Kafedrasi geografiya kursi tinglovchisi jumaniyazov adhamning


-ilova BBB texnikasining qoidasi



Download 197,16 Kb.
bet16/16
Sana29.12.2021
Hajmi197,16 Kb.
#77830
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
2 5316639869965961241

2-ilova

BBB texnikasining qoidasi


1. “Insert” texnikasidan foydalanilgan holda matnni o‘qib chiqing.

2. Olingan ma’lumotlarni individual sohalarga ajrating. Qalam bilan qo‘yilgan belgilar asosida BBB jadvalini to‘ldiring


Mavzuga oid asosiy tushunchalar

Bilaman

Bilib oldim

Bilishni hoxlayman

Dunyoning siyosiy kartasi










Insoniyatning siyosiy geografik tarixi










Siyosiy geografik o‘rin










Buyuk geografik kashfiyotlar










Geosiyosat










3-ilova

«INSERT» usuli

(V) – men bilgan narsani tasdiqlaydi.

(+) - yangi ma’lumot

(-) – men bilgan narsaga zid

(?) – meni o‘ylantirdi. Bu borada menga qo‘shimcha ma’lumot zarur

Tushunchalar

V

+

-

?

Dunyoning siyosiy kartasi













Elektoral geografiya













Geokonfliktologiya













Limmologiya













Demarkatsiya













Anklav hududlar













Eksklav hududlar













Mutloq teokratik davlat













Klasterni tuzish qoidalari

1. Topshiriqni diqqat bilan o‘qib chiqing.

2. Fikrlarni tarmoqlantirish jarayonida paydo bo‘lgan har bir fikrni yozing.

3. Imlo xatolar va boshqa jihatlarga e’tibor bermang.

4. Belgilangan vaqt tugamaguncha yozishni to‘xtatmang, fikringizni jamlashga harakat qiling.

5. Fikrlarni chegaralamang, ular o‘rtasida o‘zaro aloqadorlikka e’tibor qarating.





6– ilova

O`zbekistonning dunyo siyosiy xaritasida tutgan o`rni

«SWOT-tahlil» metodi. Mazkur metod asosida muammo to‘rt yo‘nalishda ko‘rib chiqib, muhokama qilinadi: S – (strength) – kuchli tomonlari, W – (weakness) – zaif, kuchsiz tomonlari, O – (opportunitu) – imkoniyatlari, T – (tnreat) – to‘siqlar.

S




W




O




T





7 – ilova

Davlatlar bayroqlarini aniqlang va jadvalga har bir rasm ostiga mos raqamlarni yozing.

1) Janubiy Koreya; 2) Braziliya; 3) O‘zbekiston; 4) Kanada; 5) Shveysariya; 6) ; Baxrayn 7) Argentina





































8-ilova

Dunyoning siyosiy xaritasi va uning shakllanishi” mavzusi yuzasidan



keys-stadi

I.PEDAGOGIK ANNOTATSIYA

Fanning nomi: “SIYOSIY GEOGRAFIYA VA TASHQI IQTISODIY ALOQALAR”.

Mavzuning nomi:Dunyoning siyosiy xaritasi va uning shakllanishi”.

Ishtirokchilar: bakalavriat bosqichi geografiya yo`nalishlarining, 2-kurs talabalari.

O`qitishning maqsadi: o`quv kursi bo`yicha egallangan bilimlarni chuqurlashtirish maqsadida Dunyoning siyosiy xaritasi va uning shakllanishi haqida ma`lumotlar berish, uning amaliy ahamiyati kabi tushunchalarga ega bo`lish ko`nikmalarni shakllantirish.

Rejalashtirilayotgan o`quv natijalari: Dunyoning siyosiy xaritasiga ta’rif beradilar; Dunyoning siyosiy xaritasi bo`yicha qiyosiy tahlilini o`tkazadilar; Dunyoning siyosiy xaritasi bo`yicha loyiha mazmuniga qarab muammoni ajratadilar va uni yechish vazifalarini belgilaydilar; muammo yechimini usul va vositalarini asoslangan holda topadilar; o`z faoliyatini rejalashtiradilar; tahlil qilishni biladilar.

Loyihalashtirish faoliyati bo`yicha quyidagi amaliy ko`nikmalarga ega bo`ladi: muammoni shakllantirish va vazifalarni aniqlash; vazifalarni amalga oshirishdagi usullarni tanlash va ulardan foydalanish; o`z faoliyatini rejalashtirish; ma’lumot manbalarini aniqlash, tizimga keltirish va tahlil etish; natijalarni talab darajasida rasmiylashtirish va kerakli ko`rinishda taqdim etish.



Talabalar loyihani muvaffaqiyatli bajarishlari uchun bilishlari lozim bo`lgan tayanch bilim va ko`nikmalar quyidagilardan iborat:

Quyidagi tayanch bilimlarni bilishi kerak: - dunyo siyosiy xaritasi, hududiy siyosiy tizimlarning shakllanishi va rivojlanishi qonuniyatlarini bilishi kerak;

- ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va bajarishga doir ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak;

- turlicha hududiy siyosiy tizimlar va ularning elementlarini tadqiq qilishda ilmiy tadqiqot usullarini qo‘llay bilish va xulosalar olish malakalariga ega bo‘lishi kerak;

Turlanish belgilari bo`yicha loyihaga tavsif: turi axborotli ; predmet va mazmun jihatdan ko`lami bir fan bo`yicha foydalaniluvchi monoloyiha; talabalar o`quv loyiha faoliyatlarini muvofiqlashtirish xarakteri bevosita; ishtirokchilar soni guruh talabalari 4 ta ishchi guruhga bo`linib, har bir ishchi guruhda 5 tadan 6 tagacha ishtirokchi bo`lishi mumkin (talabalar ko`proq bo`lsa, loyiha yo`nalishlarini ko`paytirish mumkin); bajarish muddati qisqa muddatli – 7 kun.

Loyihani bajarish tartibi: talabalarning auditoriyadan tashqari mustaqil faoliyatlarida bajariladi, amaliy mashg`ulotda taqdim etishadi. Loyiha mahsuli amaliy mashg`ulotda, talabalar va pedagog o`rtasida belgilangan kunda amalga oshiriladi.

Loyihaning baholanishi – ishchi guruhlar tomonidan bajarilgan loyiha quyidagicha baholanadi (guruhning har bir a’zosi uchun): talabalar tomonidan bajarilgan loyihaning alohida qismlari (maks. ball – 8); hisobot (maks. ball – 2); loyiha taqdimoti va himoya etish jarayoni (maks. ball – 5).

Loyiha asosida o`qitish bosqichlari.

Tayyorlov bosqichi: loyiha bilan tanishish; auditoriyadagi mashg`ulot vaqtida talabalar faoliyatini tashkil etish.

Loyihani bajarish bosqichlari: auditoriyadan tashqari faoliyat davrida.

Yakuniy bosqich: loyiha taqdimoti, loyiha va auditoriya mashg`ulotida talabalarning loyihalashtirish faoliyatini baholash.

Loyiha asosida o`qitishni boshqarish: auditoriyadan tashqari faoliyatda.

O`qitish modeliga qisqacha tavsifnoma.

Loyiha asosida o`qitish jarayonida quyidagilar qo`llaniladi:

o`qitish usullari: loyihalashtirish usuli, matn va axborot manbalari bilan ishlash, taqdimot; o`qitish shakllari: ommaviy, alohida, guruhiy; o`qitish vositalari: loyiha topshirig`i, uslubiy ko`rsatmalar, kompyuter texnologiyalari.

O`quv loyihasi: “Dunyoning siyosiy xaritasi va uning shakllanishi”

1.Loyiha topshirig`i

Kirish. Yer sharidagi davlatlar o`zlarining katta-kichikligi, geografik o`rni va joylanishi, siyosiy tuzumiga ko`ra bir xil emas. Chunonchi, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Kanada, AQSh, hindiston, Avstraliya, Braziliya kabi hududi nihoyatda katta mamlakatlar bilan bir qatorda o`nga yaqin juda kichik, “mitti” davlatlar ham bor (eng kichigi Rim shahri ichidagi Vatikan bo`lib, uning maydoni 400 km2, aholisi 1 ming kishidan iborat). Aholi soniga bo`yicha dunyoning eng katta davlatlari Xitoy, hindiston, AQSh, Indoneziya, Jazoir, Sudan, Kongo, Saudiya Arabistoni va boshqalardir (hozirgi kunda 100 milliondan ortiq aholiga ega bo`lgan 11 davlat mavjud).

Geografik joylanishiga ko`ra mamlakatlar orolda, yarim orolda, dengiz va okeanlar bo`yida, materik ichkarisida joylashganligi bilan farq qilishadi. Masalan, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya, Kipr, Yaponiya, Maldiv Respublikasi, Kuba, Fillipinga o`xshash hamda Okeaniyadagi kichik davlatlar orollarda, Janubiy va Shimoliy Koreya, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Norvegiya, Shvetsiya kabilar yarim orollarda joylashgan. Ko`pchilik davlatlar bevosita jahon okeani va dengizlari bo`yicha o`rnashgan, ayrimlari esa (Boliviya, Paragvay, Nepal, Butan, Afg`oniston, Qozog`iston, Armaniston, Turkmaniston, O`zbekiston, Qirg`iziston, Avstriya, Lyuksemburg, Shvetsariya, Chad, Markaziy Afrika Respublikasi va hokazo) materik ichida. Masalan, O`zbekiston Respublikasi jahon okeaniga chiqishi uchun eng kamida 2 xorijiy mamlakat hududidan o`tishi kerak. Bu borada u dunyoning geosiyosiy kartasida ikki mamlakatdan biri hisoblanadi.

Mamlakatning ichki jihatdan tashkil etish va boshqarish ko`proq uning hududini qiyofasiga va geoshakliga ham bog`liq. Shu nuqtai-nazardan mamlakat hududining ixcham (kompakt) bo`lgani ma'qul. Bunga misol qilib, Frantsiya yoki Polsha davlatlarini keltirish mumkin. Norvegiya, Portugaliya, Shvetsiya yoki Chili davlatlarining hududi esa «cho`zinchoq» uzoq masofaga cho`zilgan. Bunday holat, albatta, transport va boshqa infrastruktura tizimini rivojlantirish aholiga xizmat ko`rsatish va hatto harbiy strategik jihatdan ham qulay emas.

Xuddi shu nuqtai-nazardan davlatlar hududining yaxlit, bir butun yoki anklav, eksklav shakllariga ega bo`lishi ham ma'lum mazmunga ega. Anklav shakli mamlakat hududining boshqa mamlakat hududiga suqilib kirishi (dengiz qo`ltig`i, yoki yarim orollarga o`xshab) demakdir. Bunga misol Toshkent viloyatining cheka shimoli-sharqiy qismi, Tojikiston Respublikasi So`g`d viloyatidagi Zafarobod tumanlarini kiritish mumkin. Eksklavda esa davlat chegarasining yaxlit emasligi, uning kichikroq hududini asosiy hududdan tamomila ajralib qolgan holati tushuniladi. Masalan, AQShning Alyaska va Gavayi orollari (49, 50 shtatlari), o`zimizning O`zbekistondagi Farg`ona viloyatining Shohimardon qishlog`i, yoki So`x tumani, Rossiya Federatsiyasining Kaliningrad viloyati va b.).

Siyosiy geografiyada davlat chegarasi, uning shakli ham katta ahamiyat kasb etadi. Odatda, bu chegaralar ikki vazifani bajaradi-ular hududlarni bir-biridan ajratib, barer sifatida va ayni vaqtda ikki davlatni bog`lab, ular o`rtasida, iqtisodiy integratsiya maydoni darajasida xizmat qilishadi. Shu bilan birga chegaraga tutash rayonlarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi o`ziga xos bo`ladi.

Davlatlarning siyosiy geografik o`rni va siyosiy tuzimi ham har xil. Siyosiy geografik o`rin deganda ma'lum bir davlatning boshqa (qo`shni va jahon hamjamiyati) davlatlariga hamda yirik davlatlararo harbiy va siyosiy uyushmalarga, Jaxon okeaniga nisbatan tutgan o`rni tushuniladi. Jumladan, O`zbekiston Respublikasining hozirgi siyosiy geografik o`rnini uncha qulay deb bo`lmaydi.

Adabiyotlar


  1. Karimov I.A. Jahon moliyaviy - iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari. T., 2009.

  2. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: havfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.T., 1997.

  3. Golubchik M.M. Politicheskaya geografiya mira. Ucheb. Posob. Smolensk,1998.

  4. Kolosov V.A.Geopolitika i politicheskaya geografiya. – M., 2002

Loyiha doirasida yechilishi kerak bo`lgan muammo: .

Vazifalar:



      1. Dunyo siyosiy xaritasining mohiyati va mazmuni.

      2. Dunyo siyosiy xaritasining shakllanish bosqichlari. XX asrgacha dunyo siyosiy xaritasining shakllanish bosqichlari.

      3. XX asrning ohiri XXI asrning boshlarida dunyo siyosiy xaritasi. Ko‘p qutbli dunyo.

      4. Dunyo siyosiy xaritasining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar.

      5. Hozirgi zamon dunyo siyosiy xaritasidagi jarayonlar va ularning geosiyosiy jihatlari.

Loyihaning maqsadi talabalarda hozirgi zamon dunyo siyosiy xaritasidagi jarayonlar va ularning geosiyosiy jihatlari haqidagi bilimlarni rivojlantirish

Loyihani amalga oshirishdan erishiladigan natija (loyiha mahsuli) Hozirgi zamon dunyo siyosiy xaritasidagi jarayonlar va ularning geosiyosiy jihatlari nomli ma’lumotnoma.

Loyihadan foydalanuvchilar: Siyosiy geografiya va tashqi iqtisodiy aloqalar fanini o`qitayotgan professor-o`qituvchilar, talabalar, tadqiqotchilar, foydalanuvchilar.

Loyiha doirasi:

  • bajarilish muddati: 1 xafta, loyiha qismlari belgilangan grafik asosida;

  • ishtirokchilar soni: har bir ishchi guruhda 6 tagacha ishtirokchi bo`lishi mumkin.

Ma’lumotnomaning tarkibiy tuzilishi:

Kirish


  1. Dunyo siyosiy xaritasining shakllanish bosqichlari. XX asrgacha dunyo siyosiy xaritasining shakllanish bosqichlari.

  2. XX asrning ohiri XXI asrning boshlarida dunyo siyosiy xaritasi. Ko‘p qutbli dunyo.

  3. Dunyo siyosiy xaritasining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar.

  4. Hozirgi zamon dunyo siyosiy xaritasidagi jarayonlar va ularning geosiyosiy

XULOSA VA TAKLIFLAR

Mustaqil O‘zbekiston taraqqiyotining hozirgi bosqichida ta’limning insonparvarlik va tarbiyaviy vositalariga, barkamol avlod tarbiyasiga, jahon ta’lim tizimining ijobiy tajribalari va yutuqlariga alohida diqqat-e’tibor kuchaydi.

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da shaxs milliy modelimizning asosiy tashkil etuvchisi sifatida belgilangan bo‘lib, unga nisbatan qo‘yiladigan talablarning amalga oshirilishi ta’lim islohatlarining natijasini belgilab beradi. O‘z navbatida mazkur xujjatda shaxsning ijodkorligi va intelektual qobiliyatlari barkamollikning asosiy vazifasi ta’lim tizimida shaxsda ijodkorlik va intelektual qobiliyatlarini rivojlantirish orqali barkamolligiga erishishdan iborat. O‘tkazilagan tadqiqot natijasida quyidagi umumnazariy va metodik xulosalarga kelindi:

1. O‘zbekistonda barkamol avlodni tarbiyalash masalasi umummilliy va umumdavlat miqiyosdagi vazifa bo‘lib turibdi. Mamlakatning kelajagi, avlodlarning davomiyligi, xalqlarning mavjudligi, ertangi kuni, erkin va farovon hayot qurish vazifalarini amalga oshirish ham yoshlar bilan bog‘liq.

2. Yoshlar dunyoqarashida sog‘lom e’tiqod, ishonch va milliy qadriyatlarning ustuvorligini ta’minlash, muammoning muhimligi talabalarni pedagogik mahoratini shakllantirishga oid ko‘plab mutaxassislar pedagoglar, psixologlar va sotsiologlar birgalikda tizimli ishlarni amalga oshirishlari lozim.

3. Geografiya fanlarini o‘qitish jarayonida talabalarni pedagogik mahoratini shakllantirishda innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida tadbiq etilsa ahamiyatli natijalarga erishish mumkin.

4. An’anaviy va innovatsion ta’lim auditoriyadan tashqari faoliyat shakllarini integratsiyalash oliy ta’lim talabalarini pedagogik mahoratini shakllantirishda katta pedagogik imkoniyatlarni hosil qiladi. Bitiruv loyiha ishini yozish davomida to‘plangan materiallar, olingan natijalar, sinovdan o‘tkazilgan metodik yondoshuvlardan xalq ta’lim muassasalarida geografiya kurslarini o‘qitishda foydalanish mumkin.


Tavsiyalar:



  • Geografiya fanlarini o‘qitishda foydalaniladigan o‘zbek tilidagi yangi avlod adabiyotriga ehtiyoj borligi bois o‘zbek tili, lotin grafikasida, innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullari tavsiya etilgan adabiyotlarni ishlab chiqish va yaratish zarurati mavjud.

  • O‘quv fanlari bo‘yicha ta’lim texnologiyalarini yaratishda xilma-xillik, ijodiylik, innovatsion yondashuvlarga asoslanish, har bir fanning o‘ziga xos xususiyatlari, qonuniyatlarini hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Mazkur jarayonda fanlarning, mashg‘ulot shakllari, mavzularning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda yondashish o‘rinli bo‘ladi;


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI

  1. Golubchik M.M. Politicheskaya geografiya mira. Ucheb. Posob. Smolensk,1998.

  2. Kolosov V.A. Geopolitika i politicheskaya geografiya. – M., 2002.

  3. Nartov N.A. Geopolitika. M., 2000.

  4. Xo`janov B.A. Geosiyosat asoslari. T., 2002.

  5. Safoyev S.S.Markaziy Osiyodagi geosiyosat. T., JIDU, 2005.

  6. Geografiya, politika i kultura (sovremen. problemi geografii). L.,1990.

  7. Kolosov V.A. Politicheskaya geografiya: problemi i metodi. L.,1988.

  8. Gorbatsevich R.A. Politicheskaya geografiya i yego problemi. M., Izv. VGO, 1971.t.103, vip.4.

  9. Lavrov S.B. Politicheskaya geografiya: problemi i tendentsii. Baku, 1988.

  10. Nartov N.A. Geoekonomika i politicheskaya geografiya.. M., YuNITI, Uchebnik.,-439 s. (tematika-politologiya).

  11. Qodirov R. Geografiyada amaliy mashg‘ulotlarni bajarish bo‘yicha ayrim tavsiyalar. Andijon. 2012 y.

  12. Soliyev A.S. Iqtisodiy geografiya. Toshkent. 2013 y

  13. www.Ziyo.net.




1// Xalq so`zi. –2001 yil 24 may. №101 (2623) –B. 1.

2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2013 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi.


Download 197,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish