Kafedrasi xudayarova xurshida abdunazarovna


Mijozlarga xizmat ko‘rsatish



Download 3,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/267
Sana07.01.2022
Hajmi3,54 Mb.
#325594
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   267
Bog'liq
BMM UMK

Mijozlarga xizmat ko‘rsatish:
 
Mijozlarga  bankning  barcha  xizmatlar  majmuasi  faqat  Front-ofis  bo‘limida 
ko‘rsatilganligi  bois,  mazkur  bo‘lim  bank  xizmatlarining  barcha  turlarini  yaxshi 
biladigan  malakali  mutaxassislardan  tashkil  topishi  shart.  Bunda,  shart-sharoitlar 
va  bank  tomonidan  mijozlarga  ko‘rsatilayotgan  xizmatlar  ro‘yxati  e’lon  kilinishi 
hamda  mazkur  xizmatlardan  bankning  mavjud  va  bo‘lgusi  mijozlari  xabardor 
kilinishi shart. Xizmat ko‘rsatish jarayonida nostandart - ko‘zda tutilmagan holatlar 
kelib  chiqishi  ehtimoli  mavjudligini  inobatga  olgan  holda,  aniq  xizmatlar  turi 
(misol  uchun,  eksport  yoki  import  shartnomalarini  ro‘yxatga  olish  va  hisobi) 
bo‘yicha  paydo  bo‘lgan  savollarni  joyida  hal  qiluvchi  va  tegishli  operatsiyalarni 
butunlay  nazorat  qilish  salohiyatiga  ega  bo‘lgan  yuqori  malakali  mutaxassislar 
bilan jamlangan bo‘lishi kerak.  
SHundan  kelib  chiqqan  holda,  operatsiyalarni  amalga  oshirishda  mas’ul 
ijrochi bilishi lozim bo‘lgan konunchilik doirasi qanchalik kichik bo‘lsa, uning ishi 
tez  va  sifatli  bo‘ladi.  SHuning  uchun,  Front-ofis  mas’ul  ijrochilari  o‘rtasida 
mijozlarni taqsimlashda, bir mas’ul ijrochida bir toifali mijozlar bo‘lishi maqsadga 
muvofiqdir.  Bunda,  mijozning  mavjud  barcha hisobvaraqlariga  bir  mas’ul  ijrochi 
tomonidan xizmat ko‘rsatilishi shart. 
Front-ofis  xodimlarini  mijozlarning  jismoniy  va  yuridik  shaxslar  toifasi 
bo‘yicha  guruhlash  lozim.  Qonunchilik  bazasi  turli  (yoki  bir)  xilligiga  bog‘liq 


holda,  yuqorida  qayd  etib  o‘tilgan  mijozlarni  yanada  kichik  bo‘lgan  quyidagi 
turlarga bo‘lish mumkin: 

 
fakat milliy valyutada operatsiyalarni amalga oshiradigan mijozlar; 

 
milliy va chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshiradigan mijozlar. 
Turli  qonunchilik  ta’sir  doirasida  bo‘lgan  mijozlarning  quyidagi  toifalari 
bo‘yicha guruhlarga bo‘lish tavsiya etiladi: 
Korxona va tashkilotlar: 

 
o‘z  faoliyatini  mamlakat  doirasida  va  xorijda  amalga  oshiradigan  har 
qanday  tashkilotlar,  shuningdek,  chet  el  vakolatxonalari  yoki  milliy  va  chet  el 
valyutasida hisobvaraqlari mavjud bo‘lgan har qanday tashkilotlar; 

 
o‘z  faoliyatini  faqatgina  mamlakat  doirasida  amalga  oshiruvchi  yirik 
(korporativ) mijozlar; 

 
kichik  biznes  va  tadbirkorlik  sub’ektlari  hamda  boshqa  tashkilotlar, 
shuningdek, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar. 
Jismoniy shaxslar: 

 
milliy  va  chet  el  valyutasida  hisobvaraqlari  mavjud  bo‘lgan  jismoniy 
shaxslar; 

 
fakat milliy valyutada hisobvaraqlari mavjud bo‘lgan jismoniy shaxslar. 
Bankning  Front-ofis  bo‘limidagi  har  bir  guruh  mutaxassisi  mijozlarga 
ko‘rsatiladigan  to‘liq  standart  xizmatlar  ro‘yxatini  ularga  taqdim  etadi.  Xodimlar 
guruhi  tomonidan  mijozlarga  ko‘p  operatsiyalar  turi  bo‘yicha  xizmat  ko‘rsatilsa, 
mazkur  guruhga  kamroq  mijoz  taqsimlanishi  lozim.  CHunki,  ko‘p  turli 
operatsiyalar  bajaruvchi  mijozning  bitta  tashrifi  bo‘yicha  unga  xizmat  ko‘rsatish 
bank xodimining ko‘p vaqtini egallaydi. 

Download 3,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   267




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish