Kafedrasi oattxk fani mustaqil ish mavzu: optik aloqa tarmoqlarida ekspluatatsiya faoliyatining nazariy va amaliy usullari


Texnik ekspluatatsiya va boshqarish tizimini tashkil etish



Download 491,46 Kb.
bet6/14
Sana23.01.2022
Hajmi491,46 Kb.
#405225
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
1.2. Texnik ekspluatatsiya va boshqarish tizimini tashkil etish

Texnik ekspluatatsiya tizimi (TET), dasturiy-texnik vositalar, texnik xodimlar va TEOga texnik xizmat ko‘rsatish usullari va algoritmlari majmuasi sifatida, TEO ni talab darajasida sifatli va samarador ishlashini ta’minlashi kerak.

TETda texnik xodimning vazifasi quyidagilardan iborat:

— TOA uzatish tizimi qurilmalarining uzluksiz va yuqori sifat bilan ishlashini ta’minlash;

— barcha turdagi ma’lumotlarni o'rnatilgan sifat bilan uzatish;

— TOAT apparaturalarini, uzatish liniyasini, kanal va traktlarini va ularga mos keluvchi servis qurilmalarini soz holatda, parametr va xarakteristikalarni normativ-texnik hujjatlar (NTH)da belgi- langan talab va normalar doirasida ushlash;

— ekspluatatsiya jarayonining metrologik ta’minotini mukam- mallashtirish;

— uzatish liniyasi va traktlarni tashqi va o‘zaro ta’sirlardan himoyalash bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazish;

— TOAT va uzatish liniyasi qurilmalarida yuzaga keladigan buzilish, rad etish va avariyalarni aniqlash va operativ bartaraf etish;

— belgilangan nizom, norma va instruksiyalarga mos holda TOA qurilmalari, kanal va traktlari pasportini tayyorlash bo'yicha ishlarni tashkil etish va o‘tkazish;

— TEOning sifatini sonli baholash imkonini beruvchi eksplua- tatsion xarakteristika va ko‘rsatkichlarni aniqlash;

— TEning turli bosqichlarida o‘tkaziladigan tadbirlarning mazmuni va hajmini asoslangan holda aniqlash;

— TEOga texnik va profilaktik xizmat ko'rsatishning yangi texnologik usullarini kiritish;

— TE sifati va samaradorligini pasaytiruvchi omillarni aniqlash, aloqa sifatini boshqarishning kompleks dasturini ishlab chiqish va tadbiq etish, mavjud va yaratilayotgan TEOning iqtisodiy ko‘rsat- kichlarini oshirish;

— TEOni ta’mirlash, profilaktik, texnik xizmat ko'rsatish bo‘yicha ishlarni bajarishda texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish, TEning iqtisodiy, ergonomik va ekologik masalalarini birgalikda tatbiq etish va uning natijalarini amaliyotga kiritish;

— TEning texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish vositalari va usullarini ishlab chiqish;

— qurilmalarni sifatli ekspluatatsiya qilishni ta'minlovchi usku- nalar, o'lchov asboblari, materiallar, asboblar va inventarlarga ’ buyurtmalarni o‘z vaqtida taqdim etish;

— texnik ekspluatatsiya tarmog‘ini ishlab chiqish va ko‘rish;

— texnik hujjatlarni yuritish, kanal, trakt va qurilmalarning ish sifatini tahlil qilish va hisob-kitobini olib borish;

— kanal va trakt quriimalariga operativ xizmat ko‘rsatishni qabul qilish va usullarini texnik xodimlarga o‘rgatishning ilmiy asoslangan metodlarini ishlab chiqish.

Operativ-texnik hujjatlarda ko‘zda tutilgan, boshqarish bo‘yicha ishlar majmuasi operativ-texnik boshqarish tizimi (OTBT)ni tashkil etadi.

OTBTning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: TOAT ning kanal va traktlari bo‘ylab ma'lumotlarni sifatli va uzluksiz uzatishni ta’minlash, birlamchi tarmoqning mos keluvchi uchastkasining holatini nazorat qilish va uzatish liniyalarining avariyasida topolo- giyani o‘zgartirish bo‘yicha qaror qabul qilish.

OTBT birlamchi tarmoqning tashkil etuvchisi sifatida, TOAT va uzatish liniyasi, tipli kanal va traktlar ishini ta'minlovchi, dasturiy -texnik vositalar va texnik xodimlar mujassamhgi ko‘rinishida tashkil etiladi.

OTBT ikkilamchi tarmoq va turli foydalanuvchilarning keng doirasi (kanal va trakt ijarachilari) bilan samarali o‘zaro faoliyatni ta'minlaydi. Operativ texnik xizmat ko‘rsatish TEning ikkilamchi tashkil etuvchisi hisoblanadi va o‘zida TEOning ishga qobiliyatli- ligi va sozligini, ishonchlilik ko'rsatkichlari, kanal va trakt parametrlarini normativ texnik hujjatlarda belgilangan oraliqlarda ushlab turish va qayta tiklash bo‘yicha ishlarni namoyon etadi.

TEning bu tashkil etuvchisining integralli ishlashi texnik xizmat ko‘rsatish (TXK) ko‘rinishida tashkil etiladi. Operativ-texnik huj- jatlarda ko‘zda tutilgan, kanal va traktlar ishining sifat ko'rsat- kichlarini ta'minlash maqsadida, berilgan ekspluatatsiya sharoitlari uchun TXK bo‘yicha ishlarni tashkil etish va o‘tkazishni aniqlovchi nizom, me’yor, boshqaruvchi texnik materiallar va ko‘rsatmalarning o‘zaro bog‘liq majmuasi operativ-texnik xizmat ko‘rsatish (OTXK) tizimini tashkil etadi. Bu tizim turli ishlar va jarayonlami o'tkazishni nazarda tutadi, ulardan asosiylari quyidagilar hisoblanadi:

— yordamchi jarayonlar — TXK bo‘yicha ishlarni olib borish uchun ish joyi, asboblar va nazorat-o‘lchov asboblarini tayyorlash bo‘yicha ishlar yig'indisi;

— texnik tekshirish — TEO parametr va xarakteristikalarining normativ texnik hujjatlarga mosligini tekshirishga yo‘naltirilgan ishlar yig‘indisi.

Holat bo'yicha TXK strategiyasi (XTXK), TXK bo'yicha ishlar- ning tartibi va davriyligi, shuningdek, TEO va uning elementlarini almashtirish, TEOni har bir elementining texnik holatini nazorat natijalari bo‘yicha belgilanishi bilan xarakterlanadi.

XTXK strategiyasi faqatgina rad etishning yuqori darajasida va TEO ning ishga yaroqliligini nazorat qilishda (rad etgunga qadar ishlashi) maqsadga muvofiq. Rad etish yuzaga kelgandan so‘ng, uning keyingi ta’sirlari bo‘lmasligi, XTXK strategiyasini qo‘llash- ning eng zarur sharti hisoblanadi. Agar rad etish jiddiy oqibatli avariyaga olib kelsa, XTXK strategiyasini qo‘llash mumkin emas. Sinxron raqamli iyerarxiya asosidagi TOA uzatish tizimlari bu shartlarning barchasiga to‘liq holda javob beradi.

XTXK strategiyasi jarayonlari quyidagilar hisoblanadi:

— TEO texnik holatini uni funksional ishlatish joyida nazorat qilish;

— TXK bo‘yicha ishlarning mazmuni va hajmini aniqlash (sozlash, ishlatish joyida sozlash; rad etish yoki rad etgunga qadar boMgan holat aniqlanganda TXK rejimiga o‘tkazish; buzilgan joyni o'chirish va uni bartaraf etish maqsadida diagnostika qilish);

— qayta tiklanishdan so‘ng TEO holatining NTXga mosligini nazorat qilish;

— ishlatishdan oldin montaj qilish va tekshirish.

Ikkala TXK strategiyalarini taqqosiy tahlil qilish, texnik ishlatish koeffitsiyentlarining qiymatlarini hisoblash va taqqoslash yo‘li orqali amalga oshirilishi mumkin.

TEO ning quyidagi ko‘rsatkichlari ma’lum:

T0 — rad etgunga qadar ishlash;

Ttxk — TXK davri;

Vtxk — TXK vaqti;

xt — rad etish yuzaga kelganda qayta tiklash vaqti.

Turli strategiyalar bo‘yicha TXKni tashkil etish masalasi ko‘rsatadiki, XTXK strategiyasi boshqalariga nisbatan bir qator afzallik- larga ega: ish hajmining kamayishi, rad etishlar sonining kamayishi, asoslanmagan almashtirishlar sonining kamayishi hisobiga zaxira ehtiyot qismlari bilan ratsional ta'minlash va tejash.

SRI yoki PRI uzatish tizimlarining oxirgi avlodlari asosidagi TOAT va uzatish liniyalarining ekspluatatsiya amaliyotida XTXK strategiyasi asosiy hisoblanadi.

TEO qurilmalariga TXK bo‘yicha tadbirlar davriligi uning murakkabligi, TXK usullari va strategiyalarining turi bo'yicha aniqlanadi va quyidagi uch prinsipda belgilanadi:

1. Kalendar prinsipi — TXK bo‘yicha tadbirlar, rad etgunga qadar ishlashga bog‘liq bo‘lmagan holda ma’lum bir vaqt (kun, hafta, oy, kvartal, yarim yil, yil) davomida belgilanadi. Bu prinsipda o‘tkaziladigan tadbirlar profilaktik texnik xizmat ko‘rsatish (PTXK) deyiladi va TXK ning profilaktik usuliga mos keladi.

2. Vaq tprintsipi — vaqtga bog`liq bo‘lmagan holda TEOni NTXda belgilangan vaqtgacha rad etmasdan ishlashiga erishilgandan so‘ng, TXK bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi. Bu prinsipda o'tkaziladigan TXK ishlari reglamentli deyiladi va, odatda, rad etish eskirishlar (lazer diodlari, ko‘chkili fotodiod, optik kuchaytirgichlar va boshqalar) sababli hosil bo‘ladigan TEO uchun qo‘llaniladi.

3. Aralash prinsip — ishlarning ma’lum bir qismi belgilangan kalendar muddatlarda, qolgan qismi esa rad etguncha ishlashiga bog‘liq holda bajariladi. Bunday TXK ba’zan reglament-profilaktik ishlar deyiladi.

Nazorat qurilmalari bilan to‘liq ta’minlanganligi bois, zamonaviy raqamli TOAT da TXKning nazorat-to‘g‘rilash usuli keng qo`llaniladi. Bu usulda TEOning holati tizimli nazorat qilinadi va o‘rnatilgan sifat ko‘rsatkichlari va TEO ishining samaradorligi yomonlashgan holda qayta-tiklash to‘g‘rilash ishlari bajariladi. Ba’zan bunday TXK to‘g‘rilovchi texnik xizmat ko‘rsatish (TTXK) deyiladi. TTXK TEO ishga noqobiliyatliligi aniqlangach bajariladi va TEOning sifat parametrlari o‘rnatilgan doiralarda boTadigan holatga qayta tiklash uchun yo‘naltirilgan.

1.3-rasmda TTXKning umumiy sxemasi keltirilgan.

TOAT va tarmoqlarining rivojlanishi, qurilmalarining raqamlashtirilishi, ularning ekspluatatsiya amaliyotiga axborot texnologiyalarining kiritilishi operativ-texnik boshqarish tizimi (OTBT) va operativ-texnik xizjnat ko‘rsatish tizimi (OTXKT)larini yagona avtomatlashtirilgan texnik ekspluatatsiya tizimi (ATET)ga birlashtirdi. So‘ng avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini tashkil etilishiga olib keldi, u yagona majmua sifatida tarmoqni boshqarish va rivojlan- tirishning barcha masalalarini hal etadi, boshqa tarmoqlarning operatorlari bilan o‘zaro faoliyatda boTadi va aloqa xizmatlarini taqdim etadi.

Umumiy foydalanish tarmoqlarida, bu tarmoqlarning mos keluvchi operatoiiari tomonidan shaharlararo tarmoqlarning (ShT) va hududiy, regional tarmoqlarning (RT) TE tizimi tashkil etiladi. TE tadbirlarida ular bir biri bilan o‘zaro avtomatlashtirilgan bog`liqlikda bo`ladi.

TE jarayonida ShT va RTning TE tizimlari dasturiy-texnik majmua (DTM) bilan jihozlanadi. Boshqa tarmoqlarning TE tizimlari bilan o‘zaro bog`liqlikda bo`lish xizmat telefon aloqa kanallari va ma`lumotlarni uzatishning axborot tarmoqlarini qo`llash bilan amalga oshiriladi.



Download 491,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish