Kamoliddin behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti


Bitiruv ishining amaliy ahamiyati



Download 2,95 Mb.
bet4/9
Sana01.07.2022
Hajmi2,95 Mb.
#725560
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Raximov Otabek to\'g`irlangan variant

Bitiruv ishining amaliy ahamiyati: Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati shundan iboratki I.Nishonovning “Afg‘on shamoli” romanining birinchi qismi bo‘lgan “So‘nggi topshiriq” asariga yaratilgan filmning tasviriy eskizlari kelgusida shu mavzuda yaratiladigan kino va filmlar hamda asar muallifi, unnig asari haqida soha bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar va ijodkorlar uchun manba sifatida xizmat qiladi.
Bitiruv ishinig tuzilmasi tavsifi Bitiruv malakaviy ishining tuzilmasi kirish ikki bob, xulosa, foydalnilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat.


I. BOB. KINONING SAN’AT TURI SIFATIDA SHAKLLANISHI
1.1.Kino san’atining paydo bo‘lishi va rivojlanish tarixi
San’atning yangi turi bо‘lgan kinoning vujudga kelishi va rivojlanishi fan, texnika taraqqiyoti hamda ungacha bо‘lgan san’at turlarining erishgan yutuqlari bilan bog‘liqdir. Kinoning paydo bо‘lishiga bir qator kashfiyotlar ham sabab bо‘ldi. XIX asrning oxirlarida odamlar turmushiga elektr quvvati kirib keldi, kimyo fani rivojlandi, u fotografiya (surat olish)ning paydo bо‘lishiga, keyinroq esa plyonkani ixtiro qilishda (1887 yil) katta rol о‘ynaydi. Bо‘lajak kino uchun J. Plato ixtiro etgan harakatlanuvchi rasmlarga ega bо‘lgan apparat, Edisonning harakatni plyonkaga uzatuvchi apparati muhim ahamiyat kasb etdi. Ayni vaqtda proyektsion apparatni ham yaratish yuzasidan tajribalar olib borildi. Bir qancha mamlakatlarda (AQSH, Germaniya, Fransiya, Rossiyada) kinoni kashf etish yuzasidan aniq maqsadga qaratilgan izlanishlar olib borildi va asosiy texnikaviy kashfiyotlar qilindi: suratga oluvchi va ko‘rsatuvchi (syomka va proyeksion) apparatlar yaratildi, maxsus kinoplyonka ishlab chiqildi. Xuddi mana shu narsalardan ixtirochi aka-uka L. va O. Lyumyerlar (1895-yil 28-dekabr) Parijda "Poyezdning kelishi", "Jiqqa hо‘l sug‘oruvchi", "Bolani ovqatlantirish" nomli dastlabki filmlarni suratga olish va namoyish qilish uchun foydalandilar. Ushbu kun kino san’atining vujudga kelish kuni hisoblanadi.
Kinoning san’at turi sifatida shakllanishida an’anaviy san’atlar ham sezilarli ta’sir kо‘rsatdi. Qadim zamonlarda jahon xalqlari qoyalarga chizib qoldirgan rasmlar, miniatyuralar, XVIII va X1Xasrlarda esa grafikaning rivojlanishi, rangtasvir va nihoyat, fotografiyaning paydo bо‘lishi — bularning hammasi makon va vaqt, harakat va vaqtni birlashtirish yо‘llarini izlash bilan tо‘liq bо‘ldi. Har bir san’at turini batafsil о‘rganishda shu muhim vazifalarni hal etishga intilishni kо‘ramiz. Masalan, har qanday sharq miniatyurasining kompozitsiyasi unda kechayotgan harakatning murakkab izchil uyg‘unlashuvidan iborat bо‘lib, bu esa ularning mualliflari о‘z asarlarida vaqtni aks ettirishga intilganliklarini kо‘rsatadi. Kо‘pgina rassomlarning ijodida (Domye: "Don Kixot va Sancho Panso", mashhur fransuz fotografi Pol Nodarning olgan rasmlarida) zamonaviy til bilan aytganda "seriyalik"ning paydo bо‘lishini, ularda vaqt va harakat jarayonini tо‘liq kо‘rsatib berishga, gavdalantirishga intilishni kо‘rish mumkin. Jahon rassomlari о‘z san’atlarida shunday ifoda vositalarini izlaganlarki, natijada ular о‘zlari ishlagan rasmlarda harakatni g‘oyat xilma-xil plan va rakurslarda kо‘rsatib berishga erishganlar. Vaqt va makonda harakat dinamikasini tasviriy san’at orqali kо‘rsatib berish yо‘lidagi tinimsiz izlanishlar rassomlardan P.Breygel, I.Repin hamda impressionistlar asarlarida kuzatiladi. Binobarin, yosh kino ham ana shu izlanishlarga befarq bо‘la olmadi, u о‘zining rivojlanishida ana shu izlanishlar natijalaridan foydalandi. Kino ovozsiz bо‘lgan davrda uning tasviriy san’atga yaqinligi, ayniqsa yaqqol seziladi. Shunga kо‘ra kо‘pgina kino nazariyotchilarining kinoni tasviriy san’atga mansub deb hisoblashlari bejiz emas. Masalan, buyuk kinorejissyor S. M. Eyzenshteynning fikricha, kino tarixi rangtasvir tarixining bir qismidir.
Kino о‘zigacha bо‘lgan barcha san’atlar tajribasini о‘zlashtirgan holda shakllandi. Bu san’atlarning har biridan о‘zining ifoda vositalarini rivojlantirishga yordam beradigan xususiyatlarni olishga intildi. O‘zbek badiiy kinosi shakllanib kelayotgan davrda (1927 yilda) Fitrat о‘zining "San’atning manbai (kelib chikishi)" nomli maqolasida “Kino ham teatr singari oltita ajoyib san’at: raqs, musiqa, adabiyot, rangtasvir, haykaltaroshlik, me’morlikdan kelib chiqqan: yoki boshqacha kilib aytganda: kino oltita qadimiy ajoyib san’atning samarali mevasidir” deb yozgan edi. Oradan biroz vaqt о‘tgach kino muayyan tajribaga ega bo‘ldi, bu tajriba nazariy umumlashmalar imkonini berdi va kino tо‘g‘risida kо‘plab asarlar yozgan S. M. Eyzenshteyn ham "kinodagi har bir unsurning iddizlari boshqa san’atlarda yotadi, chunki kinoning о‘z-о‘zvdan vujudga kelish nazariyasi allaqachon о‘z umrini yashab bо‘lgan, kinoning xususiyatlarini san’atning bir-biriga yaqin turlaridan qidirish kerak"- deb xulosalar chiqargan. Kino о‘zining shakllanish bosqichida bir-biriga yaqin san’atlardan tajribalarni singdirib olganligi bois qisqa vaqt ichida chinakam san’atga aylanishiga, an’anaviy san’atlar bilan bir safda turishiga imkon yaratildi. Kino rivojlangani sari uning muayyan mamlakatdagi badiiy madaniyat tizimi bilan munosabatlari murakkablashib, chuqurlashib о‘zaro ijodiy aloqa, о‘zaro yordamlashish xususiyatlarini kasb etadi.
Kino ibtidosi «harakatlanuvchi suratchalar»dan boshlanadi. Suratchalarni harakatlanishga majbur qilish uchun ancha yillar kechmog‘i kerak bo‘ldi va bu narsa bir talay odamlarning sa’y-harakati bilan ro‘yobga chiqarildi. Harakat tassurotini yuzaga keltiradigan suratlarni olish yuzasidan dastlabki tajribalar o‘tkazilgan 1800-yillarga murojaat qilaylikchi. Binobarin yelayotgan ot suratlari turkumini yaratish uchun bir necha kameralar o‘rnatilar edi. 1880-yillarning oxirlariga kelib katushkali plyonka ixtiro etiladi. Shundan so‘ng harakatning alohida, galma-gal lavhalarini turkumini suratga oladigan kameralarni o‘ylab topishadi. Bular, filmning qanday suratda tushirilgan bo‘lsa, o‘shanday tezlikda aylanadigan lavhalari edi. Bunda ekranda harakatlanuvchi tasvir hosil qilinar edi. Bular, darvoqe, «harakatga tushuvchi kartinalar» bo‘lgan. Ular juda ommaviyga aylandi. Dastlab ular tevarakdagi voqelikdan tushirilgan oddiygina sahnalar edi: dengiz to‘lqinlari, chopayotgan ot, arg‘imchoq, uchayotgan bolalar, stansiyaga yetib kelayotgan poyezd. Ilk syujetli film 1903-yilda Tomas Edisonning laboratoriyasida yaratilgan edi. Uning nomi «Buyuk poyezdning o‘marilishi» bo‘lgan. Film katta shov-shuvga aylandi. Uni atayin qorong‘ilashtirilgan chodirlarda namoyish etishardi. Qo‘shma Shtatlardagi dastlabki muqim kinoteatrlar 1905-yilda Pensilvaniya shtatining Pittsburg shahrida paydo bo‘lgandi. Sohiblari ularni sinematograflar deb atashgan. Tez fursatda ular butun mamlakat bo‘ylab ochildi va hamma kinoga boradigan bo‘ldi. Ilk filmlarning aksariyati Nyu-York va Nyu-Jersida chiqarilar edi. Faqat 1913-yilga kelibgina Hollivudda filmlar suratga tushira boshladilar.
XIX asrning oxirida - harakatlanayotgan predmetlarni, kishilarni, hayvonlarni – umuman harakatni plyonkaga tushira oladigan apparat ixtiro qilindi. Bu apparat nomi yunoncha “kinema” – harakat va “grafo” so‘zlaridan olinib, kinematograf deb ataladi. Shu vaqtdan boshlab, kino san’ati, ya’ni kinofilmlar yaratish san’ati paydo bo‘ldi.
Kino san’ati – hayotdagi voqealarni o‘z xolicha yoki mahsus inssenirovka qilib, yo bo‘lmasa, multsiplikatsiya vositasida qayta tasvirlab suratga tushirish yo‘li bilan asar yaratiladi. Kino san’atida adabiyot, teatr va tasviriy san’at, musiqaning etnik jihatlari o‘ziga xos, xususiy ifoda vositalari zaminida uyg‘unlashib ketadi. Kino san’ati tomoshabinlarning voqelik haqidagi tasavvurini, etik qarashini, estetik didini shakllanishida muhim vositadir.
1917-yilga qadar O‘rta Osiyoda namoyish qilingan lentalar, asosan, Amerika, Fransiyaning Sharq ekzotikasiga moil filmlaridan iborat bo‘lgan. O‘zbeklardan chiqqan birinchi kinooperatorlar X. Devonov o‘zining xujjatli xronikal kino lentalarida real hayotni tasvirlashga 1924-yida “Buxkino”, 1925-yilda Toshekntda “Sharq yulduzi” kinofabrikasi tashkil topdi va o‘zbek kino san’atining rivojini boshlab berdi. Sovet hokimiyatining dastlabki yillarida, umuman Sovet kino san’ati, jumladan, o‘zbek sovet kino san’ati xronikaga asoslangan edi. Rus kino ustalari K. Gertel, M. Doronich, Ch. Sabinskiy, O. Ferelix, A. Dorn va boshqa o‘zbek badiiy kinematografiyasini maydonga keltirishda katta yordam ko‘rsatdilar. “Sharq yulduzi” kinofabrikasining dastlabki lentalarini yaratgan rus kino ustalariga yordamchi bo‘lib ishlagan N. G‘aniev o‘zbek milliy kino san’atiga asos soldi. O‘zbek kino san’atining ilk namoyandalari N. G‘aniyev, Sulaymonxo‘jayev, R. Pirmuxamedov, K. Yormatov, E. Hamrayev va boshqalar, rus sovet kino ustalari yordamida o‘zbek kino san’atini ittifoq miqyosiga ko‘tarishga faol qatnashdi.
30-yillada ovozli kinoning vujudga kelishini kino san’atining badiiy qiymatini oshirdi. “Qasam”(rejissyor A. Usoltev 1937) filmning yaratilishi o‘zbek kino san’atida ovozli filmlar davrini boshlab berdi. Ovozli kinoning o‘zlashtirilishi o‘zbek kino san’atining adabiyot va teatr bilan aloqasini yanada mustahkamladi.
Kino musiqasi – kinematografiyaning shakllanishi va rivoji bilan bog‘langan musiqa janri. Dastlab kino apparati shovqinini bosish uchun mo‘ljallangan. Bora – bora kinodrammaturgiyaning muhim vositalariga aylandi. Odatda har bir film uchun maxsus musiqa yoziladi, ba’zan mavjud musiqadan ham foydalaniladi. Kino musiqasi syujet bilan uzviy bog‘lanib, obrazlarning ruhiy kechinmalari dramatik holatlar, ziddiyatlar va boshqalarni hayajonli qilib ifodalashga yordam beradi. Sovet kompozitorlaridan S. Prokofev, D. Shostakovich, I.Dunaevskiy, T. Xrennikov, A. Xachaturyan, N. Kryukovlar ijodida kino musiqasining namunalari vujudga keldi.
O‘zbekistonda ham 20 – yillardan, kino va musiqa hamkorligi boshlangan. Janr sfatida esa kino musiqasi 40 – yillarning 2-yarmidan shakllana boshladi.
Dastlabki o‘zbek filmlariga musiqa yozishda V.A. Uspenskiy, A. Kazlovskiy, o‘zbek xalq kuy va qo‘shiqlaridan hamda o‘zbek bastakorlari ijodidan foydalanishgan. Masalan: “Ravot qashqirlari” 1927; “Tohir va Zuhra” 1945 va boshqalar. Keyingi yillarda yaratilgan ko‘p o‘zbek filmlarida musiqadan dramatik rivojni ochish vositasi sifatida foydalanildi. Masalan: “Abu Ali ibn Sino” (kompozitor M. Burxonov, 1957 yil), “Furqat” (kompozitor S. Yudakov, 1959 yil), “Xamza” (kompozitor I. K. Akbarov, 1961 yil) va boshqa filmlar. Kino musiqasida qo‘shik muhim rol o‘ynaydi.
Masalan: 1959-yilda kompozitorlar I.K. Akbarov, M. Burxonov, M. Levnevlar yaratgan “Maftun bo‘ldim”, 1960 yilda kompozitor M. Levnev yaratgan “Maxallada duv-duv gap” va boshqalar. Musiqali kino komediya, kompozitor, derijyor, xonandalar haqidagi tarixiy biografik, shuningdek kino konsert, kino opera, xoreografik kinofilmlarda musiqa asosiy o‘rin egallaydi. Multsiplikatsion filmda musiqa aloxida ahamiyatga ega: unda tasvir ma’lum ritm asosida almashinadi va rasmlar tayyor musiqa fonogrammasiga ko‘ra ishlanadi; obraz talqinida rassom musiqa xususiyatini ham hisobga olib, ijod qiladi.
Urushdagi g‘alabaga o‘zbek kino san’ati ham o‘z hissasini qo‘shdi. Bu sohada K.Yormatov, N.G‘aniyev, Y.A’zamov hamda markaziy shaharlar Moskva, Leningrad, Kiev, Oddessadan Toshkentga evakuatsiya qilingan 200 ga yaqin kino ustalarining hamkorligi katta rol o‘ynadi. Bu davrda yaratilgan «Nasriddin Buxoroda», «Tohir va Zuhra» «Ikki jangchi», «Suxe Bator» va boshqa badiiy filmlar haqli suratda «O‘zbekfilm» oltin fondidan joy oldi.
O‘zbek kino san’atining 1946-1990 yillardagi faoliyati shuni ko‘rsatdiki, u faqat nomigagina «O‘zbekkilm» deb yuritildi. Amalda esa unda milliylikdan nishona ham yo‘q edi. To‘g’ri elu-yurtga tanilgan N.G‘aniyev («Nasriddin sarguzashtlari»), K.Yormatov («Alisher Navoiy», «Ibn Sino»), Y.A’zamov («Maftuningman», «Furqat») Sh.Boshbekov, I.Ergashev («Temir xotin») va boshqalar tomoshabin didiga mos filmlar yaratdilar. Ammo «O‘zbekfilm» jamoasi o‘zining Vatan va millat oldidagi burchini halol bajarmadi. Buning sabablari ko‘p. Mana ulardan ba’zilari: birinchidan, «O‘zbekfilm»da milliylikning bo‘lmaganligi ta'kidlandi. Buning sababi shundaki, «O‘zbekfilm» uchun mutaxassis kadrlar asosan sobiq Ittifoqning Markaziy shaharlarida tayyorlanar edi. Ikkinchidan, kino asarlari dastlab rus tilida tayyorlanar va Moskvaga senzuraga yuboriladi. Markaz tasdig’idan o‘tgan filmlargina ekranlarga chiqarilar va so‘ng o‘zbek tiliga tarjima qilinar edi.
Uchinchidan, yuqoridagi sabablarga ko‘ra, «O‘zbekfilm»ga asosan rus tilida so‘zlashuvchi xodimlargina ishga qabul qilindilar.
Bu ishlarning oqibati shunga olib keldiki, «O‘zbekfilm»da faoliyat ko‘rsatuvchi jamoa ahli bilan asosan o‘zbek tilida ijod qiladigan 600 kishidan ortiq adiblar jamoasi o‘rtasida do‘stona ijodiy aloqa bo‘lmadi. Bu oqibatda hunuk va achinarli natijalarga olib keladi. «O‘zbekfilm» uchun mahalliy ijodkorlar asarlar yozib bermadilar, yoki ular o‘zaro umumiy til topaolmadilar. «O‘zbekfilm» jamoasi esa o‘z navbatida «o‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas» deganlaridek o‘zining eski hamtovoqlari bilan yanada mustahkamroq «ijodiy hamkorlik»ni rivojlantirdi. Buni 1985-1990 yillarda suratga olingan filmlar ro‘yhatining o‘ziyoq yorqin ko‘rsatadi: «Bo‘lmagan voqea»-stsenariy muallifi Valentina Tokareva, rejissyor Qamara Kamolova, «Amirning xufyona sayohati»-stsenariy muallifi Boris Saakov, rejissyor Farid Davletshin, «Buvimni qaytaring»-stsenariy muallifi Isay Kuznetsov, rejissyor Muxtor Og’amirzaev, «Bolalaik stantsiyasidan chiqqan poezd»-stsenariy mualiflari Leonid Arkadev, Aleksandr Kovtun, rejissyor Habibullo Fayziev, «Hayot mazmuni»-stsenariy muallifi Ramzi Fatalyiev, rejissyor Damir Salimov, «Ikkinchi aylana bo‘ylab»,-stsenariy muallifi Aleksandr Goroxov, rejissyori Ravil Botirov, «Yovvoyi»-stsenariy muallifi Rustam Ibrahimbekov, rejissyor Qamara Kamolova, «Maysaraning ishi»-stsenariy muallifi Eduard Akonov, rejissyori Melis Abzalov, Bu ro‘yxatni yana V.Jeleznikov, A.Leontev, V.Xmelnitskiy («Otga mehr»-rejissyori M.Og’amirzaev), E.Verigo, B.Turin («Inqilob vakil qilgan»-rejissyori Z.Royzman) kabi «O‘zbek» dramaturglari bilan to‘ldirish mumkin».
«O‘zbekfilm»ning mavzulari doirasi ham juda tor va asosan «bosmachilik»dan boshi chiqmaganligi natijasida xalq orasida kinoya aralash «bosmachfilm» nomi berildi. 1985 yildan e'tiboran «qayta qurish» deb atalgan o‘zgarishlar bahonasida «O‘zbekfilm» o‘zbek xalqining milliy qadriyat va an'analariga yot g’oyalarni, ahloqiy-ma'naviy buzuq yalang’och sahna asarlarini ekranlar vositasi orqali tashviqot-targ’ibot qilib yoshlar tarbiyasiga mislsiz zarar keltirdi. Damir Salimovning «Yovvoyi itlar», Sanjar Boboevning «Vijdon azobi», Jahongir Fayzievning «Siz kimsiz?», Muzrob Boymuhammedovning «Najotsiz qotil», Farid Davletshinning «Amirning xufyona sayohati», Nozim Abbosovning «Samardagi uchrashuv» kabi filmlar xuddi ana shunday jihati bilan ajralib turadi.
Mustaqillik yillarida kinochilik muammolarini yangicha, yangi davr nuqtai nazaridan hal etish yo‘llarini izlash ko‘zga tashlanadi. Bu yillarda nafaqat o‘zbek kinosiga balki hind, turk, arab mamlakatlari, qo‘shni davlatlar kinematografiyasiga oid i.t. ishlari olib borildi. Shuningdek, o‘zbek kinosining janr va turlari (multiplikatsiya, hujjatli kino, komediya, teleseriallar va b.)ga bag’ishlangan tadqiqiy ishlar ham paydo bo‘ldi. Kinoshunoslik bo‘limi aspirant va ilmiy xodimlar bilan to‘ldirildi.
O‘zbekistonda birinchi film 1897 y. "Eski jo‘va" maydonida ko‘rsatilgan. 1908 y.dan Toshkent, Samarqand, Qo‘qon va b. shaharlarda chet el filmlari namoyish etilgan. O‘rta Osiyoda ko‘rsatilgan kinolentalar, asosan, Amerika, Fransiyaning Sharq ekzotikasi tasvirlangan filmlaridan iborat bo‘lgan. O‘zbek milliy K.s. 20-a.ning 20-y.larida vujudga keldi. Birinchi o‘zbek kinooperatori Xudoybergan Devonov o‘zining ilk hujjatli-xronikal filmlarida o‘zbek xalqining hayotini, urf-odatlarini, Xorazm manzaralarini aks ettirishga intilgan.
1924 y. rus-buxoro shirkati "Buxkino", 1925 y. Toshkentda "Sharq yulduzi" (1936 y.dan "O‘zbekfilm") kinofabrikasining tashkil bo‘lishi o‘zbek K.s. rivojini boshlab berdi. Lekin milliy kadrlarning yetishmasligi natijasida studiyani tashkil etishga urinish va "Buxkino" shirkati qoshida muntazam suratga olishni tashkillashtirish muvaffaqiyatsiz bo‘ldi. Toshkent studiyasiga hali kino sohasida yaxshi tanilmagan rus kino arboblarining kelishi, ularning kasbiy saviyasining pastligi haqiqiy milliy mazmundagi kinolar yaratishga yo‘l qo‘ymasdi. Ular yaratgan filmlar faqat ekzotik va tashviqiy harakterda bo‘lib, o‘zbeklar hayoti bo‘zib ko‘rsatilardi, o‘zbek ayollari rolini rus aktrisalari o‘ynashi natijasida qahramonning ichki dunyosi, uning psixologik kechinmalari ochib berilmasdi [mas, "O‘lim minorasi" (rej. V. Viskovskiy), "Musulmon qiz" (D. Bassaligo), "Ikkinchi xotin" (M. Doronin) va b.]. Kino ishlashda milliy proza va dramaturgiyadan foydalanishdan bosh tortish, o‘zbek hayotini bilmaydigan rus mutaxassislarning o‘zlari yozgan ssenariylari asosida film yaratishi milliy kino uchun juda katta yo‘qotish bo‘ldi, o‘zoq yillargacha o‘z shakl-shamoyiliga ega bo‘lolmadi, uning "o‘zbek milliy kinosi" sifatida shakllanishiga oʻtib boʻlmas to‘siq bo‘ldi.
Ovozsiz filmlarda berilgan mazmun tomoshabinga ko‘proq Yevropa mutaxassislari nuqtai nazarini ifodaladi, chunki milliy an’analarni bilishdan yiroq mualliflarning asarlari shu ruxda yaratilgan edi. 20-y.lar yaratilgan "Soyabon arava" (O. Frelix), "Ravot qashqirlari" (K. Gertel), "Makrli changal" (V. Kozlov), "Chodira" (M. Averbax) kabi filmlar shular jumlasidan.
Ovozli kinoning yuzaga kelishi o‘zbek K.s.ning ham badiiy qiymatini oshirdi. Birinchi o‘zbek ovozli filmi "Qasam" (1937, rej. A. Usolsev-Graf)da milliy aktyorlik madaniyati, o‘zbek hayoti va psixologiyasi mufassal aks etdi, ijtimoiy qarama-qarshiliklar asosiga qurilgan dramaturgiya namoyon bo‘ldi. Chunki barcha bosh rollarni o‘zbek aktyorlari o‘ynagan edi. Lekin baribir asar ovozsiz kino davridagi eski kino madaniyati qoldig’utridan xoli bo‘lolmagani sababli o‘tmish va bugungi kun o‘rtasida arosatda bo‘lib qoldi. Shu sababli, o‘sha davrda yaratilgan Gro‘ziya, Ozarbayjon filmlari kabi eng yaxshi filmlar darajasiga ko‘tarila olmadi.
Oʻzbek kinosining muboshiri bo‘lgan "Nasriddin Buxoroda" (1943, rej. Ya. Protazanov) filmi xalq mavzusining haqiqiy imkoniyatlarini ochib berdi, tasviriy vositalar qatorini qanday chiroyli va ifodali qurish mumkinligini ko‘rsatdi, yuqori darajadagi ijro uslubini o‘rgatdi. "Tohir va Zuhra" (1945, rej. N. G’aniyev) filmi xalq ertaklari asosida yaratiladigan filmlar chegarasini "bo‘zib" o‘tgan holda tarixiy filmlar yaratishga asos soldi, milliy ruhdagi ifodali o‘yin imkoniyatlarining naqadar kengligini his etishga imkon berdi. Keyinroq yaratilgan "Alisher Navoiy" (1947, rej. K. Yormatov) filmining yaratilishiga "Tohir va Zuxra" kinosi muhim poydevor bo‘lib xizmat qildi. Shuningdek, "Boy ila xizmatchi", "Qutlug’ qon" (1953, 1957, rej. L. Fayziyev), "Shohi so‘zana" (1954, A. Beknazarov) kabi badiiy asarlar ekranlashtirildi.
O‘zbek kinosida yoshlarda zamon talablariga yangicha qarash shakllandi, eski qolip va taxminlardan o‘zoqlashdilar, dunyoga shoirona nazar tashlash imkoniyatlari namoyon bo‘ldi. Shu bilan birga hayot faqat sevish, xursandchilik qilish, qahvaxonalarda raqsga tushish, chiroyli kiyinishdan iborat deb bilgan shaharlik yigit va qizlar uchun tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan filmlar ham o‘zbek ekran san’atiga yangi bir sahifa bo‘lib kirib keldi. Bu, ayniqsa, rej. E. Eshmuhamedov ijodida ["Nafosat" (1966), "Sevishganlar" (1969) va b.] yaqqol ko‘zga tashlandi. "Maftuningman" (1958, Y. A’zamov), "Mahallada duv-duv ran", "Sen yetim emassan", "Qalbingda quyosh", "Toshkent — non shahri" (1960, 1962, 1966, 1967, rej. Sh. Abbo-sov), "Sinchalak", "Ulugʻbek yuldoʻzi", "Natashaxonim" (1961, 1965, 1966, rej. L. Fayziyev), "Oʻtgan kunlar" (1969, rej. Y. Aʼzamov)va b. filmlar shular jumlasidan.
Milliy kino ijodkorlarining tashkiliy va ijodiy ishlar, to‘plangan tajribalarni yangicha ko‘z bilan ko‘rib chiqishi, ekran san’atiga talabchanlikni oshirishi natijasi o‘laroq tarixiy-inqilobiy filmlar ("Qora konsulning halokati", rej. K. Yormatov; "Yettinchi o‘q", A. Hamroyev va b.) bilan bir qatorda zamonaviy mavzuda ham bir qancha filmlar ishlandi: "Shiddat" (rej. U. Nazarov), "Yoz yomg’iri" (A. Qobulov), "Falokat oyoq ostida" (3. So-bitov), "Sevgi fojiasi" (Sh. Abbosov), "Alangali so‘qmoqlar" (Y. A’zamov), "Seni kutamiz, yigit" (R. Botirov),"Achchiq danak", "O‘zganing baxti" (Q. Kamolova), "Inson qushlar ortidan boradi" (A. Hamroyev, Dehli xalqaro kinofestivalida "Kumush tovus" mukofotini olgan, 1976), "Chinor ostidagi duel" (M. Abzalov) va b. Shuningdek, buyuk allomalar hayoti haqida so‘zlovchi "Nodirabegim" (rej. K. Yormatov), "Abu Rayhon Beruniy", "Olovli yo‘llar" (Sh. Abbosov) hamda "Zulmatni tark etib..." (Y. A’zamov), "Shum bola" (D. Salimov) va b.
O‘zbek kinosi izlanishlarni kengaytirishga, jamiyatda sodir bo‘layotgan ijtimoiy jarayonlarni yanada chuqur va yorqin ifodalovchi kinolentalar yaratishga intildi. Ekran son va sifat jihatdan yana bir pog’ona ko‘tarildi, janrlar esa shakl va mazmun jihatdan kuchaydi, ularning xilma-xilligi oshdi, qolipga tushib qolgan odatiy mazmunlardan qochish sezildi.
"Alibobo va qirq qaroqchi" (rej. L. Fayziyev, U. Mehra), "Mana o‘sha yigit qaytib keldi" (R. Botirov), "Oltin junli qo‘y terisi", "Uygonish" (L. Fayziyev), "Bo‘ysunmas" (A. Qobulov), "Qiyomat qarz" (U. Nazarov), "Dahoning yoshligi", "Karaxtlik" (E. Eshmuhamedov), "Parol "Regina" mehmonxonasi" (Y. A’zamov), "Armon", "Suyunchi", "Kelinlar qo‘zg’oloni", "Maysaraning ishi" (M. Abzalov), "Orzular og’ushida" (F. Zaynutdinov) va b. filmlar estetik sifatini ustunligi va yangi-yangi shakllari bilan ajralib turadi.
Keyingi 10 yillikda milliy Kino san’ati rivojida keskin burilish davri bo‘ldi. Qiziqarli filmlar yaratgan M. Abzalov, Z. Musoqov, Yu. Sobitov kabi rej. larning filmlari zamon muammolari, yoshlar hayotining eng og’riq jabhalariga qaratildi, uslublar xilma-xilligi ta’minlandi.
"Tongga qadar" (Yu. Azimov), "Ajdodlar ovozi" (F. Shermuhamedov), "Ketma" (J. Ishoqov, R. Saʼdullayev), "Sevgi qurbonlari" (A. Ismoilov) kabi filmlar eʼtiborga molikdir. 1996-y. milliy kino uchun yangi muhim sana nuqtasi bo‘ldi. Vazirlar Mahkamasining 1996-y. 12-iyul 247-qaroriga asosan, "O‘zbekkino" davlat aksionerlik kompaniyasi tashkil bo‘ldi. Farmon o‘zbek kinosini yangi izlanishlar, zamon bilan hamnafas bo‘lish vazifalariga undadi, tomoshabinni jalb qila bilish yo‘llarini topishga, o‘z-o‘zini pul bilan ta’minlash, yangi texnik jihozlar bilan qurollanishga majbur etdi. Farmon natijasi o‘laroq, "Kenja qiz" (R. Kubayeva), "Atrof oppoq qor bilan qoplangan" (Q. Kamolova), "Yulduzimni ber osmon" (F. Davletshin), "Buyuk sohibqiron" (I. Ergashev, B. Sodiqov), "Otamdan qolgan dalalar" (Sh. Abbosov), "Marg’iyona" (H. Fayziyev), "O‘tgan kunlar" (M. Abzalov, H. Fayziyev), "Piyoda" (R. Malikov), "Yaratganga shukur" (3. Musoqov), "Sevgi" (I. Ergashev), "Yolg’iz yodgorim" (S. Nazarmuhamedov), "Tilsimoy - g’aroyib qizaloq" (M. Boymuhamedov) kabi yangicha talqindagi filmlar yuzaga keldi.
Hozirgi kunda kinoning ijtimoiy nufuzi oshdi, mavzu doirasi kengaydi, mahalliy yozuvchilar asarlarining ko‘payishi ko‘zga tashlanadi. Folklor, tarixiy, zamonaviy va falsafiy mavzular qayta ishlab chiqildi. "Ayollar saltanati" (Yu. Roziqov), "Chayongul" (S. Nazarmuhamedov), "Parimomo" (M. Rajabov), "Ona" (3. Musokrv) va b. keyingi yillarning eng yaxshi filmlaridir.
Badiiy kinoni jahonga tanitgan, o‘zbek kinosining asoschisi Nabi G‘aniyev, xalq artisti Komil Yormatovlar ijodi o‘zbek kinosi tarixining yorqin sahifalari bo‘lib qoladi. Shuningdek, Y. A’zamov, Sh. Abbosov, L. Fayziyev, 3. Sobitov, R. Botirov, A. Hamroyev, A. Qobulov, Q. Kamolova, 3. Musoqov, I. Ergashev, H. Fayziyev kabi rej. va H. Fayziyev, A. Pann, M. Krasnyanskiy, A. Mukarramov, M. Penson, D. Fatxullin, A. Ismoilov, L. Travitskiy, D. Abdullayev singari operatorlarning milliy kinoning kamol topishida va jahon kino san’ati qatoridan o‘rin olishida xizmatlari beqiyosdir.
O‘. Alixo‘jayev, Sh. Ergashev, R. Sa’dullayev, M. Rajabov, T. Shokirova, R. Adashev, D. Qambarova, B. Zokirov, D. Egamberdiyeva va b. eng yaxshi kino aktyorlardir.
O‘zbekistonda "O‘zbekfilm"dan tashqari "Vatan", "Imon", "Inson", "Yog’du", "Dostonfilm", "Samarqandfilm", "Shod", "Yulduz" singari kinostudiyalar ishlab turibdi (2002).
O‘zbek hujjatli kinosi, asosan, 30-y.lardan boshlangan. F. Nazarov, N. Gasilov, V. Timkovskiy, K. Alikayev, M. Kovnat, N. G’aniyev, Y. A’zamov kabilar hujjatli kinoning dastlabki yillarida ko‘tarinki ruh bilan ishladilar va ma’lum muvaffaqiyatlarga erishdilar. "Ishlab chiqarishda jismoniy tarbiya" (rej. Y. A’zamov), "Ajoyib ish" (N. G’aniyev), M. Qayumov suratga olgan "O‘zbek paxtakorlarining g’alabasi", "O‘zbek xalqining bayrami" (Sh.Zohidov, O.Tursunov bilan hamkorlikda), "Katta Farg’ona kanali", "Kuchli oqim" filmlari yuqori baholandi. Ayniqsa, "Toshkent to‘qimachilar kombinata" (1938) filmi Nyu-Yorkda o‘tkazilgan jahon ko‘rgazmasida Oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Urush yillari "Frontdagi do‘stlarga" (rej. K. Yormatov), "Frontga sovg’a" (S. Muhamedov, Y. A’zamov), "5 respublika konserti" (A. Speshnev, 3. Sobitov) kabi badiiy-hujjatli filmlar ishlandi.
Urushdan keyin hujjatli kino ijodkorlari g’ayrat va shijoat bilan oldinga yangi qadam tashlash bilan ijodini boshladi. "To‘rt darvozali shahar", "O‘zbekistonimizga keling", "Insoniyatning besh qo‘li", "Farhod chiroqlari" (hammasining rej. i M. Qayumov), "Sovet O‘zbekistoni" (K. Yormatov) singari kinoyilnomalarning yorqin va hayotiy kinotasmalari yaratildi.
Keyinchalik yaratilgan hujjatli filmlarda O‘zbekistonda qurilayotgan zavod va f-kalar, GESlar, quriq yerlarning o‘zlashtirilishi, fan va san’at fidoyilari hayoti va ijodi, sanoat yutuqlari, yirik xalqaro musobaqalar o‘z aksini topdi: "Bahordan bahorgacha", "13 qaldirg’och", "Zilzila" (M. Qayumov), "O‘qituvchi" (N. Ataullayeva), "O‘zbekiston gazi va kimyosi" (N. Rahimboyev), "Moviy olov kishilari" (R. Grigoryev), "Yo‘lda va ona yurtda", "Ashurov voqeasi", "Ochiq aytganda", "Izlanish davom etmokda" (hammasining rej.i T. Nodirov) va b. shular jumlasidan.
M. Qayumovning ko‘p yillik ijodi o‘zbek hujjatli kinosi tarixida alohida bir sahifa bo‘lib qoladi. U bilan yonma-yon ijod qilgan Sh.Zohirov, T. Nodirov, A.Saidov, O.Tursunov, N.Ataullayeva, P.Rasulov, M.Arabov, A.Yoqubov, N.Rahimboyevlarning ham hujjatli kino ravnaqida xizmatlari katta.
Keyingi o‘n yillikda turli janrlarda yaratilgan multiplikatsion filmlar keyingi davr rivojini ta’minladi. "Bahrom va Dilerom", "Qoziq" (rej. M. Mahmudov), "Yangi ko‘hna ertak" (S. Murodxo‘jayeva), "Daladagi chechaklar" (N. To‘laxo‘jayev), "Yanchar quyon" (D. Vlasov), "Yangi shoxcha va ba-hor yomg’iri haqida" (S. Silka) va b. shular jumlasidan. Yana q. [[Multiplikatsion kino.
"O‘zbekfilm"da ko‘p yillardan buyon jahonning eng yaxshi filmlarini o‘zbek tiliga tarjima qilib, o‘zbek tomoshabiniga yetkazuvchi dublyaj guruhi xizmat qilib kelmokda. Bu sohaning asoschilari va faol ishtirokchilaridan Q. Mirmuhamedov, M. G’aniyev, S. Saidov, B. Haydarov, S. Iskandarov, J. Obidov, V. Kutyukov, A. Sharapovlarni ko‘rsatish mumkin.
Kino san’ati masalalari bilan San’atshunoslik ilmiy tadqiqot instituti shug’ullanadi. Kino ijodkorlari N. G’aniyev nomidagi kinotexnikum va Toshkent San’at institutida tayyorlanadi. O‘zbekiston kino arboblari birlashmasi (1962—96-y.larda O‘zbekiston kinematografchilar uyushmasi), 1966 y.dan Kinochilar uyi, 1972 y.dan Kino san’ati muzeyi ishlab turibdi.



Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish