V. Tayanch atamalar ta'rifi.
Shag‘al toshning to‘kma zichligi-qum 10 sm balandlikdan idishga erkin tushganligi va o‘sha masani xajmga bo‘linganligi qumning to‘kma zichligi deyiladi.
VI.Ish tartibi. Yirik to‘ldiruvchi shag‘al toshning to‘kma zichligini aniqlash
Sochiluvchan materiallarning zichligini topish uchun hajmi ma'lum bo‘lgan silindr idish va oddiy voronkadan yoki tarnovdan foydalaniladi. Agar sochiluvchan material yirik bo‘lsa (shag‘al, chaqilgan tosh, keramzit, agloparit va h.k.), 7-rasmda ko‘rsatilgan qiya tarnovchadan foydalaniladi. Bu asbobni tunika yoki taxtadan yasab rasmda ko‘rsatilgandek o‘rnatiladi. Ishning qolgan qismi quyidagi aytilgan tartibda bajariladi.
. Hajmi 2 l li silindr idish bo‘sh xolatda tortiladi va uning ustiga og‘irligini bo‘r bilan yozib, voronka yoki tarnov tagiga qo‘yiladi.
Ostki qopqog‘i yopilgan voronka sinaladigan sochiluvchan material (qum, sement va h.k.) bilan to‘ldiriladi. Silindr idish og‘zi bilan voronka qopqog‘ining orasi 5 sm bo‘lishi kerak. Voronka qopqog‘i ochiladi va silindr idish sochiluvchan material bilan to‘ladi. Keyin qopqoq yopib qo‘yiladi va idishdagi ortiqcha uyilgan sochiluvchan material po‘lat chizg‘ich bilan sidirib tashlanadi va yana tarozida tortiladi. Bu ishlarni bajarayotganda silindrni slkitmaslik kerak, aks holda sochiluvchan material zichlanib, uning hajmiy og‘irligi ortadi.
7- …..Sochiluvchan materiallarning hajmiy og‘irligini aniqlash:
a)-oddiy voronka; 1-voronka, 2-ostki qopqoq, 3-silindr idish; b) –qiya tarnovcha.
Silindrning qumga to‘lgandagi og‘irligidan bo‘sh holdagi og‘irligini ayirsak, idishdagi sochiluvchan materialning haqiqiy og‘irligi chiqadi. Og‘irligi aniqlangan sochiluvchan materialning hajmi V, silindr idish hajmiga, ya'ni 2000 sm3 ga teng. Topilgan miqdorlar formulaga qo‘yiladi va sochiluvchan materialning hajmiy og‘irligi topiladi.
1.
2.
3.
idishning namuna bilan birga massasi, kg.
idishning massasi, kg.
idishning xajmi, m3
Materiallarning zichligini topishda aniqlangan natijalar 6- jadvalga yozib boriladi. Bunday tajriba 3 yoki 5 marta takrorlanib, ularning o‘rtacha arifmetik miqdorlari olinadi.
6- jadval
O‘tkazilgan sinovlar
|
Namunaning og‘irligi,
g
|
Namunaning hajmi,
sm3
|
Namunaning zichligi,
g/sm3
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Xulosa___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |