Tijorat banklari щrtasidagi raqobat bir necha darajalardan iborat bo‘ladi.
Jumladan:
1. Tijorat banklari o‘rtasidagi raqobat ( universal va ixtisoslashgan banklar).
2. Banklarning boshqa moliya- kredit muassasalari bilan o‘zaro raqobatini
tushunamiz. Bunga banklarning investitsiya fondlari, sug‘urta kompagniyalari,
brokerlik kompaniyalari va boshqalar bilan bo‘ladigan raqobatini tushunamiz.
3. Tijorat banklarning uchinchi darajali raqobatida savdo uylari,
telekommunikatsion kompaniyalari, posta aloqasi va boshqalarni kiritish mumkin.
Jahon amaliyotida banklararo raqobatni 2 darajasi keng tarqalgan bo‘lib, unga
ko‘ra raqobat alohida kredit muassasalari o‘rtasida mavjud bo‘lib va o‘zaro raqobat
amalga oshiriladi, ikkinchisida esa, guruhlar o‘rtasida raqobat bo‘ladi, ya’ni
moliya-sanoat guruhlari yoki bank sindikatlari o‘rtasida raqobat tashkil bo‘ladi.
Banklararo raqobatni quyidagi shakllarga ajratib o‘rganishimiz maqsadga
muvofiq hisoblanadi:
1. Sotuvchi va xaridorlar o‘rtasidagi raqobat;
2. Individual va guruhlar o‘rtasidagi raqobat;
3. Tarmoq ichidagi va
tarmoqlararo raqobat;
4. Baholi va
nobaho raqobat;
5. Takomillashgan va takomillashmagan raqobat.
Sotuvchi va xaridorlar o‘rtasidagi raqobat. Bunda banklararo raqobatda
ishtirok etuvchi sub’ektlar nuqtai-nazaridan sotuvchi va xaridorlar raqobati yuzaga
keladi.
Sotuvchilar raqobati – ma’lum xizmat turlarini belgilangan bahoda va
miqdorda taklif etib yuqori foyda olishga qaratilagan turli bank xizmatlari va
operatsiyalarini amalga oshiruvchi sub’ektlar o‘rtasidagi raqobat tushuniladi.
Xaridorlar raqobati –ma’lum xizmatlar bahosini va unga bo‘lgan talabni
shakllanishiga ta’sir qiluvchi va natijada zarur xizmatlarni arzon va foydali
sharoitda xarid qilish uchun xaridorlar o‘rtasidagi bo‘ladigan raqobatga aytiladi.
Individual va guruhlar o‘rtasidagi raqobat bo‘lishi banklararo raqobatda
sub’ektlar konsentratsiya darajasiga muvofiq bo‘linishidir.
Individual raqobatda bir nechta banklar va boshqa sub’ektlar ishtirok etib ular
o‘rtasida raqobat shakllanadi. Guruhlar o‘rtasidagi raqobatda banklar uyushmalari,
sindikatlari va boshqa birlashmalar ko‘rinishida o‘zaro raqobatning yuzaga kelishi
hisoblanadi.
Raqobatda ishtirok etuvchilarning qaysi tarmoqqa egaligi bo‘yicha tarmoq
ichidagi va tarmoqlararo raqobatga bo‘lib o‘rganamiz. Tarmoq ichidagi raqobatda
bir tarmoqqa tegishli sub’ektlar raqobatga kirishadi va bir xil xizmat va
operatsiyalarini taklif etish orqali o‘zaro raqobatlashadi. Masalan, omonat qo‘yish
sohasida banklar tomonida bir xil stavkada omonatlarni jalb qilish taklif etilgan
bo‘lsa, u holda mijozlar ishonchli va barqaror banklar xizmatidan foydalanadi.
Banklar tomonidan bir xil tarmoqlar bo‘yicha xizmatlar taklif etib ular o‘rtasida
raqobat muhiti shakllanadi.
Tarmoqlararo raqobat – bu raqobatda turli tarmoq banklari o‘rtasidagi raqobat
tushuniladi. Bunda tijorat banklari tomonidan turli tarmoqlarga o‘z xizmatlarni
taklif etadi va ular o‘rtasida tarmoqda o‘rnini mustahkamlash uchun raqobat
amalga oshiriladi.
Banklararo raqobatning tarmoqlararo raqobat shakliga xos bo‘lgan asosiy
xususiyatlar:
1. Tijorat banklari faoliyatiga nisbatan xuquqiy cheklovlarning joriy
etilganligi. Bunday cheklovlar banklarning mijozlari, omonatchilari va
kreditorlarining huquqlarini himoya qilishga qaratiladi. Masalan, kapitalga
qo‘yiladigan minimal talablar va boshqa iqtisodiy me’yorlar.
2.
Kredit
resurslarining
manbalariga
egalik
qilish
imkoniyatning
chegaralanganligi. Bu ayniqsa, hozirgi kunda respublikamiz bank tizimida mavjud
bo‘lgan raqobat hisoblanadi.
3. Bank mahsulotlarining tabaqalashtirilganligi. Bank mahsulotarining
tabaqalashishi bank mahsulotlarining individuallashuvini talab etadi.
Baholi va bahosiz raqobat. Baholi raqobatda tijorat banklari ko‘rsatadigan
moliyaviy xizmatlar bahosini pasaytirish yo‘li bilan amalga oshiriladigan
raqobatga aytiladi. Ammo, banklar o‘rtasida baholi raqobatni cheklash quyidagilar
bilan chegaralanadi:
- banklarning kreditlari bo‘yicha foiz stavkalar yuqori darajasiga davlat
tomonidan chegara belgilanishi mumkin.
- bank foiz stavklarining shunday quyi chegarasi borki, bunda banklar foyda
ololmasligi va natijada zarar ko‘rishi mumkin. Bunday hollarda banklar bahosiz
raqobatni afzal bilishadi.
Baholi raqobatning o‘zi ikki turga bo‘linadi:
1. Ochiq baholi raqobat. Bunda bank xizmatlari bo‘yicha baholar pasaytirib
boriladi va
raqobat amalga oshiriladi;
2. YOpiq baholi raqobat. Bank tomonidan yangi xizmatlar
joriy etilib mijozlar
bozorida bankning roli mustahkamlanadi va bank xizmatlarining bahosi o‘zgarishi
sezilarli darajada bo‘lmaydi.
Bahosiz raqobat banklar tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatlar va
operatsiyalar sifatining o‘zgarishiga asoslanib raqobat shakllanadi. Moliyaviy
xizmatlar va operatsiyalar sifatini belgilovchi asosiy menzonlar quyidagilardan
iborat:
Mijozga xizmat ko‘rsatish tezligi;
opersiyani amalga
oshirish muddati;
noaniqlik va
xatolarning soni;
bank tomonidan beriladigan maslahatning sifati, bank xizmatini mijoz
taqdim etish xarajati yoki tannarxi hisoblanadi.
Banklararo bozorning monopollashuvi jihatdan banklararo raqobat
takomillashgan va takomillashmagan raqobatga bo‘linadi.
Takomillashgan raqobatda turli va bir nechta banklar tomonida xizmatlar
taklif qilinadi va ular o‘rtasida raqobat yuzaga keladi. Takomillashgan raqobatning
asosiy jihatlari quyidagilar:
- ishtirokchilar soni ko‘p bo‘ladi;
- raqobat baholi xarakterga ega va reklama va boshqa ko‘rinishlarda amalga
oshiriladi.
- yangi tashkil etilgan banklar bunday bozorarga kirishi va mavjudlari erkin
tarzda chiqishi mumkin.
Takomillashmagan raqobatda bir yoki bir nechta sub’ektlar
faoliyati natijasida
bozorga ta’sir o‘tkazish orqali, ya’ni teng bo‘lmagan sharoitda raqobatning
bo‘lishidir. Takomillashmagan raqobatning 3 ta asosiy shakli keltirib o‘tiladi:
- Monopolistik raqobat;
- Oligopoliya;
- Sof monopol raqobat.
Moliyaviy xizmatlar bozoridan monopolistik raqobatda bozorning asosiy
qismini ma’lum tijorat banklari guruhi egallaydi. Ushbu banklar ma’lum xizmat
va operatsiyalar bo‘yicha etakchi bo‘lishiga olib keladi.
Oligopolistik raqobatda moliyaviy xizmatlar bozorida sanoqli tijorat banklari
hukmronlik qiladi va moliyaviy xizmatlarni taklif etadi.
Sof monopol raqobat raqobatda tijorat banki ma’lum xizmat turi yoki ma’lum
hudud bo‘yicha bozor yagona bo‘lib hisoblanadi. Boshqa tijorat banklari
bo‘lmaganligi tufayli ushbu bank xizmatlaridan mijozlar foydalanishga majbur
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: