I. Laboratoriya ishining maqsadi:
- talabalarda mavzu bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirish;
- mustaxkamlash;
- bilimlarini amalda qo‘llashga o‘rgatish
II. Tayanch iboralar
- Shag‘aldagi changsimon zarralar;
- Namlik.
III. Asbob – uskunalar:
-Shag‘al ivitiladigan idish;.
- namuna;
-tarozi va tarozi toshlari;
- quritish shkafi;
- tayoqcha..
- suv
- vaqt o‘lchagich..
IV.Laboratoriya ishini faollashtiruvchi savollar
1. Shag‘aldagi changsimon zarralar, gil va loyka zarralari qanday aniqlanadi?
2. Shag‘aldagi changsimon zarralar, gil va loyka zarralari betonga qanday ta'sir etadi.?
V. Tayanch atamalar ta'rifi
Shag‘aldagi changsimon zarralar - shag‘al donalarini qoplab olga gil va loyka zarralaridi.
VI.Ish tartibi. Shag‘aldagi changsimon zarralar, gil va loyka zarralari zararli aralashma xisoblanadi; ular shag‘al donalarini qoplab olgan bo‘ladi, ularning sementtosh bilan tishlashuviga xalal beradi, bundan tashqari beton qorishmasining suvga talabini oshiradi, betonning mustaxkamligini va sovuqqa bardoshliligini pasaytiradi.
Shag‘aldagi bunday aralashmalarning umumiy miqdori Shag‘alni suvda ivitish yo‘li bilan aniqlanadi. Shag‘al ivitilganida mazkur aralashmalar (0,05 mm dan maydarok. zarralar) shag‘al zarralaridan ko‘ra sekinroq cho‘kadi, shu tufayli ularni shag‘aldan osonlikcha ajratib olish mumkin.
Ishlash tartibi: Shag‘aldan ularni (changsimon zarralarni) ajratib olish tartibi quyidagicha: massasi o‘zgarmaydigan bo‘lguncha quritilgan va elangan (g‘alvir ko‘zlarining diametri 5mm) namunadan tarozida 1000 g tortib olinib, idishga solinadi va ustiga suv quyiladi; suv satxi shag‘al qatlami yuzidan taxminan 200 mm yuqori bo‘lishi lozim.
Shag‘al 2 soat ivitib qo‘yiladi, uni davriy ravishda shisha tayoqcha bilan aralashtirib turiladi, 2 soatdan keyin shag‘al jadal qorishtirilib, so‘ngra 2 minutcha tindiriladi, loyqa suv idishning pastki qismidagi ikki teshikdan boshqa idishga bo‘shatib olinadi, bunda shag‘al tepasida qolgan suvning satxi 30 mm dan pasayib ketmasligi lozim.
Bo‘shatib olingan suv o‘rniga idishga ilgarigi satxga yetkazib toza suv quyiladi, shag‘al yana shisha tayoqcha bilan qorishtirilib, 2 minutcha tindirib qo‘yiladi va loyqa suv yuqorida aytilganidek, tag‘in bo‘shatib olinadi. Idishdan tip-tiniq suv tusha boshlaguncha shag‘al shu tariqa yuvilaveradi.
Yuvilgan namuna to massasi o‘zgarmaydigan bo‘lguncha quritiladi va zararli aralashmalarining umumiy miqdori 0,1% gacha aniqlikda quyidagi formula yordamida xisoblab chiqariladi, natija 7- jadvalga yoziladi
1.
2.
3.
- shag‘al toshning idishda ivitilgandan oldingi massasi
- shag‘al toshning idishda ivitilgandan keyingi massasi
7- jadvalga
Quruq xoldagi shag‘alni massasi,g
|
Aralashmalar miqdori%
|
|
|
|
|
|
|
Xulosa___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
1-Rasm Shag‘al ivitiladigan idish;.
Do'stlaringiz bilan baham: |