Kafedrasi malaka oshirish


Alifbe va yozuv darslarining о„zaro bog„liqligi. Yozuv darslarida



Download 417,46 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana29.05.2022
Hajmi417,46 Kb.
#619459
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ona-tili-fanini-oqitish-metodikasi

2.3. Alifbe va yozuv darslarining о„zaro bog„liqligi. Yozuv darslarida 
dam olish daqiqalari. 
. Dars ta‘limning asosiy shakli hisoblanadi. Analitik-sintetik tovush metodi 
asosida olib boriladigan savod o‗rgatish darslari xilma-xil bo‗lishi, o‗quvchilarni 
zeriktirmasligi va charchatib qo‗ymasligi kerak. 
Savod o‗rgatish davridagi o‗qish yoki yozuv darslari va ularning ayrim turlari 
uchun umumiy bo‗lgan asosiy talablar mavjud: 
1. Umumdidaktik talablar:


12 
a) har bir darsning tarbiyaviy maqsadi bo‗lib, unda bironta axloqiy sifat 
o‗stirilishi lozim; 
b) darsning ta‘limiy maqsadi, ya‘ni o‗quvchilar darsda qanday yangilikni 
bilishi, nimani o‗rganishi, qanday ko‗nikma va malakalar o‗stirilishi, 
o‗quvchilarning mustaqil fikrlashi va faolligining qanday bo‗lishi aniq belgilab 
olinishi kerak; 
v) darsning izchilligi va istiqboli, uning oldingi va keyingi darslar bilan 
bog‗liqligi aniq belgilab olinishi zarur; 
g) o‗tiladigan materialning xarakteri va ta‘lim maqsadidan kelib chiqib dars 
uchun xilma-xil va qiziqarli metodik usullar va vositalar tanlanishi lozim
d) dars davomida o‗quvchilarga differensial va individual yondashish, ishni 
barcha o‗quvchilarning imkoniyati, bilimi, ko‗nikma va malakasi hamda fikrlash 
faoliyatini hisobga olgan holda uyushtirish kerak; 
ye) o‗quvchilarni aqliy mehnat (o‗qish) usullariga o‗rgatish, ularda maktabda 
o‗qish uchun kerakli ko‗nikmalarni hosil qilish zarur; 
yo) beriladigan material ilmiy, o‗quvchilar yoshiga mos va muvofiq bo‗lsin 
va hok. 
2. Maxsus metodik talablar: 
a) o‗quvchilar nutqi uchun qayg‗urish, darsda adabiy til nuqtai nazaridan 
to‗g‗ri, ifodali, obrazli, aniq nutqqa erishish lozim
b) o‗qish darsida ham, yozuv darsida ham o‗quvchilar nutqini o‗stirishga, 
lug‗atini boyitishga, gap tuzish va uni tahlil qilishga, og‗zaki hqikoyalash va shu 
kabi ish turlariga alohida ahamiyat qaratish kerak; 
v) maktab va sinf devorlariga osilgan, xattaxtaga yozilgan har qanday yozuv 
mazmunan va imlo jihatdan savodli bo‗lishi zarur; 
g) darsda nutq madaniyati hukmron bo‗lishi, o‗qituvchi va o‗quvchilar adabiy 
tilda so‗zlashishlari kerak; 
d) o‗qish va yozuv ko‗nikma-malakalarini shakllantirish mashqlari darsda 
yetakchi o‗rinni egallab, taxminan, darsning uchdan ikki qismiga to‗g‗ri kelishi 
lozim; 
ye) har bir o‗qish va yozuv darsida ―Alifbe‖dagi matnlar bilan bir qatorda Q. 
Muhammadiy, P. Mo‗min, Z. Diyor, A. Obidjon kabi sevimli bolalar shoiri va 
yozuvchilari asarlaridan namunalar tanlab olinishi va sinfda o‗qish sinfdan tashqari 
o‗qish hamda o‗qib berilgan matnni eshitish bilan bog‗lanishi zarur. 
yo) o‗qish va yozuv darslari bir-biri bilan uzviy bog‗lanishi, ya‘ni o‗qish darsi 
o‗quvchilarni yozuv darsiga tayyorlashi, yozuv darsi oldingi o‗qish darsining 
davomi sifatida xizmat qilishi kerak va hok. 
O‗qish va yozuv darslarining turlari. Savod o‗rgatish jarayonidagi darslar 
quyidagi belgilariga ko‗ra farqlanadi: 


13 
1. Ta‘limning predmetiga ko‗ra: 
a) ―Alifbe‖ darsligi asosidagi o‗qish darslari; 
b) ―Yozuv daftari‖ asosidagi yozuv darslari. 
2. Ta‘limning davri va bosqichlariga ko‗ra: 
a) alifbogacha bo‗lgan davrdagi darslar; 
b) alifboni o‗rganish jarayonidagi darslar. 
3. Darsda yangi mavzu o‗tilishi va o‗tilmasligiga ko‗ra: 
a) yangi tovush-harf o‗rganiladigan o‗qish darslari; 
b) yangi harfni yozish darslari; 
v) yangi tovush-harf o‗rganilmaydigan darslar. 
Bulardan tashqari, umumlashtiruvchi va takrorlash darslari hamda savod 
o‗rgatish davrining oxirida ―Alifbe‖ bayrami o‗tkaziladi. 
Savod o‗rgatish davrida o‗quvchilar bilimi dars jarayonida barcha ishlarga 
bog‗lab aniqlanadi, bog‗lanishli nutqni o‗stirish ham o‗qish va yozuv darslariga 
uzviy bog‗lanib ketadi. O‗quvchilarning sinfdan tashqari o‗qishlariga rahbarlik 
qilishlariga xaftada bir marta 20 daqiqa ajratiladi. 
Savod o‗rgatish darslarida ish turlarini almashtirib turish, vaqti-vaqti bilan 
dam olish daqiqalari o‗tkazish zarur. Bu o‗quvchilar toliqishining oldini oladi.
Darslar tizimi deyilganda o‗quv vaqtini mavzularga nazariy va amaliy 
jihatdan rejali taqsimlangan, darslarning mantiqiyligi va istiqboli bir-biri 
bog‗langan, dars turlari va unda o‗qituvchi bilan o‗quvchilar foydalanadigan asosiy 
metodik vositalar xilma-xil bo‗lgan izchillik nazarda tutiladi. 
Savod o‗rgatish davri uchun darslar tizimi o‗quv jarayoni bosqichlari asosida 
o‗qish va yozuv darslari muayyan guruhini ajratishni ko‗zda tutadi. Amaldagi 
―Alifbe‖ darsligi va ularga yozilgan qo‗llanmalarga asosan, savod o‗rgatishga jami 
4 oy (shundan tayyorgarlik davriga 8 dars (ikki hafta), asosiy davrga qolgan vaqt) 
ajratiladi. Ta‘limning har bir bosqichidagi darsning o‗ziga xos xususiyatlari 
mavjud. Darslar qurilishida ichki mantiqiylik bo‗lib, har bir darsda yangi tovush va 
harf o‗rganiladigan dars bilan yangi mavzu o‗rganilmaydigan darsni 
navbatlashtirish, imlo va so‗zning bo‗g‗in tuzilishi haqida ma‘lumot berish, 
o‗quvchilar nutqi va tafakkurini o‗stirish kabi talablarga rioya qilinadi. Darslar 
umumlashtirish-takrorlash darsi bilan yakunlanadi. 
Savod o‗rgatish davridagi darslarda ham interfaol usullar qo‗llaniladigan 
darslardan foydalanish katta ahamiyatga ega. 
―Alifbe‖ darsligi qurilishining ilmiy-pedagogik tamoyillari. 
―Alifbe‖ birinchi o‗quv kitobi bo‗lib, uni ishlab chiqishda didaktikaning 
umumiy mezonlariga hamda ―Alifbe‖ darsligi tuzilishining xususiy mezonlariga 
asoslaniladi: 
- g‗oyaviylik; 


14 
- bayonning ilmiyligi, tushunarliligi; 
- ko‗rsatmalilik;
- onglilik; 
- o‗quv materialining hayot bilan bevosita aloqadorligi
- bolalar yoshi va dunyoqarashi, o‗ziga xos ruhiy xususiyatlarining hisobga 
olinishi
1

―Alifbe‖ darsligi, asosan, quyidagi ilmiy-pedagogik tamoyillar asosida 
tuziladi: 
1. ―Alifbe‖ materiali bolalarda ongli, to‗g‗ri, ravon o‗qish va to‗g‗ri yozish 
malakalarini hosil qilishga yordam berishi kerak. 
2. O‗qish uchun berilgan matnlar, rasmlar bolalar saviyasiga mos bo‗lishi, shu 
bilan birga, ularning tafakkuri va nutqini o‗stirishi lozim. 
3. ―Alifbe‖ tuzilishida tovush-harflarning tez va ko‗p ishlatilishi tamoyilidan 
foydalanish kerak. 
4. ―Alifbe‖dagi harflarni joylashtirishga va ular qatnashgan so‗zlarni 
tanlashga alohida e‘tibor qaratish lozim. 
5. ―Alifbe‖dagi materiallarning hajmi savod o‗rgatishga ajratilgan vaqtga mos 
bo‗lishi zarur. 
6. ―Alifbe‖ning harfi, terilishi, qog‗ozi, rasmlarining bo‗yoqlari gigienik 
talablarga javob berishi lozim. 
7. ―Alifbe‖ning tashqi ko‗rinishi chiroyli, bolalar diqqatini o‗ziga tortadigan 
bo‗lishi kerak va hokazo. 
―Alifbe‖ga qo‗yilgan barcha talab va tamoyillarni faqat ―Alifbe‖ darsligini 
tuzuvchilar emas, balki u bilan ishlaydigan o‗qituvchilar ham bilishi zarur. 
O‗qituvchi, avvalo, ―Alifbe‖ning mazmunini, tuzilishini yaxshi bilib olib, undagi 
materialdan pedagogik jarayonni tashkil etish (alohida bir dars rejasini tuzish, 
darslar tizimini belgilash, alifbe materialiga qo‗shimcha material tanlash, ba‘zi 
materiallarni qayta ko‗rib chiqish)da foydalanadi. Shundagina o‗qituvchi kitobga 
ijodiy yondashib, undan metodika talablari va o‗zining pedagogik tajribasidan 
kelib chiqib foydalangan bo‗ladi. 

Download 417,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish