Organellalar. Organellalar yoki organoidlar deb maxsus tuzilishga ega bo'lgan va hujayrada muayyan funksiyalami bajaradigan doimiy hujayra qismlariga aytiladi. Organellalar umumiy va maxsus organellalarga bo'linadi.
Umumiy organellalar barcha hujayralarda uchraydi va har qanday hujayralarga xos funksiyalami ado etib boradi. Sitoplazmatik to'r, ribosomalar, mitoxondriyalar, hujayra ichidagi to'rsimon apparat, sentrosomalar va lizosomalar shularjumlasiga kiradi.
Maxsus organellalar qatoriga miofibrillalar, neyrofibrillalar va hujayraning boshqa qismlari kiradiki
Sitoplazmatik yoki endoplazmatik to'r. Bu tuzilma hujayra ichidagi vakuolalar va sisternalar sistemasidan iborat boiib, bular sitoplazmatik membranalar bilan cheklanib turadi. Ushbu sistema hujayra pardasining sitoplazmaga tortilib kirgan joylari bilan, yadro pardasi bilan, plastinka kompleksi (Golji apparati) sisternalari va mitoxondriyalar bilan tutashib turadi. Endoplazmatik to'r moddalarni hujayraga tashib berish uchun xizmat qiladi. Endoplazmatik to'rning ikki xili agranular (silliq) va granular xili tafovut etiladi. Agranular to'r kanalcha va sisternalar hosil qiladigan membranalardangina tuzilgan. Granular to'rda membranalarning tashqi yuzasida ribosomalar joylashgan bo'ladi. Oqsil shu yerda sintezlanadi, shu bilan birga oqsil sintezining asosiy bosqichi — polipeptid zanjirchalar hosil bo'lishi bevosita ribosomalarda o'tadi.
Ribosomalar — ribonukleoproteidlardan tashkil topgan sferik zich granulalar bo'lib, diametri 0,015—0,020 mkm keladi. Endoplazmatik to'r bilan birikkan ribosomalardan tashqari ko'pincha sitoplazmada erkin yotadigan ribosomalar uchraydi. Ular bitta-bittadan yoki to'p-to'p bo'lib joylashgan bo'ladi, har bir ribosoma kompleks bo'lib birikkan ikkita katta va kichik subbirlikdan iboratdir. Yuqorida aytib o'tilganidek, ribosomalar sitoplazmada oqsil sintezlanadigan joydir.
Mitoxondriyalar — bular uzunligi 0,5 mkm dan 7,0 mkm gacha boradigan, ko'ndalang kesimi 0,5 mkm atrofida bo'ladigan kichikroq granulalar (donachalar) ko'rinishidagi organellalardir. Mitoxondriyalar uchta komponentdan hosil bo'lgan. Sirtqi tomondan ular tashqi membrana bilan chegaralangan. Tashqi membrananing ichki tomonini tirqishsimon torgina kamgak bilan tashqi membranadan ajralib turadigan ichki membrana qoplagan. Ichki membranadan mitoxondriya ichiga burmalar botib kiradi, mitoxondriya kristallari deb shularni aytiladi.
Bular bir-biriga parallel holda yotadi va mitoxondriyalarning bo'ylama o'qiga ko'ndalang joylashgan bo'ladi. Kristallarning orasidagi ichki kamgak matriks deb ataladigan gomogen modda bilan toigan. Mitoxondriyalarning ichki va tashqi pardasi hamda kristallari uch qatlamli oqsil lipid membranalari bilan umumiy bir xil tipda tuzilgan. Mitoxondriyalar asosan oqsil, lipidlar va bir oz miqdor RNK dan tashkil topgan. Kimyoviy tarkibining asosiy xususiyati fermentlarga boyligidir.
Shu fermentlar orasida oksidlanishjarayonlarini hamda bularga aloqador fosforillanish jarayonini ta'minlab beradigan fermentlar ay-niqsa muhim fosforillanish jarayoni natijasida energiya ajratib turib, adenozindifosfat kislota (ADF) ga aylanadigan adenozintrifosfat kislota (ATF) hosil bo'ladi. ATF mitoxondriyalarning ichki pardasida yana sintezlanadi.
Hujayradagi barcha ATFning 75% i mitoxondriyalarda hosil bo'ladi, shu munosabat bilan mitoxondriyalar hujayraning asosiy energetik sistemasi bo'lib hisoblanadi.
Hujayra ichi plastinka kompleksi (Golji apparati). Bu organoid, odatda, ingichka-ingichka iplardan to'qilgan to'r ko'rinishida bo'ladi.
Ushbu to'r yadro yonida yoki hujayra markazi atrofida joylashgandir. Golji apparati ko'pincha yadro ostida yoki yadro atrofida uning ekvatori bo'ylab yotadi. D. N. Nasonovninghammadan ko'ra ko'proq asos-iangan faraziga qaraganda Golji apparati hujayralar ishlab chiqaradigan turli sekretlarning hosil bo'lishida ishtirok etadi. Bu apparatning hujayradagi ko'pgina boshqa protoplazma kiritmalari (lipidlar, polisaxaridlar va boshqalar) hosil bo'lib turishini ta'minlab borishi, shuningdek moddalar almashinuvi mahsulotlarini chiqarib tashlashda ishtirok etishi so'nggi vaqtda isbotlangan.
Hujayra markazi (sentrosoma). Hujayra markazi sentrosfera deb ataladigan ancha yirik sharsimon zonadan iboratdir. Sentrosfera ichida, odatda, ikkita zich tanacha, ya'ni sentriolalar bo'ladi, bular sentro-desmoza degan tortqi bilan bir-biriga tutashib turadi. Sentrosoma, odatda, yadro yonida joylashadi. Ba'zi hujayralarda sentriolalardan radial yo'na-lishda nursimon sferani tashkil etuvchi ingichka tortmalar chiqadi.
Sentriolalar hujayraning harakat funksiyasi bilan, jumladan, kip-rikchalarining harakati bilan mahkam bog'langan organoidlaridir. Kariokinetik bo'linish paytida sentriolalar hujayra qutblariga qarab tortiladi va duk iplariningjoylashuvini to'g'rilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |