-
bank alohida
mijozlar bilan qiziqishi;
-
tijorat bankidagi menejmentning past darajasi;
-
taklif qilinayotgan kredit foizlari haqiqatdagi foiz stavkalariga mos
kelmasligi;
-
turli ichki va tashqi sabablar tufayli taklif qilingan kreditning
qaytarmaslik riskini yuqori darajasining mavjudligi, berilgan kreditlar ta’minoti
hajmi va turining har xilligining mavjudligi.
Odatda kreditlashtirish jarayonida baholarning shakllanishi, kreditlar
so‘mlarda berilganda, Markaziy Bankning qayta moliyalashtirish stavkasiga,
xorijiy valyuta berilganida - LIBOR stavkasini hisobga oladilar. SHubhasiz
kreditlarni berilishi ta’minotning ma’lum bir turining bo‘lishini taqozo etadi.
Ko‘chmas mulk, naqd xorijiy valyuta, qimmatli qog‘ozlar, bank va sug‘urta
kompaniyalarning kafolati kabilar eng ommalashgan ta’minotlardandir.
Bank xizmatlari bozorida tijorat banklarining holatiga va joriy tarkibiga
bog‘liq holda ularning boshqaruvchilari asosiy yoki bir nechta muqobil baho
strategiyalarini tanlaydilar. Bu ularga aniq maqsadlariga erishishlariga yordam
beradi. Bunda tijorat banklarining turli omillarga, bank xizmatlari bozori
kon’yukturasiga va tijorat bankining moliyaviy holatiga qarab turli maqsadlari
bo‘lishi mumkin.
Bank faoliyatini daromadlilik nuqtai nazaridan tahlil qilish kredit va foiz
siyosatini shakllantirish, kam daromadli operatsiyalarni aniqlab, tijorat
banklarining sezilarli daromadlar olish imkonini beruvchi takliflarni ishlab chiqish
asoslarini yaratadi. Ushbu masalalarni echishda faoliyatning iqtisodiy, moliyaviy
tahlilini o‘tkazmasdan, shu jumladan, bank moliyaviy resurslari harakatini
boshqarish mexanizmi, kapitaldan foydalanishning samarali va ratsional sistemasi
sifatidagi moliyaviy menejmenti kabilar chuqur ahamiyat kasb etadi. Bunday
boshqaruvning yakuniy maqsadi eng yuqori daromad olishdir.
Tijorat banklari faoliyatida sifat tavsifi menejment va unga ta’sir kiluvchi
omillar tahliliga bog‘liq.
Banklarning umumiy daromadi (Fu) quyidagilardan tarkib topgan:
1.
Ssudalar bo‘yicha foiz daromadlarini oshirish hisobiga olinadigan
operatsion faoliyat daromadi (F1=D1-X1);
2.
Valyuta va qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha operatsiyalardan olingan
daromad (F2=D2-X2);
3.
Nobank faoliyati daromadi (F3=D3-X3) – bu daromad va funksional
faoliyatni ta’minlovchi xarajatlar, shuningdek, tannarxga tegishli bo‘lgan
xarajatlar, soliq va to‘lovlar orasidagi farq.
Bu uslub daromad olish manbasini barqarorligiga daromad qiymatini
shakllanishining bog‘liqligini aniqlashga imkon beradi. Odatda, operatsion
faoliyatdan olinadigan daromad (F1) umumiy daromadning (Fu)= barqarorroq
qismi hisoblanadi va uni hisobga nobank faoliyati xarajatlarini daromadlardan olib
tashlanishi hisobiga ko‘rilgan zarar qoplanadi. Biroq biznes sohasidagi bankrotlik
darajasini yuqoriligi, korxonalarning to‘lov qobiliyatining pastligi kredit riski
darajasini oshiradi va banklar risk darajasi yanada yuqori bo‘lgan barqaror
bo‘lmagan daromad manbasini qidirishlariga to‘g‘ri keladi.
Amaliyotda bahoni shakllantirish usullari orasida keng tarqalganidan biri,
raqobatni inobatga olgan holda aniqlanadigan usulidir. Bahoning xarajatlar asosida
aniqlanish usuli asosan yirik tijorat banklari tomonidan qo‘llaniladi, lekin, bu
usuldan tijorat bankining operatsiya turlari bo‘yicha chiqimlari va xarajatlari aniq
bo‘lgandagina foydalanish mumkin. Hozirgi paytda, ko‘p tijorat banklari
ko‘rsatayotgan xizmatlari bahosini ushbu jarayonga alohida e’tibor bermagan
holda oddiy yo‘llar bilan aniqlashmoqda.
SHunday qilib, bozor iqtisodiyoti sharoitida bank xizmatlari spektori xilma-
xil, ko‘lami kengdir. Banklararo raqobat kurashi sharoitida bank xizmatlarini
tanlash avvalambor mijoz uchun uning sifati, to‘liqligi va tezkorligi hamda
bahosiga bog‘liq bo‘lsa, bank uchun asosiy e’tibor xizmat turlarining
jozibadorligiga erishish, har bir xizmat turining samaradorligi va pirovard natijada
oladigan daromadini oshirish maqsadida mijozlarni jalb etishdan iboratdir. Har bir
xizmat turining samaradorligi o‘z navbatida bozor konyukturasi, ushbu xizmat
turiniga bo‘lgan talab hamda uning sifatiga to‘liq bog‘liq ekanligi davr talabi bo‘lib
qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: