2. Agar Markaziy bank ochiq bozor operatsiyalarini doimiy ravishda amalga
oshirsa, ya’ni har kuni yoki bir kunda
bir necha marta amalga oshirsa, u holda,
Markaziy bank uncha ko’p sonli bo’lmagan bir nechta tijorat bankini tanlaydi.
Ayrim hollarda, Markaziy bank pullar taklifiga tez ta’sir qilish maqsadida
bitta tijorat banki bilan yirik summaga ochiq bozor operatsiyasini amalga oshiradi.
Fikrimizcha, O’zbekiston Respublikasi bank tizimi rivojlanishining zamonaviy
bosqichida Markaziy bankning bitta tijorat banki bilan ochiq bozor operatsiyasini
amalga oshirishi, respublikamiz bank amaliyotida sog’lom raqobat muhiti to’liq
shakllanmagan hozirgi sharoitda, ushbu bank
monopol mavqeining yuzaga
kelishiga olib kelishi mumkin.
Markaziy bank tomonidan ochiq bozor operatsiyalarini amalga oshirishda
tijorat banklariga nisbatan aniq mezonlarga asoslangan majburiyatlar belgilanishi
lozim. Bu borada ochiq bozor siyosati bo’yicha katta tajriba to’plagan markaziy
banklar (Angliya Markaziy banki, GFR Bundesbanki, AQSh FZT) ning ochiq
bozor operatsiyalarini amalga oshirish tartibini o’rganish maqsadga muvofiqdir.
Masalan, Angliya Markaziy bankining amaldagi talabiga ko’ra,
Markaziy bank
bilan ochiq bozor operatsiyalarida ishtirok etuvchi tijorat banklari quyidagi
mezonlar bo’yicha talabga javob berishlari lozim
107
:
– operatsiyani to’liq va xavfsiz rejimda amalga oshirish imkonini beradigan
darajada texnik imkoniyatlarga ega bo’lishi lozim;
– turli bozorlarda likvidlilikni talab qilinadigan darajada o’zgartirish uchun
zarur bo’lgan miqyosda operatsiyalarni faol tarzda amalga oshirish imkoniyatiga
ega bo’lishi zarur;
– ochiq bozordagi operatsiyalarda doimiy tarzda ishtirok etishi lozim;
– Markaziy bankni bozorda yuzaga kelgan sharoitlar va tendentsiyalar
to’g’risidagi foydali ma’lumotlar bilan doimiy ravishda ta’minlab turishi zarur.
Taraqqiy etgan mamlakatlar markaziy banklarining tajribasi shuni
ko’rsatadiki, Markaziy bankning ochiq bozor siyosati
uning qayta moliyalash
siyosati va majburiy zaxira siyosati bilan muvofiqlashtirilgan tarzda olib
borilgandagina kutilgan samarani beradi. Ushbu fikrimizning dalili sifatida AQSh
FZT tomonidan amalga oshirilayotgan ochiq bozor operatsiyalarini keltirish
mumkin.
AQSh FZTning ochiq bozor siyosati «diskont oynasi» orqali kreditlash
operatsiyalari va majburiy zaxira talabnomalari bilan muvofiqlashtirilgan tarzda
olib boriladi. Uchala siyosat doirasidagi operatsiyalarni muvofiqlashtirish
Boshqaruvchilar Kengashi va Ochiq bozordagi operatsiyalar bo’yicha qo’mita
(Qo’mita) tomonidan amalga oshiriladi.
Qo’mita o’zining har bir majlisidan keyin Nyu-Yorkdagi Federal zaxira
bankiga (FZB) keyingi majlisga qadar ochiq bozor operatsiyalarini amalga oshirish
to’g’risida ko’rsatma beradi. Qo’mita Nyu-Yorkdagi
FZBni ochiq bozor
operatsiyalarini amalga oshirish bo’yicha agent sifatida tanlagan. Shuning uchun
FZB ning yuqori lavozimdagi mansabdor shaxslaridan biri ichki bozorda amalga
oshiriladigan ochiq bozor operatsiyalarini boshqaradi.
107
“The Bank of Englands Operations in the Sterling Money Markets” (L.: Bank of England, 2002) ma’lumotlari
asosida muallif tomonidan umumlashtirildi.
FZT ochiq bozor operatsiyalari doirasida qimmatli qog’ozlarni sotib olganda
o’ziga nisbatan chekni yozish yo’li bilan to’lovni amalga oshiradi. Sotuvchining
banki chekni olishi bilan uni FZT ga to’lovni amalga oshirish uchun uzatadi. FZT
sotuvchining bankini FZB dagi zaxira hisobraqamining qoldig’ini ko’paytirish
yo’li bilan chekni aktseptlaydi. Shunisi xarakterliki, qimmatli qog’ozni
sotuvchining bankini hisobraqami qoldig’ining o’sishi boshqa bankdagi zaxiraning
kamayishiga olib kelmaydi. Demak, Markaziy bank qimmatli qog’ozlarni sotib
olsa milliy bank tizimi zaxiralarining umumiy miqdori oshadi. Bu esa, Markaziy
bank ochiq bozor siyosatining muhim xususiyati hisoblanadi.
FZT ochiq bozor siyosati doirasida qimmatli qog’ozni sotsa, buning natijasida
sotib oluvchining bankini FZB dagi zaxira hisobraqamining qoldig’i kamayadi.
Ushbu kamayish boshqa bankning FZB dagi zaxira hisobraqami qoldig’ining
ko’payishiga olib kelmaydi. Demak, FZT qimmatli qog’ozlarni sotsa milliy bank
tizimi zaxiralarining umumiy miqdori kamayadi.
Markaziy bankning ochiq bozor operatsiyalari milliy bank tizimi
zaxiralarining miqdoriga bevosita ta’sir qilish yo’li bilan pullar taklifiga va tijorat
banklarining kredit emissiyasi hajmiga ham kuchli ta’sir ko’rsatadi.
AQSh ikkilamchi bozorida hukumat qimmatli qog’ozlari muomalasi
hajmining nihoyatda katta ekanligi AQSh hukumati tashqi va ichki qarzining katta
miqdorda ekanligi bilan izohlanadi.
Davlatning qarzi miqdorining katta ekanligi uni qimmatli qog’ozlar
emissiyasini oshirishga majbur qiladi. Buning natijasida, bir tomondan,
hukumatning qarzini noinflyatsion yo’l bilan yopish imkoniyati yuzaga keladi;
ikkinchi tomondan, Markaziy bankning ochiq
bozor operatsiyalari orqali
muomaladagi pul massasini tartibga solish imkoniyati oshadi.
O’z
navbatida,
Markaziy
bankning
ochiq
bozor
siyosatini
takomillashmaganligi uning REPO operatsiyalari orqali so’mning almashuv
kursiga va milliy bank tizimining likvidliliga sezilarli darajada ta’sir etish imkonini
bermaydi. Bu esa, pirovard natijada, majburiy zaxira siyosati kabi ma’muriy
instrumentlardan foydalanish zaruriyatini kuchaytiradi.
Markaziy bank ochiq bozor operatsiyalari ob’ektlari sonini ko’paytirish,
ularning investitsion jozibadorligini oshirish, ochiq bozor siyosatini qayta
moliyalash va majburiy zaxira siyosati bilan muvofiqlashtirilgan tarzda amalga
oshirish ushbu siyosatning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: