Kafedrasi oattxk fani mustaqil ish mavzu: optik aloqa tarmoqlarida ekspluatatsiya faoliyatining nazariy va amaliy usullari


-rasm. Telekommunikatsiyalarni boshqarish tarmog‘i va aloqa tarmog‘i o‘rtasidagi o‘zaro bog`liqlik



Download 491,46 Kb.
bet8/14
Sana23.01.2022
Hajmi491,46 Kb.
#405225
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
1.4-rasm. Telekommunikatsiyalarni boshqarish tarmog‘i va aloqa tarmog‘i o‘rtasidagi o‘zaro bog`liqlik

U boshqariladigan aloqa tarmog'i bilan axborotlarni olish va tarmoq ishini boshqarish uchun o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Standart ulanishlar orqali boshqaruv axborotlarni almashinuvi uchun umumiy arxitekturani ta’minlash TBT tuzilishining asosiy prinsipi hisoblanadi.


1.3. Telekommunikatsiyalarni boshqarish tarmog‘i

TBT ko‘p sathli logik arxitektura ko‘rinishida, beshta boshqarish sathidan iborat (1.5-rasm).

Eng quyi sath - tarmoq elementlari sathi (Network Elements Layer) tarmoq obyektlari bo‘ylab taqsimlangan komponentlar (kommutatsiya tugunlari, tarmoq stansiyalari va tarmoq tugunlari, multipleksorlar, operativ ulanish apparaturalari, regeneratsiyalash punktlari, optik kabellar, ularni ulagichlar) orqali hosil qilinadi. Bu yerda tarmoq elementining funksional imkoniyatlari, ularni ekspluatatsiya qilish, o‘z-o‘zini diagnostikalash va testlash, rad etishlardan oldingi holat va rad etishlar haqidagi nosozlik signallarini generatsiyalash amalga oshiriladi.

Ikkinchi sath — tarmoq elementlarini boshqarish sathi (Ele- ments Management Layer — EML) tarmoq elementlari holatini nazorat qilish, ularning ish parametrlarini tasvirlash, texnik xizmat ko‘rsatish, testlash va tarmoq elementiarining konfiguratsiyalash vazifalarini bajaradi.

Tarmoq elementi (TE)ni boshqarish, boshqarishning texnik ekspluatatsiya markazi (TEM) orqali aloqa tarmog‘ining boshqarish markazi amalga oshiradi. TE boshqarish tizimi (Elements Management System) orqali amalga oshiradi, uning asosini element menedjer (EM) tashkil etadi:

— TE konfiguratsiyasi, u foydali yuklama kanallarini taqsimlash, ularning manzilini belgilash, eng sifatli sinxronizatsiya manbalarini belgilash va boshqalarni nazarda tutadi;

— TE monitoringi, ishga qobiliyatlilik darajasini aniqlaydi, signallarni yig‘adi va ishlov beradi;

— uzatish funksiyasini boshqarish, ya’ni interfeyslar holatini baholash, zaxira qurilmalariga o‘tishda zaxiralash tizimlarini aktivlashtirish;

TEO ning aniq qurilmasi uchun xarakterli bo‘lgan testlar bo‘yicha TEi ni testlash;

— TE dan berilayotgan axborotlarga ishlov berish, servisni amalga oshirish maqsadida, ma'lum qatlam doirasida TEi ni lokalizatsiyalash.

Belgilash joizki, EM nafaqat lokal tarmoqlarni, balki uzoqdagi tarmoq tugunlarini boshqarish uchun ham qo‘llanilishi mumkin. Uni uzatish liniyasi trassasida ta’mirlash ishlarini bajarishda ishlatish mumkin.

EM ni turli kompyuter platformalarida, shuningdek, turli operatsion tizimlarning boshqaruvi ostida shaxsiy kompyuterlarda ham amalga oshirish mumkin.

Uchinchi sath - tarmoqni boshqarish sathi (Network Mana- gement Layer — NML), turli tarmoq elementlari va ularning resurslarini umumiy moslashgan boshqaruvini amalga oshiradi. Boshqarish yagona markazdan tarmoqning boshqarish tizimi (Network Management System — NMS) orqali amalga oshiriladi, uning asosini tarmoq menedjeri (TM) tashkil etadi.

Tarmoq menedjeri quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshiradi:

— monitoring — uzatish trakti, uzatish sifati va aloqa imkoniyatini tekshiradi;

— avariya signallariga ishlov berish;

— tarmoq va unlng elementlarining ishchi xarakteristikalarini boshqarish;

— tarmoqning xizmat ko'rsatish dasturini boshqarish va uning elementlarini testlash;

— tarmoq xavfsizligini boshqarish (ruxsatsiz ulanishlardan himoyalash);

— tarmoq menedjeri servisini amalga oshirish va TEi laridan beriladigan axborotlarga ishlov berish.

EM dan farqi TM yuqori quwatli kompyuter platformalarida amalga oshiriladi.

TM ishining ikki rejimi mavjud: boshqaruv rejimi va monitoring rejimi. Boshqaruv rejimi barcha imkoniyatlarni to‘liq ta’minlaydi. Monitoring rejimida esa tarmoq va uning elementlarining ishga qobiliyatlilik ko‘rsatkichlari yig'iladi va baholanadi, qolgan imko- niyatlar man etiladi.

To‘rtinchi sath — xizmatlarni boshqarish sathi (Service Mana- gement Layer — SML), foydalanuvchilar bilan o'zaro bog‘lanish (munosabatda bo'lish) uchun mo‘ljallangan, masalan, foydala- nuvchilarga talab etiladigan xizmat turini belgilash, uning sifati, xizmat naixi va vaqtini aniqlash. Bu sath fizik obyektlarni bosh- qarish bilan bog‘liq emas. Bu sathda boshqaruv servis-menedjer (SM) orqali amalga oshiriladi, u quyidagi funksiyalarni bajaradi:

— xizmatlarni taqdim etish imkoniyatining monitoringi;

— xizmat xarakteristikalarini boshqarish, shuningdek, uzatish traktlarini o‘zgartirish uchun tarmoq boshqaruviga so‘rovlarni shakllantirish.

— beshinchi sath — biznes-boshqaruv sathi (Busines Manage- ment Layer-BML), aloqa xususiyati (spetsifikatsiya)ga ega bo‘lma- gan korxonalar uchun.

Bu sathda korxona (tarmoq operatori) moliyalarining bosh- qaruvi, aksiya paketlarining boshqaruvi, bozor iqtisodiyoti, xodimlarining boshqaruvi va boshqa aloqa korxonalari operatorlari bilan faoliyatni amalga oshiradi.

Boshqaruv tizimi tarmoq boshqaruvchining barcha funksiya- larini qamraydi, u operator va uning faoliyatini qo‘llab-quwatlash, shuningdek, xavf yuzaga kelgan holatlarda tarmoqni boshqarishni ta’minlaydi (5-rasm).

Konfiguratsiyani boshqarish quyidagilardan iborat: boshqa- riluvchi tarmoqni rejaga kiritish, tuzish va rivojlantirish, yangi qurilmalarni o‘rnatish va ekspluatatsiyaga kiritish, tarmoq element- larini o‘rnatish va ular o‘rtasidagi bog‘lanishlarni o‘zgartirish, foydalanuvchilarga tarmoq resurslarini taqdim etish va boshqalar.

Nosozliklarni bartaraf etishni boshqarish — tarmoqdagi nosozliklarni aniqlash, qayd etish va bartaraf etishdan iborat.

Sifatni boshqarish — tarmoq va uning elementlarining ishi haqidagi statistik ma’lumotlarni to‘plash, ishlov berish, qayd etish, saqlash va ko‘rsatish, sifat ko‘rsatkichlarini tahlil etish va bosh- qalardan iborat.

Hisob-kitobni boshqarish — taqdim etiladigan aloqa xizmatlarini to‘plash va hisobga olish, ulardan foydalanganlikka to‘langan to‘lovlarni hisoblash, hisob to‘lovlarini nazorat qilish va boshqa- lardan iborat.

Axborotlarning himoyalanganligini boshqarish — uzatilgan axborotlarning to‘liqligi va himoyalanganligini ta’minlash, ruxsatsiz ulanishlarda xavf signallarini berish va boshqalardan iborat.

Har bir boshqaruv sathida boshqarish vazifalari ma’lum tashkiliy texnik tuzilmalar (masalan, korxona xizmatlari) orqali bajariladi.

TBT tarmog‘ining funksional arxitekturasi telekommunikatsiya tizimlari, tarmoqlari va tarmoq xizmatlarining boshqaruviga taalluqli boTgan axborotlarni uzatish va ishlov berish uchun amalga oshiriladigan ish va vazifalarni turli bloklarga taqsimlanishini aks ettiradi.


Download 491,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish