Bitiruv ishning dolzarbligi. Bitiruv malakaviy ishining yoritish masalasining dolzarbligi shundan iboratki, bugungi kunda kino san’atida o‘zbek adabiyoti durdonalari asosida qator filmlar yaratishga keng e’tibor berilmoqda va bu o‘zining dolzarbligini yo‘qotmaydi. Ushbu asarlarni tomoshabinga yetkazib berishda o‘sha davr ko‘rinishlarini gavdalantirish maqsadida yaratilgan eskizlar muhim o‘rin tutadi. Shu jihatdan o‘zbek adabiyotida o‘zining dediktiv asarlari bilan tanilib borayotgan yozuvchisi Isoqjon Nishonov ijodi xususan, “Afg‘on shamoli” romanining birinchi qismi bo‘lgan “So‘nggi topshiriq” asariga film eskizlarini yaratish va bu asosida badiiy film yaratish dolzarb masala ekanligini ko‘zda tutadi.
Bitiruv ishning obyеkti. Mazkur bitiruv ishimizda Isoqjon Nishonov qalamiga mansub “Afg‘on shamoli” romanining birinchi qismi bo‘lgan, 2009-yilda “Namangan” nashriyotida chop etilgan “So‘nggi topshiriq” asari ishimizning obyekti sifatida olindi.
Bitiruv ishning prеdmеti. Isoqjon Nishonov qalamiga mansub “Afg‘on shamoli” romanining birinchi qismi bo‘lgan “So‘nggi topshiriq” asariga ishlangan filmning tasviriy yechimiga eskizlar bitiruv malakaviy ishimizning predmeti sanaladi.
Bitiruv ishning maqsadi. Bitiruv ishiga Isoqjon Nishonov qalamiga mansub “Afg‘on shamoli” romanining birinchi qismi bo‘lgan “So‘nggi topshiriq” asarini tanlashimdan maqsad, asardagi voqealar Afg‘on urushidan keyin 90-yillardan 2005-yilgacha bo‘lgan tozalash ishlari, kichik va katta qo‘poruvchiliklar, davlat to‘ntarishlari, Andijon va Farg‘ona voqealari insonni chuqur mushohada etishga, ozodlik hamda tinchlik deb atalmish buyuk bir ne’matning qadriga yetishga undaydi. Shuningdek, asardagi bosh qahramonlari obrazi o‘zining falsafiy chuqur ma’nosi, qahramonlarning o‘ziga xos iroda xususiyati meni o‘ta ta’sirlantirdi. Shu asarga eskiz yaratishdan maqsad, “So‘nggi topshiriq” asarining ahamiyatini chizgan eskizlarim misolida yoritib berishdan iborat.
Bitiruv ishning vazifalari. Bitiruv malakaviy ishining maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilandi:
“Afg‘on shamoli” romanining birinchi qismi bo‘lgan “So‘nggi topshiriq ” asarini chuqurroq o‘rganish;
“So‘nggi topshiriq” asar borasida eskizlar yaratish;
bu asar asosida raskadrofka yaratish;
Asar uchun maket.
Bitiruv ishida foydalaniladigan meyoriy-huququy hujjatlar va maxsus adabiyotlarning qiyosiy tahlili. Sultanov H.E.“Rangtasvir”, X.Abulkasimovaning «Рождение узбекского кино»2, Dj.Teshaboyevning «Пути и поиски»3, «Узбекское кино: традиии, новаторство»4, B.Hasanovning «O‘zbek hujjatli kinosi»5, X.Abulkasimova, Dj.Teshaboyev, M.Mirzamuhamedovaning «Кино Узбекистана»6, I.Nishonovning “Afg‘on shamoli” romanining birinchi qismi bo‘lgan “So‘nggi topshiriq ” asari va internet saytlar7dan izlanishlar orqali manba sifatida foydalanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |