Kafedrasi “biotexnologiya” fanidan o‘quv-uslubiy majmua


Moy kislotasining sifat reaksiyalari



Download 17,32 Mb.
bet99/165
Sana22.06.2022
Hajmi17,32 Mb.
#692108
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   165
Bog'liq
biotexnologiya kompleks-2022

2. Moy kislotasining sifat reaksiyalari
2.1. Probirkaga 3–4 см3 tekshirilayotgan syuqlikka 0,5 см3 96 % etil spirti solinadi va ustiga 2-3 tomchi konsentrlangan sulfat kislotasidan tomiziladi. Aralashma yaxshilab chayqatildi va past olovda isitiladi. Moy kislotasi mavjud holatda ananas hidini eslatuvchi moy-etil efiri hosil bo’ladi:

2.2. Probirkaga 5 см3 tekshirilayotgan suyuqlikka 2 см3 5%-li FeCl3 eritmasidan solinadi. Aralashma yaxshilab chayqatildi va past olovda isitiladi. Isitish natijasida jigarrang tusdagi yog’simon temir hosil bo’ladi:

3. Moy kislotasi bakteriyalarini mikroskopik tekshirish.
Suyuqlikni o'rganishda mikroskopik tekshiruvda asosan Clostridium pasturianum, dumaloq uchli, bitta va juftlashgan harakatchan novdalar aniqlanadi. Ushbu bakteriyalarning hujayralarida granuloz mavjud.
Bakterial hujayradagi granulozni aniqlash uchun “Ezilgan tomchi” preparati tayyorlanadi.
1. Sinov suyuqligidan bir tomchi toza buyum oynasiga tomiziladi. Suspenziyaning bir tomchisi probirka tubidan naycha yordamida olinadi.
2. Xuddi shu pipetka yordamida,buyum oynasining 1/5 qismida sinov suyuqligi taqsimlanadi.
3. Bir tomchi konsentrlangan Lugol eritmasi buyum oynasiga surtiladi va 30 s davomida saqlanadi. Suv bilan yuvib tashlanadi va qopqoqli stakan bilan yopiladi.
4. Immersion moy yordamida 100x kattalashtirishda mikroskopda kuzatiladi.
Lugol eritmasi bilan Granulosa ko'k rangga bo'yalgan.
4--LABORATORIYA ISHI. CHUMOLI KISLOTALI BIJG’ISH
Ichak mikroflorasining baʼzi bir namoyondalari chumoli kislotali bijgʼish jarayonini amalga oshirishlari ham mumkin. Baʼzi hollarda bu jarayonni aralashgan bijgish ham deb yuritiladi, Chunki, bunda chumoli kislotasidan tashqari boshqa moddalar, chunonchi, organik kislotalar, spirtlar hosil boʼlishlari mumkin. Bu jarayonni amalga oshiruvchi bakteriyalar Enterobacteriaceae oilasiga birlashgan boʼlib, ular grammanfiy, fakul’tativ anaeroblardir. Enterobakteriyalar orasida yaxshi oʼrganilganlari quyidagilardir: Escherichia coli, Proteus vulgaris, Aerobacter (Euterobacter) aerogenus ва Salmonella. Bu bakteriyalar ichakdan tashqari, tuproqda va suvda ham uchraydilar, Maʼlum sharoitda ularni deyarli barchasi patologik taʼsirga egaliklari bilan xarakterlanadi. Chumoli kislotali bijgʼish jarayonida karbon suvlarni metabolizmi asosan fruktozabisfosfat yoʼli orqali amalga oshsada, karbon suvlarni unchalik koʼp boʼlmagan qismi pentozafosfat yoʼli orqali oʼzgaradi. Chumoli kislotali bijgʼish natijasida chumoli, sut, sirka, yantar kislotalari, etanol, glitserin, atseton, 2,3-butilenglikolь, karbonat angidrid gazi va vodorod hosil boʼladi. Yuqorida koʼrsatib oʼtilgan barcha kulьturalar oʼziga xos boʼlgan metabolik asoslarga ega. Gomoatsetatli bijgʼish. Klostridiylar (Slostridium thermoaceticum, C.formicoaceticum, C.acidiurici) va baʼzi bir boshqa kulʼturalar oksidlanishni dastlabki bosqichlarida SO2 tegishli substratlardan ajralgan vodorod bilan quyidagicha bogʼlanadi:
8[Н] + 2С02 → СНзСООН + 2Н2О
Klostridiylar shakarni atsetatgacha fruktozabisfosfat yoʼli orqali oksidlaydi va shunday qilib, 1 molь geksozadan 3 molь atsetat sintez boʼladi.
Piruvatni parchalanishi hisobidan ajralib chiqqan karbonat angidrid gazining katta bir qismi vodorodni aktseptori rolini oʼynaydi, natijada u atsetatgacha qaytariladi.
Geksozalar klostridiylarga xos boʼlgan fruktozabisfosfat yoʼli bilan piruvatgacha oksidlanadi. Keyin esa piruvat, fermentativ yoʼl bilan (piruvat ferredoksin-oksidoreduktaza, fosfotransatsetilaza va atsetatkinaza fermentlari yordamida) atsetatga va karbonat angidrid gaziga parchalanadi.
Karbonat angidridi vodorod aktseptori sifatida ishlatiladi va qisman formiatgacha qaytariladi. Bijgʼishni alohida tipini olib boruvchi mikroorganizmlarni tanlash anʼanaviy selektsiyaning asosiy usuli boʼlgan: “kerakli metabolitni koʼprok sintez kshluvchi mikroorganizm tanlash” asosida olib boriladi. Hozircha bunday mikroorganizmlarni gen-muhandislik usullari asosida modifikatsiya qilish boʼyicha yangi strategiyalar ishlab chiqilgani yoʼq. Bunga bir necha sabablar mavjud:
birinchidan - har qanday tipdagi bijgish jarayoni ximizmi qaysi fermentlarni yetishmovchanligini toʼldirish darajasida chuqur oʼrganilmagan;
ikkinchidan - anaerob kulʼturalar hosil qiluvchi fermentlar spektri toʼliq oʼrganib chiqilmagan;
uchinchidan - baʼzi bir tipga kiruvchi bijgʼish jarayonlarida qatnashuvchi mikroorganizmlarni oʼsish sharoitini chuqurroq oʼrganishni talab qiladi va h.k.
Shunday qilib, nazariy va amaliy jihatlardan juda ham muhim boʼlgan masala - har xil tipdagi bijgʼish jarayonini olib boruvchi mikroorganizmlarni genetik modifikatsiya qilish masalasi, hozircha oʼrganish bosqichida turibdi. Hech shubha yoʼqki, bijgʼish jarayonini olib boruvchi shtammlarni katta kommertsial ahamiyatga ega ekanligi, bu yoʼnalishni jadal olib borilishiga asos boʼlib xizmat qiladi.



Download 17,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish