Kalit so‘zlar



Download 21,4 Kb.
Sana21.07.2022
Hajmi21,4 Kb.
#831842
Bog'liq
Tohir Malik.Shaytanat asarining g\'oyaviy pishiqligi


Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malikning adolatsiz jamiyat, og‘ir ijtimoiy muhit tufayli boshiga hayotning turli sinovli, ayanchli ko‘rgiliklar yog‘ilgan insonlar, jinoyat olami haqida yozilgan "Shaytanat" asari tahlilga tortilgan.

Kalit so‘zlar:


Ma’lumki, bugungi kunda kitobxonlikka, umuman, adabiyotga bo‘lgan e’tibor yanada kuchayib, har bir avlod qalbida badiiy-estetik qarashlarni shakllantirish va shu orqali ularni yetuk inson sifatida tarbiyalash davlatimizning bosh maqsadlaridan biriga aylana bormoqda. Shu jihatdan adabiyotimizning yetuk darg‘alari ijodini o‘rganish va shu orqali badiiy san’atni rivojlantirish maqsadida ham ijtimoiy fanlar doirasida bir qancha tadqiqotlar olib borilmoqda. Bugungi kunda o‘z tadqiqini kutayotgan ana shunday badiiy ijod namunalaridan biri o‘zbek adabiyotining yirik vakili Tohir Malik ijodidir.
Yozuvchining nasriy merosi o‘zining rang-barangligi, badiiy jihatdan yetukligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, “Shaytanat” romanini o‘zbek adabiyotida eng ko‘zga ko‘ringan, puxta va pishiq yozilgan asarlardan biri, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘zbek kitobxonlari orasida “Shaytanat” asarini o‘qimagan, o‘qib o‘yga tolmagan kishi bo‘lmasa kerak. Qahramonlarning shaxsiyati va ularning turmush tarzi, xarakter xususiyati, ijtimoiy turmush tarzi bilan bog‘liq keskin va shu bilan bir qatorda kitobxonlar uchun qiziqarli bo‘lgan voqeliklar rivoji o‘tkir syujetli «Shaytanat» asarining asosini tashkil etadi.
Tohir Malik har qanday qing‘ir yo‘l oxir-oqibatda yaxshilik bilan yakun topmasligini, gunoh ishlar uchun javob berish muqarrar ekanligini jo‘ngina aytib qo‘ya qolmay, buni mahorat bilan asar qahramonlariga anglatishga harakat qiladi. Nosir badiiy g‘oyani talqin etishda, ularning yovuzliklarini, qing‘ir ishlarini va jinoyatlarini tasvirlash orqaligina yuzaga chiqaribgina qolmay, shuningdek, bu qahramonlarning qilmishlariga yarasha olgan javoblarini, aytish joiz bo‘lsa, jazolarini ham ko‘rsatib beradi. Zero, asarning bosh g‘oyalaridan har kim o‘z gunohiga yarasha javob berishi lozimligi, yuqorida ta’kidlanganidek, “jinoyat olamiga kirganlarning kafansiz ketishi aniqroq” ekanligidan ogoh etishdir. Xususan, asar bosh qahramonlaridan Asadbek qilgan gunohlari uchun qizining nomusi va baxti, o‘g‘lining hayoti bilan javob bergan bo‘lsa, Chuvrindi, Kesakpolvon, Hosilboyvachcha, Xongrey kabilar o‘z joni bilan, ayanchli o‘lim topishlari bilan, javob berishdi.
Bu orada Chuvrindining onasi ham chiroyini, yoshligini boy bera bordi. Bozori chaqqon xonimning ishlari ortga keta boshladi. Mayxo‘rlik uni odam kepatasidan chirrib tashladi. Hali u erda, hali bu yerda xor holida yotib yurganida Chuvrindi uni shu uyga olib keldi. Uy bekasidan «ko‘z-quloq bo‘lib turing» deb iltimos qildi. Chuvrindi uni ona sifatida qadrlamasa ham, odam sifatida rahmi kelardi. Ko‘cha-
Ko‘yda o‘lib-netib qolmasin, deb xavotirlanardi. U hovliga kirishi bilan ayvon poydevoriga suyanganicha boshini osiltirib uxlab o`tirgan onasini ko‘rdi. U axlatxonada ag‘anab yotganmi ko‘ylagiga qarab bo‘lmaydi, sochlari to‘zib ketgan... So‘lagi oqib o‘tirgan onasini ko‘rib, ijirg‘andi. Shu xotin endi ellik yoshdan oshdi, desa birov ishonmas edi.
Tohir Malik asar voqealarini tasvirlashda shafqatsiz realizm ko‘rinishlaridan mahorat bilan foydalanadi. Xususan, jinoyat olamini, bu olam vakillariga xos xususiyatlarni, ulardagi mavjud tuban qusurlarni yaqqol ko‘rsatib beradi. Bu qahramonlarning har bir gapida, qilgan harakatlarida, bajargan ishlarida aks etib turadi. Bunda ko‘zlangan asosiy maqsad asarning qiziqarliligini orttirish emas, balki muallif o‘zi aytib o‘tganidek, “Yozuvchining vazifasi nimadan iborat? Jamiyatni kuzatish, tahlil etish, yuzaga chiqayotgan muammolarni hal etishda qatnashish emasmi? O‘tmish jamiyatning og‘riqli nuqtalaridan biri – jinoyat olami
edi. Men o‘sha xastalikning bir zarrasinigina qalamga olganman. Jinoyat olami, ya’ni shaytonlar yetovidagi olamning naqadar qabih ekanini odamlar o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib yoki eshitib yurgan edilar. Men shulardan ayrimlarini jamlab, qog‘ozga tushurdim xalos. Bu voqealarni yozishdan asosiy maqsadim – odamlarni ogohlantirish edi: “Odamlar ko‘rib qo‘yinglar, befarq yurmanglar, siz bilan bizning yonimizda ko‘zga ko‘rinmas, ammo vahshiy bir olam borki, undan o‘zingiz ham

ehtiyot bo‘ling! Ayniqsa, farzandlaringizni asrang, toki bu olamga bandi bo‘lib qolishmasin. Bu olamning bittagina eshigi bor. Kirdingmi, tamom o‘z oyog‘ing bilan qaytib chiqishing mahol, kafansiz ketishing aniqroq...” demoqchi bo‘lganman”.26 Xulosa qilib aytganda, asarda shaxs xarakterining shakllanish



Xulosa qilib aytsak, Tohir Malikning "Shaytanat" asari adolatsiz jamiyat, ijtimoiy tuzumda insonlarning boshiga tushgan kulfatlar haqida tasvirlanib, har qanday zamonda, har qanday vaziyatda butun insoniyatni iymon deb atalmish ko‘ngil mulkini sof tutishga, oxiratni o‘ylashga, shayton vasvasasidan forig‘ bo‘lishga undaydi. Bu asar davr muammolarini o‘zida tasvirlab, yoshlarni hushyorlikka chaqiruvchi tarbiya kitobi bo‘lib xizmat qiladi.
Download 21,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish