Асосий адабиётлар:
Мирхамидова Р., Вахабов А.Х., Давранов К., Турсунбоева Г.С. Микробиология ва биотехнология асослари. Тошкент: Ilm Ziyo. 2014. -225 б.
Давронов Қ. Биотехнология:илмий, амалий ва услубий асослари. Тошкент. “Patent-press” 2008.
Иноғомова М., Вахобов А.Н. Микробиология ва вирусология асослари. Ўқув қўлланма. Тошкент. Университет. 2010.
Қўшимча адабиётлар:
Комилов Х.М., Рахимов М.М., Одилбекова Д.Ю. Биотехнология асослари. Тошкент: Extremum press. 2010.
Клунова С.М., Егорова Т.А., Живухина Е.А. Биотехнология. Учебник. Академия. Москва 2010
Коростелева Н.И., Громова Т.В., Жукова И.Г. Биотехнология. Учебное пособие. АГАУ. Барнаул. 2006
Ахборот манбалари:
1.http://www.ziyonet.uz/
2. http://www.google.co.uz/
3. http://www.google.ru/
4. http://www.biotehnolog.ru/
5. https://ru.wikipedia.org/
10- Mavzu: HUJAYRA INJENERLIGINING MODDIY ASOSLARI
Reja:
Hujayra injenerligining asosiy maqsadi va xozirgi vaqtda tutgan o'rni.
Hujayralarning qo'shilish uslublari.
Gen injenerligigining asosiy bosqichlari va metodlari.
Genlarni vektorga kiritish
O'zR FA ilmiy tadqiqot institutlarida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar
Hujayra injenerligining asosiy maqsadi va xozirgi vaqtda tutgan o'rni.
Hujayra injeneriyasining asosiy maqsadi tana (somatik) hujayralarni gibridizasiya qilish, ya'ni jinssiz hujayralarning qo‘shilishidan yangi organizmning xosil bo‘lishidir. Somatik hujayralarning qo‘shilishi to‘liq yoki resipient hujayraga donor hujayradan bir qismi, ya'ni sitoplazma, mitoxondriya, xloroplastlar, genomlar yadrosini yoki uning bir bo‘lagini qo‘yilishi mumkin. Somatik gibrilizasiya filogenetik jixatdan alohida bo‘lgan organizmlarni chatishtirishda muhim ahamiyatga ega. Gibridlik hujayralarni olish etaplari: Hujayralarning qo‘shilishi plazmatik membranalarning o‘zaro mustaxkam aloqada bo‘lishi. Bunday aloqada bo‘lishga tabiiy membrananing tashki tomondagi zaryadlar tuskinlik qiladi, ya'ni manfiy zaryadga ega bo‘lgan oqsil va genlar guruxlari. O‘zgaruvchan elektr yoki magnit maydoni bilan membranani depolyarizasiya qilinsa, membranadagi manfiy zaryadlar neytrallanib, kationlar yerdamida hujayraga qo‘shilishga sharoit yaratiladi. Amalietda kal'siy Ca2+ va xloriromazin ionlar kup qo’llaniladi. Polietilenglikol' effektiv "qo‘yiluvchi" (slivayushim) agent sifatida qo’llaniladi. Hayvonlarda hujayralarning qo‘shilishida virus ishtirok qiladi, ya'ni sitoplazmatik membranadagi oqsilni gidrolizlaydi. Virusning – bir qismidagi sub'edinisalar proteolitik aktivlikka ega. O‘simliklar, zamburuglar va bakteriyalarning hujayralari qo’shilishidan oldin, hujayra devoridan ajraladi, bu bilan protoplastlar xosil bo‘ladi. Protoplast – tirik hujayra tanasi. Hujayra qobig‘i fermentlar yerdamida gidrolizlanadi-bakteriyalar hujayrasiga lizosimlar, zamburug hujayrasi uchun zimoliazalar, o‘simlik uchun – sellyo’loza kompleksi, gemisellyo’loza va piktinaz zamburug produsientlari ishlatiladi. Protoplastlarning ajratib olinishi ancha murakkab jarayondir.
Do'stlaringiz bilan baham: |