* raqobatchi banklar faoliyatini baholash va tahlil etish.
Bank xizmatlari
bozorida raqobatchi banklarning o‘rni va ular tomonidan taklif etilayotgan
xizmatlarni o‘rganish asosida bank o‘z siyosatini amalga oshirishi lozim. Xususan,
bank kredit va depozit xizmatlari bozoridagi o‘rnini mustahkamlash bankning
bozordagi mavqeini mutahkamlashga yordam beradi.
* bankning xizmatlar bozorida raqobatbardoshligini baholash va tahlil
etish.
Tijorat banklarining xizmatlari va mahsulotlariga bo‘lgan talabni o‘rganish,
uning boshqa bank xizmatlariga nisbatan sifat va miqdor jihatidan salmog‘ini
oshirishga xizmat qiladi. Banklarning moliyaviy xizmatlar bozorida marketing
tadqiqotlarini o‘tkazishi va natijada moliyaviy xizmatlar taklifini boshqarish
mumkin.
Tahlil yo‘nalishlari asosida tijorat banklarin alohida faoliyat turlari bo‘yicha:
bank kredit portfeli, investitsion portfel, mijozlar kredit qobiliyatini baholash, foiz
marjasi, likvidlilik ko‘rsatkichlari, kapital etarliligi ma’lumotlar baholanadi. Tahlil
natijalari asosida banklarning istiqboldagi rejalarini ishlab chiqishda foydalaniladi.
Bank menejmentida tartibga solish va nazorat. Bank menejmenti tizimida
tartibga solish o‘ziga xos xususiyatga ega. CHunki tijorat banklari faoliyatini
tartibga solish Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi. Davlat tomonidan
tartibga solish bir qator tamoyillar asosida amalga oshiriladi. Xususan, banklarni
litsenziyalash, bank operatsiyalarini o‘tkazishga cheklovlar belgilash yoki
vaqtinchalik uni amalga oshirishni to‘xtatib qo‘yish, kapital etarliligi, majburiy
zahira, likvidlilik ko‘rsatkichlari, valyuta pozitsiyasi kabilarga normativlar
o‘rnatish orqali amalga oshiriladi. Tijorat banklari yuqorida keltirilgan iqtisodiy
me’yorlarga rioya etishi shart va bankning ichki tartiblarida iqtisodiy normativlar
hisobga olinishi lozim.
SHu bilan birga tijorat banklarida tartiga solish ichki mustaqil yo‘nalishlarga
ega va u o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
* Bankning tashkiliy tuzilishini takomillashtirish. Xususan banklarda yangi
bo‘linmalarni tashkil etish, ularni boshqarish sifatini yanada takomillashtirish
lozim.
* Banklarning amalda foydalanadigan ichki siyosatlari va tartiblarini
takomillashtirish va rivojlantirish. Bu esa,tijorat banklari faoliyatini boshqarishga
va boshqaruv sifatini oshishiga yordam beradi.
* Real holatlardan kelib chiqib, bank siyosatini amalga oshirish usullarini va
yo‘nalishlarini korrektirovka qilish. Bu orqali iqtisodiyotda va moliyaviy
bozorlarda bo‘layotgan o‘zgarishlar o‘z vaqtida qayd etiladi hamda bank
xizmatlarni amalga oshirishda hisobga olinadi.
* Bank risklarini baholaydigan tizimlar yaratish. Bankning operatsiyalari
bo‘yicha risklarni baholash va uni boshqarish tizimlarini shakllantirish lozim.
CHunki hozirgi kunda eng asosiy e’tibor banklar faoliyatidagi risklarni
kamaytirishga va ularni samarali boshqarishga qaratilmoqda.
* Bank xodimlarini o‘qitish va kadrlar siyosatini takomillashtirish bo‘yicha
choralar ishlab chiqish. Bank xodimlarini malakasini oshirish va ularning
professional faoliyatini ta’minlash muhim hisoblanadi.
* Ichki nazoratni tashkil qilish. Tijorat banklarida alohida olingan ichki
nazoratning tashkil etilishi bank faoliyati tegishli tartibda nazorat qilib borishni va
zarur choralarni qo‘llash imkonini beradi.
Banklar faoliyatida nazorat ichki va tashqi turga bo‘linadi. Tashqi nazorat
O‘bekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amalga oshirilishi, tashqi
auditorlik kompaniyalari tomonidan o‘tkazilishi mumkin.
Ichki bank nazorati funksiyalarini bankni o‘zida tashkil etilgan bo‘lim
tomonidan amalga oshiriladi. Ichki bank nazoratining funksiyalarini bank
kengashi, vakolat berilgan boshqaruvchilar, maxsus ichki audit xizmati bajaradi.
Ichki bank nazoratining asosiy maqsadi bank faoliyatida yo‘l qo‘yilgan
kamchiliklarni aniqlash, ichki tartib qoidalar, Markaziy bank me’yorlariga va
amaldagi qonunchilikka rioya etilishini ta’minlashga xizmat qiladi. SHu orqali
bank mijozlari, omonatchilari va boshqa sub’ektlar manfaatlarini himoya qilishdan
iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |