3. Pul agregatlari va ularning tarkibi
Pul agregatlari - bu pul massasini miqdoriy jihatdan o’lchashda
qo’llaniladigan ko’rsatkichlardir.
Pul agregatlarini qo’llashda har bir mamlakat pul bozori instrumentlarining va
pul aylanmasining o’ziga xos xususiyatlari hisobga olinadi. Chunonchi, AQShda
to’rtta, Buyuk Britaniyada beshta, Shveytsariyada uchta pul agregati
qo’llaniladi
126
.
Markaziy bank tomonidan nazorat ob’ekti sifatida pul agregatini tanlashda
uninng tarkibidagi o’zgarishlarni hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi.
Masalan, iqtisodchi olimlarning fikriga ko’ra, AQSh FZT tomonidan XX asrning
90-yillarida monetar siyosatning indikatori sifatida M1 pul agregatidan
foydalanilganligi muomaladagi naqd pul miqdorining ko’payganligi bilan
izohlanadi: “AQShda naqd pullarning pul sifatida va M1 pul agregatining
komponenti sifatidagi ahamiyati oshdi. Masalan, 1973 yilda AQShda odam
boshiga 325 dollar miqdorida naqd pul to’g’ri kelgan bo’lsa, 1993 yilga kelib bu
ko’rsatkich 1050 dollarga etdi. Naqd pullarning M1 pul agregatidagi salmog’i 1960
yilning oxiridagi 20,5 foizdan 1992 yilning so’ngida 30 foizdan yuqori darajaga
etdi”
127
.
1-jadval
AQShda pul agregatlarining tarkibi
128
Pul agregatining
nomi
Pul agregatining tarkibi
M1
naqd pullar + yo’l cheklari + talab qilib olinadigan depozitlar
+ boshqa chekli depozitlar
M2
M1 + kichik summadagi muddatli depozitlar + qisqa muddatli
REPO bitimlari + jamg’arma depozitlar + pul bozorining
depozit hisobraqamlari + o’zaro fondlarning aktsiyalari +
evrodollardagi depozitlar
M3
M2 + yirik summadagi muddatli depozitlar + o’zaro
fondlarning moliya bozorlariida muomalada bo’lgan pul
mablag’lari + REPO sharti bilan qimmatli qog’ozlarni sotib
olish bo’yicha yirik bitimlar + evrodollardagi muddatli
depozitlar
L
M3 + qisqa muddatli g’azna qimmatli qog’ozlari + korporativ
qimmatli qog’ozlar + jamg’arma obligatsiyalari + bank
aktseptlari
AQShning Kolumbiya universitetining professori F.Mishkinning fikriga
ko’ra, pul massasini baholashda pul massasining qisqa muddatli tebranishlari
muhim emas, balki uning uzoq muddatli tebranishlarini tahlil qilish lozim.
F.Mishkin o’zining ushbu xulosasini aniq ma’lumotlar tahlili asosida asoslab
bergan.
126
Деньги, кредит, банки. Учебник. Под ред. Проф. О.И. Лаврушина. 8-ое изд. – М.: КНОРУС, 2009. - С. 112
127
Миллер Л.Р., Ван-Хуз Д.Д. Современные деньги и банковское дело. Пер. с англ. – М.: Инфра- М, 2000.-
С.50.
128
Monetary aggregates background. www.federalreserve.gov.
Do'stlaringiz bilan baham: |