1-rasm. Marketing tadqiqotlarini amalga oshirish bosqichlari
1
1
Голубков Е.П. Маркетинговые исследования: теория, методология и практика 4 –е издание Учебник. М.
«Финпресс» 2015. 496 с.
Maqsadni tanlash
Farazni ilgari surish
Algoritm ishlab chiqish
Vazifani bеlgilash
1-bosqich Markеting
Samaradorlikni baxolash
Xulosalar
Tavsiyalar
5-bosqich.
Tadqiqot natijalarini
rasmiylashtirish
Ma'lumotlarni taxlil qilish
Ma'lumotlarni modеllashtirish
Ma'lumotlarni bashorat qilish
4-bosqich.
Modеllar bankini shakllantirish
Markеting-mеnеjmеnt
uslubiyatlari
Itisodiy-matеmatik uslubiyatlar
Statistik uslubiyatlar
Axborot uslubiyati
Tarmoq rеjalashtirish
uslubiyatlari
Chiziqli va dinamik dasturlash
uslubiyatlari
2-bosqich.
Topshiriqni aniqlashtirish tadqiqot
uslubiyatini ishlab chiqish
Axborot to’plash
Axborotni qayta ishlash
Axborotni saqlash
3-bosqich.
Axborot bankini shakllantirish
1-bosqich.
Markеting tadqiqoti
kontsеptsiyasini ishlab chiqish
9
Korxonaning marketing faoliyatini strategiyasi va taktikasini tanlash va
amalga oshirishda tadqiqotchilarning konkret yo‘nalishidan foydalanishini taqazo
etadi. 1-rasmda marketing tadqiqotlarini amalga oshirish bosqichlari keltirilgan.
Bozorni o‘rganmasdan turib barcha axborotni tizimli ravishda to‘plash, tahlil etish
va solishtirish imkoniyati bo‘lmaydi.
Har bir bosqichda o‘ziga xususiyat mavjud. Masalan, 1 –bosqichni ko‘rib
chiqadigan bo‘lsak, marketing tadqiqotlari konsepsiiyasini ishlab chiqishda,
avvalom bor korxona oldiga qo‘ygan maqsadni belgilab oladi.
Keyingi jarayonda esa, farazni (gipotezani) ilgari suradi. Chunki taxminlar
asosida kelib chiqadigan jarayon va natijalar farazi ko‘zda tutilai. Shuningdek,
ushbu maqsaddan kelib chiqib ketma-ketlik algoritmini ishlab chiqiladi. Algoritm
asosida konsepsiya to‘g‘ri yo‘naltirilgan bo‘ladi va ko‘zlangan maqsad sari vazifalar
belgilanadi.
Ikkinchi bosqichda esa, topshiriqga aniqlik kiritiladi va uslubiyat ishlab
chiqiladi. Ushbu umlubiyatlar orqali dastur ishlab chiqiladi. Har bir uslubiyatning
o‘ziga xos xususiyatlari va yo‘nalishlari mavjud. Masalan, statistik uslubiyatda
miqdoriy va sifat tadqiqotlarini ishlab chiqish mumkin va hokazolar.
Faqat ushbu jarayonlarni bajarilgandagina bozorni tanlash, sotuv hajmini belgilash,
bozor faoliyatini prognozlashtirish va rejalashtirish bo‘yicha qaror qabul qilish
mumkin.
Umuman olganda, marketing tadqiqotlari loyihasi – bu marketing
tadqiqotlarini bajarish sxemasi bo‘lib, unda ushbu tadqiqotning har bir bosqichi
bayon qilinadi va talab qilinadigan axborotlarni olish uchun zarur barcha jarayonlar
belgilab olinadi. U muammoni aniqlashga va ushbu muammoni xal qilish usulini
tanlashga asoslanadi.
Marketing tadqiqotlarini o‘tkazish jarayoni uning natijalarining
korxona faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishga, qaysi uslublar, mablag‘, vositalardan
foydalanish bilan uzviy ravishda bog‘liqdir. Marketing tadqiqotlarining o‘rni
10
korxona sharoitida zaruriy tashkil etuvchi omillarning o‘zaro bir – biriga
bog‘liqligi bilan aniqlanadi.
Shu bilan birga marketing tadqiqotlari o‘tkazilishi quyidagi
elementlarini o‘z tarkibiga oladi:
• Tadqiqot metodologiyasi;
• Taxliliy modullar;
• Izlanish savollari;
• Gipotezalar (Taxminlar);
• Omillar;
Tadqiqot metodologiyasi deganda faoliyatning tuzilmasi, mantiqiy
tashkil etilishi, uslub va vositalari haqidagi nazariy yondashuvlar tushuniladi.
Marketing metodologiyasi quyidagi bosh elementni kiritishimiz mumkin
2
:
1. Prinsiplar;
2. Boshqaruv usullari;
3. Marketing tadqiqotlari vositalari;
4. Qaror qabul qilishning ijobiy uslublari;
5. Axborot to‘lash uslublari
Marketing
tadqiqotlari
ob’ektiv
ma’lumotlar
va
nazariy
yondashuvlarga tayangan holda amalga oshirilishi lozim.
3
Nazariy – metodologik yondashuv amalga oshirilayotganda marketolog
tominida mavjud maxalliy va xorijiy olimlar ishlanmalari, mavjud akademik
manbaalar (kitob, jurnal, monografiyalar), statistik hisobot va me’yoriy
xujjatlardan foydalanishi lozim.
2
Naresh M. Marketing research. Second edition. 2014 by Pearson Edu
3
Philip Kotler, Kevin Lane Keller. Marketing management. 12 th edition. 2010 by Pea.
11
Nazariya
(theory)
–
ma’lum
fundamental
tasdiqlovchi
(aksiomalar)larga
tayangan
holda
ma’lum
konsepsiyalarning
o‘zaro
bog‘liqligi.
Ob’ektiv ma’lumotlar ( Objective evidence)– empirik tasdiqlangan holisona
ma’lumotlardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |