Masalalar:
9.5-masala. TM-100/10 tipidagi uch fazali transformatorning pasportida quyidagi texnikaviy mahlumotlar ko’rsatilgan:
Nominal to’laquvvati Snom = 100 kVA, yuqori kuchlanishi Unom = 10 kV;
pastki kuchlanishi U2nom = 0,4 kV;
salt ishlagandagi quvvat isrofi (nominal kuchlanishda) Rp = 365 Vt:
qisqa tutashuvdagi quvvat isrofi Rq.t. =1970 Vt;
qisqa tutashuv kuchlanishi Uq.t. =4,5% (nominal kuchlanishga nisbatan);
chulg’amlarni biriktirish usuli Y/Y0 — 12.
Quyidagilar aniqlansin:
Transformatsiya koeffitsientiK;
Birlamchi va ikkilamchi chulg’amlardagi nominal toklar;
Transformator salt ishlaganda faza chulg’amlarining qismalaridagi kuchlanish;
Transformator chulg’amlarining nominal tokiga to’g’ri kelgan aktiv qarshiliklari;
Transformatorning quvvat koeffitsienta cosφ2 = 0,8 bo’lib (yuklanish aktiv-induktiv xarakterga ega), yuklash koeffitsienti β = 0,25; 0,5; 0,75 va 1 bo’lgandagi foydali ish koeffitsientlari;
Quvvat koeffitsienti cosφ2 = 0,8 bo’lib, yuklanish nominal bo’lganda (β = 1) kuchlanish ΔU ning o’zgarishi.
9.6-masala. CHulg’amlarining ulanish sxemasi Y/Y bo’lgan uch fazali transformator birlamchi chulg’amining liniya kuchlanish U1l = 380 V, ikkilamchi chulg’am liniya kuchlanishi U2l = 220 V. Transformator chulg’amlarining ulanish sxemalari: 1. Δ/Δ. 2. Y/Δ, 3 Δ/Y. bo’lganda, ikkilamchi chulg’amning liniya kuchlanishlar aniqlansin.
9.7- masala. Katalogda TM-40/10 tipdagi uch fazali transformatorga oid quyidagi texnikaviy mahlumotlar bor:
nominal to’laquvvati Snom = 40 kV • A;
birlamchi chulg’amining nominal kuchlanishi U1H0M = 10 kV; ikkilamchi chulg’amining nominal kuchlanishi U2nom = 0,4 kV; salt ishlagandagi quvvat isrofi Rp = 190 Vt; qisqa tutashuvdagi quvvat isrofi Rq.t. = 880 Vt; qisqa tutashuv kuchlanishi Uq.t = 4,5%;
chulg’amlarining biriktirilish sxemasi va gruppasi Y/Δ – 11; Quvvat koeffitsienti cosφ2 = 0,8.
Quyidagilar aniqlansin:
1. Yuklanishlar nominaliga nisbatan 120, 100, 75, 50 va 25%. ga teng bo’lganda ikkilamchi chulg’am uchlaridagi kuchlanish.
U2 = f(β) bog’lanish chizilsin.
2. O’sha yuklanishlarda transformatorning foydali ish koeffitsienti aniqlansin. η = f(β) boglanish chizilsin.
9.8-masala. Avtotransformatorning kirish tomonidagi kuchlanish U1 = 220 V. CHiqish tomonidagi kuchlanish U2 = 120 V. Birlamchi chulg’amning o’ramlar soni ω = 660. Quyidagilar aniqlansin:
Ikkilamchi chulg’amning o’ramlar soni – ω2;
1 va 2 nuqtalar orasidagi kuchlanishning nimaga tengligi;
Kuchlanish U2 = 40 V va 180 V bo’lganda ikkilamchi chulg’amning o’ramlar soni hamda 1 va 2 nuqtalar orasidagi kuchlanish.
9.9-masala. Birlamchi chulg’ami U1 = 220 V kuchlanishga mo’ljallangan avtotransformatorning o’ramlar soni ω1 = 880. Ikkilamchi chulg’amdan 110 V; 55 V; 36 V; 12 V kuchlanish olish uchun nechanchi o’ramlardan so’ng chiqqichlar chiqarish kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: |