Tijorat ssudalari nazariyasiga asosan, banklar, tovarlar
harakatining ishlab chiqarishdan, to uning iste’moligacha
bo’lgan bosqichlarni moliyalashtirishni ko’zda tutadi.
Uning kamchiliklari quyidagilardan iborat
:
-rivojlanayotgan iqtisodiyotning kreditlarga bo’lgan talabi
hisobga olinmaydi;
-nazariyaga qattiq amal qilish banklarga korxonalarni
kengaytirishga, uni rag’batlantirishga, asbob-uskuna, uy-joy
sotib olishga (moliyalashtirishga) yo’l qo’ymaydi.
Tijorat banklarining aktiv va passivlarini samarali
boshqarish quyidagi vazifalarni o’z ichiga oladi:
Bank marjasi yoki daromadlar va xarajatlar o’rtasidagi tafovutni barqaror
tarzda saqlab turish.
Bnakning yuqori darajadagi likvidligini saqlab turish.
Kredit
resurslarini
ularning
risk
darajasiga,
qarzlarning
qaytarilishini
ta’minlash shakllariga, daromadlilik darajasiga qarab boshqarish.
Foiz stavkalari o’zgarishi riskidan himoya qilish.
Foiz stavkalari o’zgarishiga ta’sirchan aktivlar va foiz stavkalari o’zgarishi
bilan passivlar o’rtasidagi muvozanatbi saqlab turish.