2.3. Optik signallarni regeneratsiyalash. Regeneratorning tuzilishi va ish prinsipi
2.1-rasmda Retranslyator-regeneratorning umumiy tuzilish prinsipi keltirilgan.
2.1-rasm. Raqamli retranslyator-regeneratorning
umumlashgan tuzilish sxemasi
Sxemada:
OK — optik kabel (stansiya yoki liniya kabeli);
OEO‘ — optoelektron o‘zgartirgich. Optik signalni elektr signaliga o‘zgartiradi. OEO‘ sifatida p-i-n fotodiodi yoki ko‘chkili fotodiod ishlatiladi;
DK — dastlabki kuchaytirgich;
AK — amplituda korrektori, optik kabelda birinchi navbatda dispersiya tufayli hosil bo‘ladigan buzilishlami qisman bartaraf etadi;
QQF — qabul qiluvchi filtr, foydali chastota oralig‘idan tashqaridagi shovqin va buzilishlarni bartaraf etish maqsadida signal spektriga bog‘liq ravishda chastota oralig‘ini chegaralaydi;
SAB — sathni avtomatik boshqaravchi qurilma, elementlarning eskirishi, harorat ta’siri natijasida kabel va OEO‘ xususiyatlarining o‘zgarishidan regenerator kirishidagi signallar o‘zgarganida bu signallar sathining doimiyligini ta’minlaydi;
BQ — boshqaruvchi qurilma, SAB qurilmasidan berilayotgan signailar ta'sirida OEO‘ uzatish parametrlari o‘zgarishini ta’min- laydi;
Reg — regenerator, elektr impulslari shaklini tiklaydi;
EOO‘ — elektron optik o‘zgartirgich, elektr impulslari ketma- ketligini optik impulslar ketma-ketligiga o‘zgartiradi. EOO‘ sifatida yorug‘lik yoki lazer diodlari qo‘llaniladi.
2.1-rasmdagi raqamli retranslyatorning asosiy elementi regenerator hisoblanadi.
2.2- rasmda regeneratorning tuzilish sxemasi keltirilgan.
Bu elementlarning vazifalarini regenerator ishining vaqt diagram- masidan ko‘rish mumkin (2.3-rasm). Bu rasmdagi 1-6 - signallar 2.2-rasmda tasvirlangan regeneratorning 1-6 - nuqtalaridagi signal ko‘rinishlaridir.
Regenerator ishini ko‘rib chiqamiz.
QQF chiqishidan (2.1-rasm) signallar chegaralovchi kuchaytirgichga (1) tushadi. CHK KAB sxemasidan ham boshqariladi. KAB HQQ yordamida «1» va «0» impulslarni to‘g‘ri hal qilish uchun signal sathining doimiyligini qo‘shimcha ravishda saqlab turadi. CHKda signallar kuchaytiriladi va buzilishlarni ma’lum bir qismini bartaraf etish maqsadida signallarning amplitudalari chega- ralanadi (2). CHK chiqishidan signal CHQ va TCHA kirishiga tushadi. Signal sathi Uciieg dan oshsagina CHQ chiqishida signal hosil bo‘ladi (3). TCHA chiqishidan HQQ kirishiga (4) fr=l/r taktli chastota impulslarining davriy ketma-ketligi uzatiladi, bunda 7-impulslar ketma-ketligining daVri.
Agar HQQning birinchi kirishiga CHQ chiqishidan axborot signallari ketma-ketligi (3), ikkinchi kirishiga taktli impulslar ketma- ketligi (4) berilsa va ular bir-biri bilan mos tushsa, HQQ chiqishida ma’lum amplituda va davriylikka ega impulslar hosil bo‘ladi (5). Bu impulslar SHQga uzatiladi. SHQda impulslar shakli to‘liq regeneratsiyalanib, boshlang‘ich signallarga mos keluvchi impulslar shakllanadi. So‘ng bu impulslar EOO‘ da (2.1-rasm) optik nurlanish impulslari ketma-ketligiga o‘zgartiriladi.
2.3-rasm. Regenerator ishining vaqt diagrammasi
Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, TCHA ishining xatoliklari tufayli hosil bo‘ladigan fazalar titrashini kamaytirish maqsadida TCHA chiqishidagi impulslarning davriy ketma-ketligi (4) CHQ chi- qishidagi to‘g‘rilangan impulslar fazasi bilan albatta tenglashtiriladi.
Chegaralovchi qurilma va chegaralovchi kuchaytirgich regeneratorning asosiy elementlari hisoblanib, uning shovqindan himoyalanganligini ta'minlaydi, chegaraviy kuchlanish muayyan qiymatda kuchaytirishning aniq o‘rnatilishini talab etadi.
Chegaraviy kuchlanishning o‘zgarishi regeneratoming shovqinbardoshliligini kamaytiradi, bu chegaralovchi kuchaytirgich (CHK) chiqishidagi to‘g‘rilangan impulslarning maksimal qiymati va chegaralovchi qurilmaning chegaraviy kuchlanishi orasidagi optimal nisbatning buzilishiga olib keladi.
Bunday optimal nisbatni doimiy ushlab turish uchun rege- neratorlarda KAB qurilmasi qo‘llaniladi.
Regeneratorlarning yuqorida aytib o‘tilgan imkoniyatlari tufayli signallar to‘liq qayta tiklanadi, shovqinlarning ta’sir qilishi yo‘qoladi, aloqa sifati yaxshilanadi va shovqindan himoyalanganlik ortadi.
Hozirgi vaqtda optik nurlanishni raqamli signal bilan bevosita modulyatsiyalash va to‘g‘ridan-to‘g‘ri detektorlash amalga oshiri- ladigan raqamli TOA tizimlari keng tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |