Kafedrasi xudayarova xurshida abdunazarovna


* raqobatchi banklar faoliyatini baholash va tahlil etish



Download 3,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/267
Sana07.01.2022
Hajmi3,54 Mb.
#325594
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   267
Bog'liq
BMM UMK

* raqobatchi banklar faoliyatini baholash va tahlil etish. 
Bank xizmatlari 
bozorida  raqobatchi  banklarning  o‘rni  va  ular  tomonidan  taklif  etilayotgan 
xizmatlarni o‘rganish asosida bank o‘z siyosatini amalga oshirishi lozim. Xususan, 
bank  kredit  va  depozit  xizmatlari  bozoridagi  o‘rnini  mustahkamlash  bankning 
bozordagi mavqeini mutahkamlashga yordam beradi.  
*  bankning  xizmatlar  bozorida  raqobatbardoshligini  baholash  va  tahlil 
etish. 
Tijorat banklarining xizmatlari va mahsulotlariga bo‘lgan talabni o‘rganish, 
uning  boshqa  bank  xizmatlariga  nisbatan  sifat  va  miqdor  jihatidan  salmog‘ini 
oshirishga  xizmat  qiladi.  Banklarning  moliyaviy  xizmatlar  bozorida  marketing 
tadqiqotlarini  o‘tkazishi  va  natijada  moliyaviy  xizmatlar  taklifini  boshqarish 
mumkin. 
Tahlil yo‘nalishlari asosida tijorat banklarin alohida faoliyat turlari bo‘yicha: 
bank kredit portfeli, investitsion portfel, mijozlar kredit qobiliyatini baholash, foiz 
marjasi, likvidlilik ko‘rsatkichlari, kapital etarliligi ma’lumotlar baholanadi. Tahlil 
natijalari asosida banklarning istiqboldagi rejalarini ishlab chiqishda foydalaniladi.  


Bank  menejmentida  tartibga  solish  va  nazorat.  Bank  menejmenti  tizimida 
tartibga  solish  o‘ziga  xos  xususiyatga  ega.  CHunki  tijorat  banklari  faoliyatini 
tartibga  solish  Markaziy  bank  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Davlat  tomonidan 
tartibga  solish  bir  qator  tamoyillar  asosida  amalga  oshiriladi.  Xususan,  banklarni 
litsenziyalash,  bank  operatsiyalarini  o‘tkazishga  cheklovlar  belgilash  yoki 
vaqtinchalik  uni  amalga  oshirishni  to‘xtatib  qo‘yish,  kapital  etarliligi,  majburiy 
zahira,  likvidlilik  ko‘rsatkichlari,  valyuta  pozitsiyasi  kabilarga  normativlar 
o‘rnatish  orqali  amalga  oshiriladi.  Tijorat  banklari  yuqorida  keltirilgan  iqtisodiy 
me’yorlarga rioya etishi shart va bankning ichki tartiblarida iqtisodiy normativlar 
hisobga olinishi lozim.  
SHu bilan birga tijorat banklarida tartiga solish ichki mustaqil yo‘nalishlarga 
ega va u o‘z ichiga quyidagilarni oladi: 
*  Bankning  tashkiliy  tuzilishini  takomillashtirish.  Xususan  banklarda  yangi 
bo‘linmalarni  tashkil  etish,  ularni  boshqarish  sifatini  yanada  takomillashtirish 
lozim.  
*  Banklarning  amalda  foydalanadigan  ichki  siyosatlari  va  tartiblarini 
takomillashtirish  va  rivojlantirish.  Bu  esa,tijorat  banklari  faoliyatini  boshqarishga 
va boshqaruv sifatini oshishiga yordam beradi.  
* Real holatlardan kelib chiqib, bank siyosatini amalga oshirish usullarini va 
yo‘nalishlarini  korrektirovka  qilish.  Bu  orqali  iqtisodiyotda  va  moliyaviy 
bozorlarda  bo‘layotgan  o‘zgarishlar  o‘z  vaqtida  qayd  etiladi  hamda  bank 
xizmatlarni amalga oshirishda hisobga olinadi. 
*  Bank  risklarini  baholaydigan  tizimlar  yaratish.  Bankning  operatsiyalari 
bo‘yicha  risklarni  baholash  va  uni  boshqarish  tizimlarini  shakllantirish  lozim. 
CHunki  hozirgi  kunda  eng  asosiy  e’tibor  banklar    faoliyatidagi  risklarni 
kamaytirishga va ularni samarali boshqarishga qaratilmoqda. 
*  Bank  xodimlarini  o‘qitish  va  kadrlar  siyosatini  takomillashtirish  bo‘yicha 
choralar  ishlab  chiqish.  Bank  xodimlarini  malakasini  oshirish  va  ularning 
professional faoliyatini ta’minlash muhim hisoblanadi.  
*  Ichki  nazoratni  tashkil  qilish.  Tijorat  banklarida  alohida  olingan  ichki 
nazoratning tashkil etilishi bank faoliyati tegishli tartibda nazorat qilib borishni va 
zarur choralarni qo‘llash imkonini beradi. 
Banklar  faoliyatida  nazorat  ichki  va  tashqi  turga  bo‘linadi.  Tashqi  nazorat 
O‘bekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  tomonidan  amalga  oshirilishi,  tashqi 
auditorlik kompaniyalari tomonidan o‘tkazilishi mumkin.  
Ichki  bank  nazorati  funksiyalarini  bankni  o‘zida  tashkil  etilgan  bo‘lim 
tomonidan  amalga  oshiriladi.  Ichki  bank  nazoratining  funksiyalarini  bank 
kengashi,  vakolat  berilgan  boshqaruvchilar,  maxsus  ichki  audit  xizmati  bajaradi. 
Ichki  bank  nazoratining  asosiy  maqsadi  bank  faoliyatida  yo‘l  qo‘yilgan 
kamchiliklarni  aniqlash,  ichki  tartib  qoidalar,  Markaziy  bank  me’yorlariga  va 
amaldagi  qonunchilikka  rioya  etilishini  ta’minlashga  xizmat  qiladi.  SHu  orqali 
bank mijozlari, omonatchilari va boshqa sub’ektlar manfaatlarini himoya qilishdan 
iborat. 
 
 


 
 

Download 3,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   267




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish