Bitiruv ishining maqsadi. Himoyalangan ma’lumotlarni uzatishda qo’llaniladigan tarmoqlararo ekran tahlili misolida ilmiy tadqiqot ishlari bo’yicha himoyalangan hisobot ma’lumotlarini yaratishdan iborat.
Bitiruv ishining vazifalari.
Bulut muhitida axborot xavfsizligini ta'minlash muammolarini tahlil qilish.
Bulut muhitida ilmiy tadqiqot ishlari bo'yicha himoyalangan hisobot ma'lumotlarini yaratish.
Google Drive bulut muhitida tashkilot intfrtuzilmasini va ilmiy ma'lumotlar bazasi tarkibini yaratish.
Ilmiy ma'lumotlar bazasini yaratish tartibini ishlab chiqish.
Bitiruv ishining ilmiy yangiligi.TATU Qarshi filiali kafedralarining ilmiy tadqiqot ishlari hamda o’quv uslubiy jarayoni Google Disk yordamida bulutga joylashtirildi.
MA'LUMOT UZATISHDA QO'LLANILADIGAN TARMOQLARARO
EKRAN TAXLILI
Tarmoqlararo ekranlarning ishlash xususiyatlari
Tarmoqlararo ekran (TE) - brandmauer yoki firewall sistemasi deb xam ataluvchi tarmoqlararo ximoyaning ixtisoslashtirilgan kompleksi. Tarmoqlararo ekran umumiy tarmoqni ikki yoki undan ko'p qismlarga ajratish va ma'lumot paketlarini chegara orqali umumiy tarmoqning bir qismidan ikkinchisiga o'tish shartlarini belgilovchi qoidalar typlamini amalga oshirish imkonini beradi. Odatda, bu chegara korxonaning korporativ (lokal) tarmog'i va Internet global tarmoq orasida o'tkaziladi. Tarmoqlararo ekranlar garchi korxona lokal tarmog'i ulangan korporativ intratarmog'idan qilinuvchi xujumlardan ximoyalashda ishlatilishlari mumkin bo'lsada, odatda ular korxona ichki tarmog'ini Internet global tarmoqdan suqilib kirishdan ximoyalaydi. Aksariyat tijorat tashkilotlari uchun tarmoqlararo ekranlarning o'rnatilishi ichki tarmoq xavfsizligini ta'minlashning zaruriy sharti xisoblanadi. Ruxsat etilmagan tarmoqlararo foydalanishga qarshi ta'sir ko'rsatish uchun tarmoqlararo ekran ichki tarmoq xisoblanuvchi tashkilotning ximoyalanuvchi tarmog'i va tashqi g'anim tarmoq orasida joylanishi lozim (3.1-rasm). Bunda bu tarmoqlar orasidagi barcha aloqa faqat tarmoqlararo ekran orqali amalga oshirilishi lozim. Tashkiliy nuqtai nazaridan tarmoqlararo ekran ximoyalanuvchi tarmoq tarkibiga kiradi. Ichki tarmoqning ko'pgina uzellarini birdaniga ximoyalovchi tarmoqlararo ekran quyidagi ikkita vazifani bajarishi kerak:
tashqi (ximoyalanuvchi tarmoqqa nisbatan) foydalanuvchilarning korporativ tarmoqning ichki resurslaridan foydalanishini chegaralash. Bunday
ximoyalanuvchi tarmoqdan foydalanuvchilarning tashqi resurslardan foydalanishlarini chegaralash. Bu masalaning echilishi, masalan, serverdan xizmat vazifalari talab etmaydigan foydalanishni tartibga solishga imkon beradi.
3.1-rasm. Tarmoqlararo ekranni ulash sxemasi. Xozirda ishlab chiqarilayotgan tarmoqlararoekranlarning tavsiflariga asoslangan xolda, ularni quyidagi asosiy alomatlari bo'yicha turkumlash mumkin: