Kafedrasi mudiri B. E. Elmurodova



Download 2,06 Mb.
bet14/25
Sana23.07.2022
Hajmi2,06 Mb.
#844722
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
Bog'liq
BMII

Taqsimlangan tarmoqlararo ekran tarmoqning aloxida komp'yuterini ximoyalovchi markazdan boshqariluvchi tarmoq mini-ekranlar majmuidir.
Taqsimlangan brandmauerlarning qator funktsiyalari (masalan markazdan boshqarish, xavfsizlik siyosatini tarqatish) shaxsiy foydalanuvchilar uchun ortiqcha bo'lganligi sababli, taqsimlangan brandmauerlar modifikatsiyalandi. Yangi yondashish shaxsiy tarmoqli ekranlash texnologiyasi nomini oldi. Bunda tarmoqli ekran ximoyalanuvchi shaxsiy komp'yuterda o'rnatiladi. Komp'yuterning shaxsiy ekrani (personal firewall) yoki tarmoqli ekranlash tizimi deb ataluvchi bunday ekran, boshqa barcha tizimli ximoyalash vositalariga bog'liq bo'lmagan xolda butun chiquvchi va kiruvchi trafikni nazoratlaydi. Aloxida komp'yuterni ekranlashda tarmoq servisdan foydalanuvchanlik madadlanadi, ammo tashqi faollikning yuklanishi pasayadi. Natijada, shu tariqa ximoyalanuvchi komp'yuter ichki servislarining zaifligi pasayadi, chunki chetki niyati buzuq odam oldin, ximoyalash vositalari sinchiklab va qat'iy konfiguratsiyalangan, ekranni bosib o'tishi lozim.
Taqsimlangan tarmoqlararo ekranning shaxsiy ekrandan asosiy farqi- taqsimlangan tarmoqlararo ekranda markazdan boshqarish funktsiyasining borligi. Agar shaxsiy tarmoqli ekranlar ular o'rnatilgan komp'yuter orqali boshqarilsa (uy sharoitida qo'llanishga juda mos), taqsimlangan tarmoqlararo ekranlar tashkilotning bosh ofisida o'rnatilgan boshqarishning umumiy konsoli tomonidan boshqarilishi mumkin.
Korporativ tarmoq ruxsatsiz foydalanishdan xaqiqatan xam ximoyalangan xisoblanadi, qachonki uning Internetdan kirish nuqtasida ximoya vositalari xamda tashkilot lokal tarmog'i fragmentlarini, korporativ serverlarini va aloxida komp'yuterlar xavfsizligini ta'minlovchi echimlar mavjud bo'lsa. Taqsimlangan yoki shaxsiy tarmoqlararo ekran asosidagi echimlar aloxida komp'yuterlar, korporativ serverlar va tashkilot lokal tarmoq fragmentlari xavfsizligini ta'minlashni a'lo darajada bajaradi.
Taqsimlangan tarmoqlararo ekranlar, an'anaviy tarmoqlararo ekranlardan farqli ravishda, qo'shimcha dasturiy ta'minot bo'lib, xususan korporativ serverlarni, masalan Internet-serverlarni ishonchli ximoyalashi mumkin. Korporativ tarmoqni ximoyalashning oqilona echimi - ximoyalash vositasini u ximoya qiluvchi serveri bilan bir platformada joylashtirishdir. 7.16-rasmda korporativ serverlarni taqsimlangan tarmoqlararo ekranlar yordamida ximoyalash sxemasi keltirilgan.


3.16 -rasm. Taqsimlangan tarmoqlararo ekranlar yordamida korporativ



An'anaviy va taqsimlangan tarmoqlararo ekranlarni quyidagi ko'rsatkichlari bo'yicha taqqoslaylik.Samaradorlik. An'anaviy brandmauer ko'pincha tarmoq perimetrii bo'yicha joylashtiriladi, ya'ni u ximoyaning bir qatlamini ta'minlaydi xolos.
Agar bu yagona qatlam buzilsa, tizim xarqanday xujumga bardosh beraolmaydi. Shaxsiy brandmauer operatsion tizimning yadro satxida ishlaydi va barcha kiruvchi va chiquvchi paketlarni tekshirib korporativ serverlarni ishonchli ximoyalaydi.
O'rnatilishining osonligi. An'anaviy brandmauer korporativ tarmoq konfiguratsiyasining bo'limi sifatida o'rnatilishi lozim. Taqsimlangan brandmauer dasturiy ta'minot bo'lib, sanoqli daqiqalarda o'rnatiladi va olib tashlanadi.
Boshqarish. An'anaviy brandmauer tarmoq ma'muri tomonidan boshqariladi. Taqsimlangan brandmauer tarmoq ma'muri yoki lokal tarmoq foydalanuvchisi tomonidan boshqarilishi mumkin.
Unumdorlik. An'anaviy brandmauer tarmoqlararo almashishni ta'minlovchi qurilma bo'lib, unumdoroigi (paket/daqiqa bo'yicha) belgilangan chegaralanishga ega. U bir-biri bilan kommutatsiyalanuvchi maxalliy tarmoq orqali bog'langan o'suvchi server parklari uchun to'g'ri kelmaydi. Taqsimlangan brandmauer qabul qilingan xavfsizlik siyosatiga ziyon etkazmasdan server parklarini o'sishiga imkon beradi.

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish