Kafedrasi xudayarova xurshida abdunazarovna


 Bank faoliyatini boshqarishning chiziqli modeli va uning tuzilishi



Download 3,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/267
Sana07.01.2022
Hajmi3,54 Mb.
#325594
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   267
Bog'liq
BMM UMK

 
2. Bank faoliyatini boshqarishning chiziqli modeli va uning tuzilishi. 
 
CHiziqli  model  banklarning  xizmatlari,  hududi,  ixtisoslashuviga  muvofiq, 
shulardan  bittasi  negizida  shakllantiriladigan  bankning  tashkiliy  tuzilishi 
hisoblanadi.  Har  tijorat  banki  uni  mustaqil  ravishda  o‘z  faoliyatidan  kelib  chiqib 
foydalanadi. 
CHiziqli model o‘z navbatida quyidagi turlarga bo‘linadi: 
- funksional model – aniq bir xizmat va mahsulotlarga yo‘naltirilgan; 
- divizion model – tarmoq faoliyatiga yo‘naltirilgan; 
- geografik model – bank mijozlari va bozorga yo‘naltirilgan. 
Funksional  model  –    bankning  ko‘rsatadigan  an’anaviy  xizmatlari  va 
operatsiyalariga  (kredit,  depozit,  hisob-kitob,  kassa,  valyuta,  qimmatli  qog‘ozlar 
bilan  bog‘liq  operatsiyalari  va  boshqalar)  muvofiq  tarzda  bankning  tarkibiy 
bo‘linmalari  ajralib  chiqish  zaruratidan  kelib  chiqadi.  Ushbu  operatsiya  va 
xizmatlarga  mos  ravishda  banklarda  guruhlar,  bo‘linmalar,  boshqarma  va 
qo‘mitalar  tashkil  qilinadi.  Bank  yangi  bo‘lim  va  maxsus  bo‘linmalarni  tashkil 
qilish  uchun  zarur  bino-inshoatlarga,  kadrlarga  va  texnikaga  ega  bo‘lishi  talab 
etiladi. 


Funksional  model  banklar  faoliyatini  tashkil  etishning  klassik  va  eng  keng 
tarqalgan  usullaridan  hisoblanadi.  Ammo  bu  omil  ushbu  modelning  to‘g‘ri  va 
samarali  ekanligini  anglatmaydi.  Ekspertlarning  fikriga  ko‘ra  bank  faoliyatini 
tashkil  etishning  funksional  modeli  konservativ  bo‘lib  bozordagi  o‘zgarishlarni 
hisobga  olmasligini  kamchilik  sifatida  ko‘rsatiladi.  Bundan  tashqari,  banklar 
faoliyatining 
bunday 
tashkiliy 
tuzilishi 
banklarda 
yuqori 
malakali 
mutaxassislarning bo‘lishini talab qiladi. Funksional modelga muvofiq banklarning 
maxsus  bo‘linmalarini  tashkil  qilishda  bankning  umumiy  faoliyati  emas,  bank 
biznesining tanlangan strategik yo‘nalishlari olinadi. Tanlangan ushbu yo‘nalishlar 
qo‘yilgan maqsad va strategiya asosida amalga oshiriladi. 
CHiziqli modelning divizion model shaklida bank biznesining alohida faoliyat 
tarmoqlarini 3 ta qismga bo‘lish tavsiya etiladi.  Bular tijorat faoliyati hisoblanib 
kredit,  investitsion  faoliyati  –  xalqaro  investitsiyalar  va  bankning  trast 
operatsiyalari kiradi. 
Banklar  faoliyatini  operatsiyalari  asosida  tashkil  etish  ixtisoslashuv  yoki 
ma’lum  bir  sho‘‘balarni  tashkil  qilish  orqali  amalga  oshiriladi.  Masalan,  tijorat 
banklari qoshida lizing, ko‘chmas mulk, avtotransport, forfeyting, trast, konsalting, 
depozitariy,  faktoring  kabi  bo‘linmalarni  tashkil  qilish  orqali  shakllantiriladi. 
Umuman,  bankning  o‘zida  bir  operatsiya  va  xizmatlarni  ko‘rsatuvchi  bo‘linma 
sifatida tashkil etilishi mumkin. 
CHiziqli modelning yana bir yangi shakli bozor geografiyasiga borib taqaladi 
va  ko‘proq  universal  banklarga  talluqlidir.  Universal    banklar  turli  hududlarda 
tashkil  etilib  turli  bank  xizmatlarini  ko‘rsatadi.  Bunday  sharoitda  banklarning 
boshqaruv  organlari  hududiy  javobgarlikni  o‘z  zimmasiga  oladi  va  vaziyatdan 
kelib  chiqib  bankning  tarkibiy  tuzilishi  funksional  yoki  divizion  shaklida  tashkil 
etilishi mumkin.  
CHiziqli modelning to‘rtinchisi har bir tarmoqning xususiyatiga, mijozlarning 
iqtisodiy  holatidan  kelib  chiqib  shakllantiriladi.  Bank  mijozlari  mayda,  o‘rta  va 
kichik  guruhlarga  ajratilib  xizmatlar  ko‘rsatiladi.  Bu  har  bir  bank  tomonidan 
mustaqil belgilanadi. 
 

Download 3,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   267




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish