Xorij psixologlari tadqiqotlarida havotirlanish masalasi
Har qanday tadqiqotni boshlang’ich nuqtasi tushunchalarni ma’nosini aniqlashdir ammo “havotirlanish” atamasini aniqlashda fikrlar tarqoqdir. Shuning uchun eng avvalo quyidagi savollarga javob berish lozim. Havotirlanish holatining o’zi nima? Uning psixologik asosini qanday omillar tashkil qiladi?
Tadqiqotchilar tomonidan “Havotirlanish tushunchasini eng ko’p umumiy o’rganiladigan jabhasi uni nevrotik va nevrotik oldi tuzilishi sifatida ko’rib chiqishdir (B.I.Kochubi, E.V.Rodjers, K.Xorni va boshqalar)”. Bu holatni aniqlashtirish jarayonida havotirlanish tushunchasini fikr va mushoxadalarida ziddiyat yuzaga keladi. Avvalo havotirlanish ichki notinchlik kechinma, qo’rquv kabi psixologik holat (A.M.Prixojan, N.D.Livetov), sub’yektiv xissiy taranglik salbiy havotirlarni oldindan sezish (I.Spelberger, O.M.Gadyuk, A.M.Prixojan) emosional noqulaylikni xis qilish (A.M.Prixojan), no’malum hatarni oldindan sezish (F.B.Berezin) sifatida ko’riladi.
Shunga ko’ra ko’pchilik tadqiqotchilar spesefik kechinmalarida havotirlanish holatini tavsiflovchi faqat emosional tarkib aks sub’ektiv tarzda yoqimsiz his qilinadigan noqulaylik xatarnigina ajratadilar (M.S.Merlin, O.M.Gadyuk,A.M.Prixojan, D.Lyuis, K.Izard). K.Izard havotirlanishni salbiy emosiyalar sifatida aniqlaydi: qo’rquv, jaxl va g’amginlik. Havotirlanishga yoqimsiz emosional fon shaxs tuzilishidagi defektlarni boshqaruvchi va turli kasalliklarni rivojlantiruvchi sifatida qaraladi. (Yu.A.Edipov 1994; Ya. Reykovskiy 1979; D.I.Isayev 1988; J.Atkinson 1974; N.D.Levitov). Ch.Spilberger izidan borgan holda har qanday psixologik holat singari havotirlanishni his qilish va faqat shartli tarzda undagi tarkibiy qismlarni evaziga emosional holat sifatida xarakterlanishi mumkin. Aslida esa havotirlanish murakkab tuzilma sifatida tavsiflanadi, u o’zida kognetiv, emosional va operasional aspektlarni emosionallik domentantlik qilgan holda mujassamlashtiradi.
Shunday qilib Ch.Spelberger havotirlanish holatini avtonom nerv tizimidagi faollikni oshishi bilan kuzatuvchi emosional reaksiya sifatida aniqlaydi.Atamashunoslikdagi ko’p ma’nolilik va chalkashliklardan qochish maqsadida CH.Spilberg o’z tusi bo’yicha yoqimsiz emosional holatni tavsiflash va taranglik, havotirlanish mudxishtuyg’ular kabi sub’yektiv hissiyotlar bilan xarakterlanuvchiichki sharoitlar fiziologik tomondan esa avtonom nerv tizimining faollashtirishni havotirlanish stress holatlarini tushuntirish uchun qo’llashni tavsiya etadi. Psixologik taranglik atamasini bu tushunchani salbiy assosiasiyalar holi qiladi va odamni qiyin vaziyatlarda aynan psixik funksiyalashuvini o’rganishga taqozo etadi. Holat sifatida ba’zi tadqiqotchilar tomonidan vaziyatli havotirlanish deb ham yuritiladi, u sub’yektiv his qilinadigan emosiyalar taranglik, havotirlanish. Tashvishlanish ma’lum vaziyatdan kelib chiqqan asabiylashish va vegetativ nerv tizimini faollashuvi, yurak urushining tezlashishi, ko’p terlash bilan kechuvchi harakatlar bilan tavsiflanadi. Bunday holat vaqtinchalikdir chunki organizm bunday holatda ko’p qololmaydi va xavf vaziyati yo’qolgandan so’ng yoqoladi, shuning uchun havotirlanishni holat sifati mantiqan xaqiqatda havotirlanish emas, vaziyatli havotirlanish deyish maqsadga muvofiq.Bizning fikriimizcha, havotirlanish so’zi ko’proq darajada yaqinlashayotgan tashqi xatar bilan assoaiasiyalanadi, ichki kechinmadan ko’ra.
V.S.Merlin va E.P.Ilin boshqalar singari havotirlanishni yuqori emosional ta’sir ma’lum vaziyatga reaksiya sifatida aniqlaydi. Biroq E.P.Ilin umumqabul qilingan havotirlanish holatidagi kechinmalarga salbiy tavsifnoma fikriga qarshi shuni ta’kidlaydiki, havotirlanishningma’lum darajasi bu shaxsning muhim faol faoliyati xususiyatdir. Har bir odamda havotirlanish darajasining optimal varianti mavjud. Rivojlanish va kompensatorli va hmoyaviy namoyishlarni realizasiyalash va yuksaltirish stimuli sifatida ya’ni “foydali” havotirlanish sifatida. Muallif bilan rozi bo’lgan holda havotirlanishning bu ko’rinishini “konstruktiv havotirlanish” deymiz.
Xuddi shunday holatni T.A.Nemchin ham egallaydi, sinaluvchilarning sub’yektiv namoyishlarini o’rganish asosida so’rovnoma tibbiy ko’rikning analitik ma’lumotlarini yig’ish va kuzatish yordamida shuni aniqlaydiki, asab psixik taranglik intensivligiga bog’liq holda sust, o’rtacha va ortiqcha sinaluvchilar ekstremal vaziyatda o’z holatini turlicha baholaydilar, qiyinchiliklarini еngib o’tishni turlicha xis qiladilar. Agar sust taranglikda barcha namoyishlar neytral bo’lsa, ortiqchasida jismoniy va psixologik noqulaylik, psixik faoliyatni dezorganizasiyasi yorqin namoyon bo’ladi, unda o’rtacha psixik namoyishni aks ettirishda umuman boshqacha korinish namoyon bo’ladi.
O’rtacha asab psixik taranglikning umumiy tavsifnomasi bolib, psixik faoliyat mobilizasiyasi axloqiy-psixologik xissiy va jismoniy kuchlarni umumiy tarzda ko’tarish xislari yuzaga chiqadi. Individ holati umumiy ijobiy tus, ijobiy emosional fon a’lo kayfiyat bilan xarakterlanadi. Bu bog’liqlik Yerkes-Doolsonning mashhur qoidasiga mos keladi, unga ko’ra motivasiya kuchi qancha yuqori bo’lsa, (taranglik, faollik) faoliyat natijaviyligi shunga yuqori boladi. Nafaqat keying motivasion-emosional taranglik keltiruvchi faoliyat samaradorligini yomonlashuviga olib keladigan optimal darajaga emas.
G.L.Shabanova D.O.Xebbnikiga o’xshash model keltiradi, unga ko’ra taranglik bo’lmagan talablar kam qo’yiladigan sharoitdagi faoliyat zerikishga olib keladi. Taranglikni kuchaytirishi stimullash va enerlizatordek muhim. Agar talablar odamning individual imkoniyatlaridan ortib ketsa, bu havotirning yuqori darajasi konsentrasiya diqqatni pasayishiga faoliyat sifatini yomonlashishiga olib keladi. Xebbning ta’kidlashicha taranglikning ortishi davom etsa shaxsiy resurslarni ko’paytirmasdan talablarni kuchaytirishi xolsizlanish yonishiga olib keladi.
T.L.Shabanoba L.I,Bojovichga yondashib havotirlanish ko’rinishlarini klassifikasiyasini keltiradi, tashqi ta’sirlarga adekvatligini bog’lagan holda:
- sub’ekt real nosog’lomligida, adekvat havotirlanishni his qiladi;
- agar sub’ekt holati adekvat yaxshi bo’lsa, Bojovich bunday havotirlanishni noadekvat deb baholaganlar;
- real nosog’lomlikni sezmaslik “noadekvat xotirjamlik” deb ataladi, lekin biz Xorni fikriga yondashamiz, unga ko’ra har qanday havotirlanish adekvatdir, chunki u ob’ektiv emas, sub’ektiv sabablarga ko’ra inobatga olinmasligi mumkin, u tashqaridan ko’rinmas, ammo sub’ekt uchun muhim bo’lishi mumkin.
Me’yoriy R.Mey havotirlanishni 2 asosiy turga bo’lgan: me’yoriy va nevrotik.
Do'stlaringiz bilan baham: |