Mavzuni o‘qitishda qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar: BBB, Ven diagrammasi, muloqot, savol-javob
3-mavzu: Milliy g‘oya, ijtimoiy taraqqiyot va mafkuraviy jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi.
Reja:
1. Milliy g‘oyaning xalq tarixiy taraqqiyotidagi o‘rni
2. Tarixiy xotira g‘oya va mafkuraning rivojlanishidagi ijtimoiy ma’naviy omil sifatida.
3. O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyoti jarayonida yangi g‘oyalarning takomillashuv jarayoni
Ijtimoiy taraqqiyot va tarixiy jarayonlarning milliy g‘oyalar shakllanishi ham da amal qilishiga ta’siri.
Milliy g‘oya xalqning tarixiy taraqqiyoti asosi. Milliy g‘oya o‘z-o‘zini anglashning mahsuli. Milliy g‘oya mohiyatida xalq manfaatining ifodalanishi.
Tarixiy xotira g‘oya va mafkuraning rivojlanishidagi ijtimoiy ma’naviy omil. Mafkuraviy jarayonlarning ijtimoiy ong shakllaridagi in’ikosi. Individual ongda mafkuraga munosabatning tur li darajalari. Mafkura va g‘oyalarning kundalik voqelik bilan uzviyligi. Axloq va mafkura, din va mafkura, san’at va mafkura mutanosibligi. Ijtimoiy jarayonlarning yo‘nalishlari: iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik, diniy va boshqa g‘oyalarning o‘zaro munosabati.
Siyosat va mafkuraning o‘zaro aloqadorligi va farqi. Siyosatning mafkuralashish va mafkuraning siyosatlashtirish oqibatlari. Mafkura amal qilishining psixologik va ijtimoiy-siyosiy mexanizmlari. Siyosiy ijtimoiylashuv va siyosiy tarbiya muammosi.
O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyoti jarayonida yangi g‘oyalarning takomillashuv jarayoni, unda avlodlararo vorislik va yangilanishning namoyon bo‘lishi. YAngi g‘oyalar tizimidagi ustuvor tamoyillar, ularni amalga oshirishning dolzarb vazifalari.
Mavzuni o‘qitishda qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar: Muloqot, suhbat, aqliy hujum, savol-javob
4-mavzu: G‘oyaviy tahdidlarning yo‘nalishlari
Reja:
XXI asrda mafkuraviy munosabatlar keskinlashuvining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy sabablari
Terrorizmning shakllari: mintaqaviy va xalqaro terrorizmning g‘oyaviy-mafkuraviy asoslari
Yevroosiyo va Sharq mafkurasining xususiyatlari
XXI asrda mafkuraviy munosabatlar keskinlashuvining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy sabablari. Prezident Islom Karimov mafkuraviy tahdidlar, ularning mazmun-mohiyati va asosiy yo‘nalishlari haqida. (O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda, xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolotlari asari asosida)
Shovinizm, genotsid, fashizm, neofashizm, neokommunizm, irqchilik, diniy ekstremizm, fundamentalizm, terrorizm g‘oyalarining reaksion mohiyati va ularga qarshi kurashning tarixiy zaruriyati. Terrorizmning shakllari: mintaqaviy va xalqaro terrorizmning g‘oyaviy-mafkuraviy asoslari.
Mahalliychilik, millatchilik, urug‘ aymog‘chilik, korrupsiyaga qarshi kurash mafkuraviy mustaqillik kafoloti.
Mafkuradagi mutloq jamoaviy va mutloq individual yondashuvlarning salbiy oqibatlari. Yevroosiyo va Sharq mafkurasining xususiyatlari.
Jahon moliyaviy inqirozining mafkuraviy jarayonlarga ta’siri. XX asrda mafkuraviy hamkorlikning ahamiyati, uning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, huquqiy asoslari hamda milliy, hududiy va umumbashariy darajalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |