5- seminar: Mafkuraviy tajovuz va axborot xavfsizligi Reja:
1. Mafkuraviy tajovuz tushunchasi va uning mohiyati.
Mafkuraviy tahdidning oshkora va yopiq xarakteri
Axborot xavfsizligi tushunchasi, uning lokal va global ahamiyati
Mafkuraviy tajovuz va unga qarshi milliy xavfsizlikni ta’minlash zarurati. Jamiyatning mafkuraviy muqobillashish sabablari. Mafkuraviy gegemonizmning vujudga kelishi. Gegemonizmning shakllari. Muqobil mafkuraviy qarashlarning jamiyat rivojlanishiga ta’siri va ularni muvofiqlashtirish imkoniyatlari.
Mafkuraviy tahdidning oshkora va yopiq xarakteri. Axborot xavfsizligi va biologik xavfsizlikning mutanosibligi. Axborot kommunikatsiyalarida mafkuraviy xurujlarning namoyon bo‘lishi va unga qarshi himoya (profilaktika) vositalari. Internet mafkuraviy xuruj ob’ekti. Virtual mafkuraviy xurujning oqibatlari. Axborot xurujiga qarshi axborot xavfsizligini ta’minlashning zaruriyati va ahamiyati. Mintaqaviy va global axborot xavfsizligi.
Axborot xavfsizligining lokal va global ahamiyati. Axborot xavfsizligining ijtimoiy madaniy meros bilan bog‘liqligi va uning yangi voqelikka mutanosibligi. Geosiyosiy manfaatlar axborot xavfsizligi omili. Biosiyosatda axborot xurujlariga irsiy munosabatning namoyon bo‘lishi.
6- seminar:“O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanining predmeti, ob’ekti, maqsad va vazifalari. Reja:
“O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanining ob’ekti va predmeti
O‘zbekistonda demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining shakllanishi va amal qilish qonuniyatlari
“O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanini o‘rganishning ahamiyati.
“O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanining ob’ekti va predmeti. O‘zbekistonning siyosiy hayoti va undagi o‘zgarishlar. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish shart-sharoitlari, omillari va amal qilish qonuniyatlarini o‘rganish. “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanining maqsadi va vazifalari. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanining maqsadi - yoshlarda O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishning o‘ziga xos xususiyatlari hamda umume’tirof etilgan demokratik tamoyillar va uni amalga oshirish shart-sharoitlari to‘g‘risida bilim, ko‘nikma va malaka hosil qilish.
O‘zbekistonda demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining shakllanishi va amal qilish qonuniyatlari.
Demokratik jamiyat qurishning umumjahon e’tirof etgan qonuniyatlari va uning O‘zbekistonda o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lining mavjudligi, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishda milliy-madaniy merosga tayanish. Milliy davlatchilik negizlarini hisobga olish. Uning amaliy jihatlari. Mamlakatimizda demokratik jamiyatni barpo etishda siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligiga asoslanishi. “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanini o‘rganishning ahamiyati.