Qisqacha nazariy ma’lumotlar
Use Case diagrammasi foydalanish holatlaridan kelib chiqqan holda tizimning funksionalligi va talablarini o‘zida aks ettiradi. Use Case diagrammasi tizim bajarishi kerak boʻlgan xizmatlar, vazifalar va funksiyalarni modellashtiradi. Foydalanish holatlari yuqori darajadagi funksiyalarni va foydalanuvchi tizimni qanday boshqarishini ifodalaydi. Foydalanish holatlari UML-modellashtirishning asosiy tushunchalaridan biri hisoblanadi.
Use Case xususiyatlar va foydalanish holatlarini amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan elementlarni chaqiruvchi foydalanish holatlari, shaxslar yoki turli narsalardan iborat. Use Case diagrammasi jonli tizimning dinamik harakatini o‘zida aks ettiradi. U tashqi obyektning tizim bilan qanday ishlashini modellashtiradi. Use Case diagrammasi tizimning bir qismi bilan o‘zaro ta’sir qiluvchi tashqi narsalarni vizualizatsiya qilish uchun ham javobgardir.
Quyidagi rasmda sinflar diagrammasiga oid bir namuna keltirilgan:
Foydalanish holati – foydalanuvchi tomonidan amalga oshiriladigan tizimning noyob funksionalligidir. Use Case diagrammasini qo‘llao‘dan asosiy maqsad tizimning asosiy funksiyalarini qo‘lga kiritish va aktyorlar deb ataladigan turli xil narsalarning foydalanish holatlari bilan o‘zaro ta’sirini tasavvur qilishdir.
Use Case diagrammasi tizimning asosiy qismlarini va ular orasidagi ish jarayonini ifodalaydi. Foydalanish holatida amalga oshirish tafsilotlari tashqi foydalanishdan yashiriladi, faqat voqea oqimi aks ettiriladi.
Use Case diagrammasi yordamida biz aktyor bilan o‘zaro aloqada bo‘lishdan oldingi va keyingi shart-sharoitlarni bilib olamiz. Ushbu shart-sharoitlarni turli test holatlari yordamida aniqlash mumkin.
Umumiy holda diagrammalar quyidagilar uchun ishlatiladi:
tizim talablarini tahlil qilish;
yuqori darajadagi vizual dasturiy ta’minotni loyihalash;
tizimning funksiyalarini qamrab olish;
tizimning asosiy g‘oyasini modellashtirish.
Foydalanish holatlari kerakli funksionallikni yetkazish uchun mo'ljallangan, shuning uchun foydalanish holatlarining aniq doirasi tizimga va UML modelini yaratish maqsadiga qarab farq qilishi mumkin.
Quyida Use Case diagrammasida ishlatiladigan umumiy belgilar “Use Case” va “Actor” nomli notatsiyalar haqida ma’lumotlar keltirilgan:
Use Case:
Foydalanish holatlari yuqori darajadagi funksiyalarni va foydalanuvchi tizimni qanday boshqarishini ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Foydalanish holati tizim, komponent, paket yoki sinfning alohida funksionalligini ifodalaydi. U oval shakl bilan belgilanadi, oval shakl ichida foydalanish holatining nomi yozilgan. UMLda foydalanish holatining yozuvi “Use Case-name” ko‘rinishida quyida keltirilgan:
Actor:
U ichki foydalanish holatlari diagrammalarida qo‘llaniladi. Actor tizim bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan obyektdir. Foydalanuvchi actorning eng yaxshi namunasidir. Actor - bu Use Case doirasidan tashqarida foydalanish holatini boshlagan shaxs. Bu foydalanish holati bilan o‘zaro ta’sirga olib keladigan har qanday element bo‘lishi mumkin. Bitta actor tizimda bir nechta foydalanish holatlari bilan bog‘lanishi mumkin. UMLda actor yozuvi “Actor-name” nomi bilan yuqorida keltirilgan.
Topshiriqlar:
1. Use Case diagrammasi nima va u qanday vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan?
2. Use Case diagrammasining asosiy elementlarini nimalar tashkil etadi?
3. Use Case diagrammasini yaratish usullari haqida yozma ma’lumot tayyorlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |