Kafedrasi “biotexnologiya” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Download 17,32 Mb.
bet59/165
Sana22.06.2022
Hajmi17,32 Mb.
#692108
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   165
Bog'liq
biotexnologiya kompleks-2022

Асосий адабиётлар:

  1. Мирхамидова Р., Вахабов А.Х., Давранов К., Турсунбоева Г.С. Микробиология ва биотехнология асослари. Тошкент: Ilm Ziyo. 2014. -225 б.

  2. Давронов Қ. Биотехнология:илмий, амалий ва услубий асослари. Тошкент. “Patent-press” 2008.

  3. Иноғомова М., Вахобов А.Н. Микробиология ва вирусология асослари. Ўқув қўлланма. Тошкент. Университет. 2010.

Қўшимча адабиётлар:

  1. Комилов Х.М., Рахимов М.М., Одилбекова Д.Ю. Биотехнология асослари. Тошкент: Extremum press. 2010.

  2. Клунова С.М., Егорова Т.А., Живухина Е.А. Биотехнология. Учебник. Академия. Москва 2010

  3. Коростелева Н.И., Громова Т.В., Жукова И.Г. Биотехнология. Учебное пособие. АГАУ. Барнаул. 2006

Ахборот манбалари:
1.http://www.ziyonet.uz/
2. http://www.google.co.uz/
3. http://www.google.ru/
4. http://www.biotehnolog.ru/
5. https://ru.wikipedia.org/


14-mavzu: FERMENTLARNI TOZALASH VA AJRATISH USULLARI


REJA:
1. Fermentlar injenerligining asosiy vazifasi.
2. Mikroorganizmlardan ferment preparatlarini ajratib olish usullari
3. Tozalanmagan, kompleks ferment preparatlarining olinishi.
4. Cho'ktirish usullari va uning nazariyasi.
5. Fermentlarni tozalash usullari.


Fermentlar injenerligining asosiy vazifasi – biologik sistema yoki tirik hujayralardan ajratib olingan fermentlarning katalitik xususiyatlaridan foydalangan holda biotexnologik jarayonlarni yaratishdir. U yangi mahsulotlarni olish, ularning sifatini yaxshilash va iqtisodiy ko'rsatkichlarini ko'tarish bilan bog'liq bo'lgan masalalarni yechadi. Hozirgi kunda amaliyotda fermentlar keng qo'llanadi. Ma'lumki, fermentlardan organik sintezlarni katalizatori sifatida foydalaniladi. Shunga qaramay, fermentlarning “nozik” tomoni ham bordir, ya'ni ularning buzilishidir. Ular kam chidamli moddalar bo'lib, nozik makromolekulyar strukturali oqsillardir. Ular tashqi ta'sir ostida osongina o'z xossasini yo'qotadi. Fermentlar katalizatorligida kechadigan reaktsiyalar murakkab mexanizmga ega. Ularning aktivligini tashqi muhitning o'zgarishi, uning kislotaliligi, ularni aktivlashtiruvchi yoki susaytiruvchi qo'shimcha moddalar qo'shish bilan boshqarish mumkindir.Fermentlar manbai turli hayvon, o'simliklarning to'qimalari, mikroorganizmlar bo'lishi mumkin. Fermentlar qaysi biri kerakligi va qaysi birini olish qulayligiga qarab tanlanadi. Yaqin davrlargacha amaliy maqsadlarda hayvon va o'simlik fermentlaridan foydalanib kelingan. Hayvonlardan olinadigan fermentlar go'sht sanoatining yo'ldosh mahsulotlari hisoblanadi. Barcha to'qima va hujayralar ichida fermentlarga boy organ oshqozon osti bezidir. Undan tarkibida bir qator gidrolitik fermentlar (amilaza, proteaza, lipaza va b.) tutgan kompleks preparatlar olinadi. Masalan, oshqozon osti bezidan pankreatin - quritilgan ekstrakt olinadi. Hayvon xomashyolaridan ayrim fermentlarning tozalangan preparatlari - pepsin, tripsin, ximotripsin, rennin (ximozin), ribonukleaza, DNKaza, lipaza, gialuronidaza, katalaza ham ajratib olinadi. O'simliklardan sanoat miqyosida proteolitik fermentlarning ayrim preparatlari - papain (qovun daraxti mevasining sharbatidan), fitsin (anjir bargi va Ficus oilasiga mansub o'simliklardan) ajratib olinadi. Shu bilan birga o'simliklardan ferment ajratib olish iqtisodiy jihatdan samarali emas, chunki sarflanadigan o'simlikka nisbatan olinadigan mahsulot kam miqdorda bo'ladi. Undan tashqari har doim ham istalgan mintaqada kerakli o'simlikni o'stirish imkoni yo'q. Hayvonlardan fermentlarni ajratib olishda ham ayrim qiyinchiliklar tug'iladi. Shuning uchun hozirda fermentlar manbai sifatida mikroorganizmlardan keng foydalanilmoqda.
Mikroorganizmlar – ferment olish uchun juda qulay manba hisoblanadi, chunki ularning hujayradagi kontsentratsiyasini mikroorganizm o'sishini tezlatish yoki genetik manipulyatsiya hisobiga oshirish mumkin. Mikroorganizmlar tez o'sadi, arzon muhitlarda o'sadi va turli fermentlarga boydir. Mikrob fermentlari hozirda o'simlik va hayvon fermentlari o'rnini bosmoqda. Qator fermentlar meditsina diagnostikasida ham o'ziga xos o'rin egallab kelmoqda. Masalan, xolesterinoksidaza qon zardobidagi xolesterin, ureaza esa siydik kislotasi miqdorini o'lchashda ishlatiladi. Gen injenerligi tadqiqotlarida esa restriktatsion endonukleazalar va ligazalar ishlatiladi. Mikrobiologik usulda olingan fermentlar plastmassa ishlab chiqarishda ham o'rin egallaydi. Qattiq yoki suyuq ozuqa muhitlarida o'stirilgan mikroorganizmlarning kul`turasi va ularning kul`tural suyuqliklari tarkibida juda ko'p miqdorda ballast moddalap bordir. Fermentlarni ajratish va tozalash - ko'p mehnat va harajat talab qiluvchi jarayondir, agarda ferment preparati mikroorganizm kul`turasi ko'rinishida ishlatilsa, u tozalanmaydi. Spirt va terini oshlash tarmoqlarida tozalanmagan mikroorganizmlar kul`turasini ishlatish maqsadga muvofiqdir va xuddi shunday mikroorganizmlarni qishloq xo'jaligida yem-xashak tayyorlashda yoki fermalarda yemlarni qayta ishlashda qo'llash mumkin. Oziq-ovqat sanoatining bir qancha tarmoqlarida (non, pivo, vino, pishloq, kraxmal va sharbat ekstraktsiya qiluvchi), hamda tekstil, mo'yna va mikrobiologik sanoatlarda, shu jumladan tibbiyotda ballast moddalardan qisman yoki to'liq tozalangan, ya'ni faqat toza ferment preparatlari ishlatiladi. Toza ferment preparatlarini olishning boshlang'ich materiali bo'lib filtrlangan kultural suyuqlik, produtsentning biomassasi yoki qattiq ozuqa muhitda o'stirilgan kulturaning suvli ekstrakti xizmat qiladi. Ferment preparatlari kukun yoki suyuq kontsentrat ko'rinishida olinishi mumkin. Ajratish jarayonida preparatning ymumiy massasida faol oqsilning nisbiy ulushi, ya'ni uning ulushiy faolligi ortadi.

Download 17,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish