Kallus to’qima kulturasini morfogenez tiplari
O’simlik hujayralarida totipotentlik g’oyasi birinchilardan bo’lib, 1902 yilda G.Xaberlant
tomonidan ilgari surilgan bo’lsada, tajribalar bilan isbotlangan emas edi.
«O’simlikni har qanday hujayrasi yangi organizm paydo bo’lishiga asos bo’la oladi, faqatgina
o’simlik organizmi hujayrani rivojlanish potensiyasini bosib qo’ygan holatdagina bunday
bo’lmasligi mumkin» -degan edi Xaberlant. O’simlikdan hujayrani alohida ajratib olish mana shu
potensiyalarni namoyon bo’lishiga yordam beradi.
Morfogenezni hujayra asosini sitodifferensirovka tashkil qiladi. O’simlikni regenerasiyasi
hujayrani ikkilamchi tabaqalanishidan boshlanadi. Bunda, tabaqasizlangan hujayra boshqatdan
ixtisoslashgan hujayrani strukturasi va funksiyasini egallaydi.
Kallusli hujayralarni ikkilamchi differensirovkasi har doim ham o’simlikni regenerasiyasi va
morfogenez bilan tugallanavermaydi. Ba’zida u faqat to’qima hosil bo’lishiga olib keladi xalos
(gistodifferensirovka). SHu yo’l bilan kallusli hujayra floemli yoki ksilemli elementlarga aylanishi
mumkin. Ikkilamchi tabaqalanishga boshqa bir misol bo’lib, tabaqasizlangan faol proferasiya
qiladigan hujayrani – eski (qari) bo’linmaydigan kallusli hujayraga aylanib qolishi xizmat qilish
mumkin (rivojlanishni stasionar fazasi).
Barcha ko’rinishdagi ikkilamchi tabaqalanishdan eng katta qiziqish uyg’otadigani, bu
morfogenezdir, chunki u kallusli hujayradan butun o’simlik yaratish imkonini beradi.
Tabaqalanish va morfogenezni asosida har xil genlarni birin-ketin qo’shilishi yotadi, ya’ni
hujayrani tabaqalanishi genlarni tabaqalashgan faolligi bilan aniqlanadi. Struktura genlarini
faolligini o’zgarishi ularni derepressiyasi (uyg’onishi), repressiyasi yoki amplifikasiyasi
(ko’payishi) bilan bog’liq. Bu jarayonda fitogormonlar katta rol o’ynaydilar. Kallusli to’qimalarni
morfogenezini boshqarish mumkin. O’simliklarni alohida ajratib olingan hujayralarini
morfogenezga bo’lgan qobiliyatlariga ha ichki, ham tashqi fakttorlar ta’sir ko’rsatadilar. Ichki
faktorlarlarga: dastlabki o’simlikni qaysi turga mansubligi, eksplant olingan organ, eksplantning
yoshi kiradi. Tashqi faktorlarga esa, eng avvalo ozuq muhiti tarkibi, harorat, yorug’lik (uni
intensivligi va fotodavrning uzunligi) kiradi. Morfogenezni eng kuchli induktori – ozuqa muhti
tarkibiga kiruvchi sitokinin va auksinlarning o’zgarishi hisoblanadi. Buni stimul yoki morfogenzni
signali deb ham yuritiladi. Auksinga nisbatan sitokinilar miqdori ko’proq bo’lganda, poya
organogenezi boshlanadi, teskari bo’lganda esa (auksin sitokininga nisbatan ko’proq bo’lganda)
ildiz yaxshiroq rivojlanadi a) b)
Do'stlaringiz bilan baham: |