlarimga, tanishlarimga, xususan Akbar Burhonovga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman.
Sizga hurmat bilan muallif.”
Yozuvchining “Jasorat” romani ham alohida shov-shuvlarga sabab bo‘lgan asarlardandir. Ushbu asar haqida gazetada quyidagicha ma’lumot keltirilgan:
“Afg'on shamoli” va boshqa ko‘plab roman hamda qissalar muallifi Isoqjon Nishonovning “Jasorat” romani nashrdan chiqdi. Mazkur roman “Namangan” nashriyoti tomonidan tayyorlanib, Toshkentdagi “Yosh kuch press matbuoti” bosmaxonasida chop etildi va tez kunlarda kitobxonlar qo‘liga yetib boradi, -deb xabar bermoqda “Namnews.uz.”
Ta’kidlanishicha, yozuvchi ushbu asarni O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti, buyuk davlat arbobi Islom Karimovning xotirasiga bag‘ishlagan va u kishining mustaqillikning dastlabki yillaridagi jasorat, matonat, fidoyilik bobida tahsin va ta’zimga loyiq hayoti hamda faoliyatini qalamga olgan.
“Xususan, romanga 1991-yildagi Namangan voqealari asos qilib olingan. Ma’lumki, o‘sha yillarda Namanganda turli diniy oqimlar, “Adolat”, “Islom lashkarlari” kabi norasmiy tuzilmalar paydo bo‘lib, ular xalqparvarlik niqobi ostida sho‘ro istibdodidan endigina qutilgan va hali kelajagini aniq-tiniq tasavvur qilishga ham ulgurmagan xalqni chalg‘itib, konstitutsion tuzumga qarshi faoliyat boshlagan edi. Ularning maqsadi vodiy viloyatlarini birlashtirgan xolda amirlik tuzish, kelajakda O‘zbekistonni islom davlatiga aylantirish edi. Bu yo‘lda ular Namanganda bir qancha qora ishlarni amalga oshirishga, xalqning tinchiligini buzishga, ommaviy tartibsizliklar keltirib chiqarishga ulgurgan edi. Shunday nozik va qaltis pallada Islom Karimov muxolifatchilarning talabiga ko‘ra Namanganga zudlik bilan yetib keladi va tug‘yonga tushgan olomon orasiga tog‘day yurak bilan yorib kirib boradi”, - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, 228 sahifadan iborat romanda o‘sha alg‘ov-dalg‘ov yillar voqealari ishonchli manba, dalil va ma’lumotlar asosida badiiy ifoda etilgan. Asar qahramonlarining barcha prototipga ega”.




Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish