XULOSA…………………………………………………………………………43
GLOSSARIY…………………………………………………………………….44
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI………………………….47
ILOVALAR………………………………………………………………………48
KIRISH
Kino sanʼati inson ongi va qalbiga kuchli taʼsir koʻrsata oluvchi beqiyos qudrat va imkoniyatlarga ega. Uning oʻziga xosligi shundaki, kino qahramonlarning ichki dunyosi soʻz bilan, oʻy-xayollari kinooperator orqali yirik, oʻrta va umumiy planlarda rejissyorning topilmasida, kompozitorning qahramon tabiatiga monand kuy-qoʻshiq yarata bilishida oʻz aksini topadi. Toʻgʻri tanlangan mavzu, gʻoya, muhimi, rejissyorlik yechimi kabi umumlashmalar tomoshabinni film davomida roʻy berayotgan voqea joyiga pinhona yetaklaydi. Kino sanʼatining oʻziga xos qonun-qoidalari asosida yaratilgan ekran asari namoyishi davomida tomoshabin kino qahramon yashab turgan makonda u bilan birga nafas oladi, dardlari va shodliklariga sherik boʻladi.
Ekran sanʼati teatr, tasviriy sanʼat, musiqa, adabiyot unsurlarini oʻzida mujassam etgan sanʼat sifatida bir tomondan jamiyatda kechayotgan jarayonlarga badiiy, falsafiy, estetik umumlashmalar nuqtayi nazaridan yondashsa, ikkinchi tomondan unga xos boʻlgan ommaviylik bu umumlashmalarni katta-katta auditoriyalarga maroqli va taʼsirchan shakl-shamoyilda yetkazib berish imkonini yaratadi.
Istiqlol davrida ko‘p rassomlar «O‘zbekiston xalq rassomi», «O‘zbekiston sanʼat arbobi», «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» unvonlariga sazovor bo‘lishdi. Shuningdek, rassomlarimiz O‘zbekiston Respublikasining qator orden, medal, Davlat mukofotlari hamda Badiiy Аkademiyaning oltin va kumush medallari bilan taqdirlandilar. Bu esa badiiy madaniyatimizning ildizlarini yanada chuqurlashtirishga, ijodiy rang-baranglikni taʼminlashga xizmat qilmoqda.
«Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridayoq ajdodlarimizning asrlar mobaynida yaratilib kelgan g‘oyat ulkan bebaho madaniy merosini tiklash davlat siyosati darajasida ko‘tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo‘lib hisoblaymiz» . Xalqning madaniy qadriyatlarida Sharq xalqlari uchun qudratli maʼnaviy manba bo‘lib xizmat qilgan uzoq vaqt davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa qaramay O‘zbekiston xalqi avloddan-avlodga o‘tib kelgan o‘z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o‘ziga xos anʼanalarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlar tarbiyasiga madaniyat, ma’naviyat, milliy gʼoya va milliy mafkura kabi tushunchalarni sanʼat asarlari orqali tadbiq etishdir. Sanʼat shaxsga his-tuygʼular orqali taʼsir etib uning qalbiga yo‘l topa oluvchi kuchli omildir. Xususan, tasviriy sanʼatga bo‘lgan eʼtiborning ortishi yoshlar orasida malakali qadrlarni tarbiyalashda va ularga shart-sharoitlarni yaratib berishda muhim rol o‘ynaydi.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prizedenti I.Karimov taʼkidlaganidek; “Biz hamma vaqt keng xalq qatlamlarining ham mumtoz, ham zamonaviy milliy madaniyatining yeng yaxshi namunalaridan bahra olishda imkon berib kelgan madaniyat sarchashmalariga avaylab munosabatda bo‘lishini o‘rganib olishimiz lozim”.
Sanʼat haqida mulohaza yuritadigan bo‘lsak, tabiiyki, xalqimiz maʼnaviyati milliy tafakkurimizning maʼnaviyatining ajralmas qismi bo‘lgan, kerak bo‘lsa o‘zagini tashkil etadigan milliyligimizning boy tarix va anʼanalarga ega sanʼatimizni asrab avaylab rivojlantirib kelayotgan zaxmatkash mo‘yqalam sohiblari, ularning ogʼir va masʼuliyatli mehnati barchamizning ko‘z oldimizda gavdalanadi.
O‘zbekiston xalqining turmushini milliy qadryatimiz va madaniyatimiz qayta tiklanishini, insonning maʼnaviy axloqiy barkamolligini taʼminlashi kerak. O‘tgan asrning vulqonli yillarida o‘zbek makonida yashab nafaqat bir xalq yoki millat, balki jahon madaniyati rivojiga sezilarli hissa qo‘sha olgan yorqin isteʼdod egalari, sanʼat arboblari kam emas, ammo biz hali ular ijodini har taraflama puxta o‘rganib, qoldirgan ijodiy meʼrosga munosib baho berishga ulgurmaymiz. Bu esa zamonaviy tamoyillar taʼsiri kuchayishini bildiradi. Аynan shunday jarayon O‘zbekiston grafika maktabida bugungi kunga kelib shakllanib bormoqda. Meʼmorchlik bir necha yuz yillardan beri o‘zining anʼana va qonunlarini belgilab olgan, rangtasvir va grafika XX asrning boshlaridan faoliyat olib bormoqda. Аyniqsa yurtimizda tasviriy sanʼat bilan birgalikda kino sanʼatiga ham bo‘lgan eʼtibor yildan-yilga kuchaya bormoqda.
Biz buyuk xalqimizni ulug‘lamoqchi, O‘zbekiston nomini butun dunyoga tarannum etmoqchi ekanmiz, bu ishni birinchi navbatda kino sanʼati yordamida amalga oshirishimiz kerak. Аynan kino sanʼati orqali jahon ekranlarini zabt etishimiz mumkin. Buning uchun yana bir bor kuch va imkoniyatlar, ijodiy salohiyatni ishga solishimiz kerak1.
Milliy kino sanʼatimiz rivojini yangi bosqichga ko‘tarish borasida ham ko‘plab islohatlar amalga oshirilmoqda. “Dunyo miqyosida turli gʼoya va mafkuralar kurashi, odamlar, ayniqsa, yoshlarning qalbi va ongini egallash uchun turli kuchlar o‘rtasida raqobat keskin tus olgan bugungi kunda eng ommaviy sanʼat bo‘lgan kinoning beqiyos imkoniyatlaridan samarali foydalanishimiz kerak” deb taʼkidladi davlatimiz rahbari.
Harakatlar strategiyasida ko‘zda tutilgan mamlakatimizni modernizatsiya qilishning ustuvor vazifalari barcha soha va tarmoqlar qatori kino sanʼatini ham takomillashtirish, soha uchun yangi imkoniyatlar yaratishni talab qilmoqda.
Shu maqsadda Prezidentimizning 2017-yil 7-avgustdagi “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘gʼrisida”gi qarori mamlakatimizda kino sanʼati va kinoindustriyasini izchil taraqqiy ettirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasida muhim huquqiy hujjat bo‘lib xizmat qilmoqda.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev kinoijodkorlarimiz bunday shart-sharoitlardan samarali foydalanib, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimizni istiqlol gʼoyalari ruhida tarbiyalashga ko‘maklashadigan, boy tariximiz, buyuk ajdodlarimizning jasorati, zamondoshlarimizning fidokorona mehnatini aks ettiradigan, ularning yorqin obrazlar tasvirlangan filmlar ko‘rish haqidagi orzularini amalga oshirish yo‘lida barcha kuch va imkoniyatlarini ishga solishlari lozimliginiva kino sanʼatining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, iqtidorli yosh rejissyor, aktyor, operator va rassomlarning dunyodagi yetakchi kinostudiyalar, madaniyat va sanʼat yo‘nalishidagi oliy taʼlim muassasalarida tajriba va malaka oshirishini tashkil etish bilan bogʼliq ishlarni jadallashtirish va uni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish zarurligini alohida taʼkidlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |