Kafedraning huquqiy maqomi, ta’sis hujjatlari, tashkiliy tuzilishini o‘rganish



Download 15,11 Kb.
Sana11.11.2022
Hajmi15,11 Kb.
#863853
Bog'liq
amaliyot


1Kafedraning huquqiy maqomi, ta’sis hujjatlari, tashkiliy tuzilishini o‘rganish
2008 yil iyun oyida TATU rektorining 550-01-sonli buyrug‘iga asosan «Telematika tizimlari» va «Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish» kafedralari birlashtirildi va «Ma’lumot uzatish tarmoqlari va tizimlari» kafedrasi deb nomlandi.
Telematika tizimlari” kafedrasi 1958 yili telefon aloqasi kafedrasidan ajralib chiqdi va unga dastlab telegraf aloqasi, 1967-1968 yildan 1996 yilgacha xabarlarni diskret uzatish va telegraf aloqasi va undan so‘ng telematika tizimlari kafedrasi deb yuritila boshlandi. Kafedra o‘sha vaqtda xozirgi Toshkent kasb-xunar kolleji asosiy binosida ish boshladi. 1958-yili telegrafiya asoslari fanidan Moskvadagi Markaziy aloqa ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimi, texnika fanlari nomzodi S.B.Bazilevich maruzalar qilgan, labaratoriya mashg‘ulotlarini esa assistent I.B.Zorin olib borgan. 1958-1960 uquv yillarida kafedra texnika fanlari nomzodi Ye.D.Milovidov mudirlik qildi. Bu davrda “Telegrafiya asoslari” fanidan maruzalarni Leningrad elektrotexnika aloqa institutidan xizmat safariga yuborilgan texnika fanlari nomzodi G.A.Yemelyanov xam o‘qidi. 1960-1961 o‘quv yilidan boshlab kafedrada MEAI ni tugatgan M.B.Asqarova va TEAIda tahsil olgan M.N.Aripovlar assistent lavozimida ish boshladilar. 1960-yil dekabr oyida assistent M.N.Aripov institut raxbariyati tomonidan MEAIga aspiranturaga maqsadli o‘qishga yuborildi.
Universitet 1961-1962 o‘quv yili binosiga ko‘chib o‘tgandan so‘ng, “Telegraf aloqasi asoslari va tonal telegraflash” o‘quv laboratoriyasi tashkil etildi. 1961-1962 o‘quv yilidan boshlab, kafedraga I.B.Zorin mudirlik qildi. Keyingi o‘quv yilida A.V.Marin va1963-1964 o‘quv yilidan 1968 yilgacha texnika fanlari nomzodi O.A.Labichev kafedraga mudirlik qildirlar. 1967-68 o‘kuv yillarida kafedra «Telegrafiya va diskret ma’lumotlarni uzatish» kafedrasi deb atala boshlandi. M.N.Aripov 1964 yili nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli ximoya qilib, kafedraga assistent lavozimiga qaytdi va 1968 yildan 2000 yil may oyigacha kafedraga mudirlik qildi.
Kafedraning ilmiy - tadqiqot ishlari asosan shovqinbardosh kodlarni ishlatgan xolda ma’lumotlarni ximoya qilish, raqamli qurilmalarni nazorat va texnik diagnostika qilish mavzulariga bag‘ishlangan. Tadqiqot natijalari bo‘yicha professor M.N. Aripov tomonidan 6 ta monografiya va yuzga yaqin ilmiy ishlar chop etildi. Professor M.N.Aripov raxbarliklarida Sh.Z.Yunusov, M.Z.Yokubova, Z.B.Tukubaev, M.I.Djalilov Ye.D.Bichkovlar nomzodlik dissertatsiyalarini yoqlashdi. Kafedra professor - o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari tomonidan 200 dan ortiq ilmiy maqolalar, 100 ga yaqin o‘quv - uslubiy qo‘llanmalar chop etildi.
 
1996 yildan boshlab kafedra nomi «Telematika tizimlari» kafedrasi deb o‘zgartirildi.
1999 yildan boshlab kafedrada telekommunikatsiya soxasi bo‘yicha bakalavrlar va telekommunikatsiya soxasi bo‘yicha magistrlar tayyorlamoqda.
2001 yildan 2005 yil mart oyigacha Telematika tizimlari kafedrasiga t.f.n., dotsent N.B. Usmonova mudirlik kildi. 
2005 - 2007 yillarda t.f.n., dotsent Yu.K. Kamolov kafedra mudiri bo‘lib ishladi.
Kafedrada o‘tgan davrda texnika fanlari nomzodi M.B.Asqarova, A.V.Smorodin, X.X.Fetlyaeva, X.Q.Qodirxo‘jaeva R.X.Djuraev, O.A.Mileeva, T.Z.Tursunxo‘jaeva, texnika fanlari nomzodi, dotsentlar: S.N.Saxarchuk, Sh.Z.Yunusov, R.M.Rajabov, N.S.Xodjaev, R.Z.Gizatulin M.I.Djalilov, Yu.K.Kamolov, Ye.D.Bichkov , katta o‘qituvchi va ilmiy xodimlar;I.A.Fetlyaev, F.Z.Faxrutdinov N.X.Xikmatullaev, M.M.Zakirovlar o‘qituvchi va ilmiy xodim lavozimlarida faoliyat ko‘rsatdilar. 1976-1986 yillarda professor D.A.Abdullaev o‘rindoshlik asosida axborotlarni diskret uzatish fani bo‘yicha leksiyalar o‘qidi.
Kafedra o‘qituvchi va xodimlari professor M.N.Aripov raxbarligi ostida Moskva, Kaluga, Nijniy-Novgorod shaxarlari ilmiy-tadqiqot institutlari va ishlab chiqarish korxonalari bilan ilmiy tadqiqot ishlarini xam olib bordilar. Kafedrada ilmiy tadqiqot ishlarini ikki yo‘nalishda olib borildi: axborotlarni diskret uzatish ishonchliligini oshirish metodlarini va raqamli tizimlar xolatiga texnik tashxis qo‘yish.
Mazkur ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda o‘qituvchilar bilan birga kafedra xodimlari I.A.Fetlyaev, R.X.Djuraev, I.P.Borodina, M.M.Minorov, M.M.Zokirov, Ye.D.Bichkovlar faol ishtrok etdilar. Talqiqot natijalari bo‘yicha dotsent M.N.Aripov raxbarligi ostida va uning ilmiy maslaxati bilan Sh.Z.Yunusov, M.Z.Yoqubova, Z.B.Tukubaev, M.I.Djalilov, Ye.D.Bichkovlar nomzodlik disseratatsiyalarni ximoya qildilar. Kafedra professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari tomonidan 200 dan ortiq ilmiy maqolalar,100 ga yaqin o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar chop etildi, 20 ixtiro uchun patent olishga muyassar bo‘ldi.
2Kafedraning ichki tartib-qoidalari, texnika xavfsizligi va mexnat muxafazasi bilan tanishish, texnika xavfsizligi va mexnat muxofazasi bo‘yicha malaka imtihonini topshirish
1-bulim. Umumiy koidalar
1.1. Ушбу Мухаммад ал-Хоразмий номидаги Тошкент ахброт технологиялари университети (бундан буён матнда ТАТУ деб юритилади) профессор ўкитувчиларининг одоб-ахлок коидалари (бундан буён матнда "Коидалар" деб юритилади) Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси, "Кадрлар тайёрлаш миллий дастури тўғрисида”ги, “Таълим тўғрисида”ги ва "Ахборот эркинлиги принциплари ва кафолатлари тўғрисида, ги конунлар, Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 27 майдаги ПФ-5729-сон Фармони, Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг тегишли буйруқлари ҳамда ТАТУ Устави, ички тартиб коидалари хамда умумэътироф этилган маънавий ва ахлокий тамойиллар асосида ишлаб чикилган.
"Коидалар" ишлаб чиқилишида Ўзбекистон Республикаси таълимга оид қонун хужжатларида фукароларга таълим, тарбия бериш, касб-хунар ўргатишнинг ҳуқуқий асосларини белгилашга ҳамда ҳар кимнинг билим олишдан иборат конституциявий хукукини таъминлашга, таълим олувчиларни маънавий-ахлокий тарбиялашнинг ва маърифий ишларнинг самарали шакллари ҳамда услубларини ишлаб чикиш ва жорий этишга каратилганлиги сабабли ОТМнинг асосий функцияси таълим ва тарбия беришдан иборат эканлиги назарда тутилган.
1.2. "Коидалар" ТАТУ маъмурияти, профессор-ўқитувчилари, ходимлари (жамоа аъзолари)нинг OTMra оид ўзаро муносабатларидаги одоб-ахлок тамойиллари, риоя этишлари шарт бўлган хулк-атвор коидалари мажбуриятларини белгилаб беради. ва
1.3 "Қоидалар"га риоя килиш ТАТУ жамоа аъзоларининг барчаси учун мажбурийдир.
1.4. Ишга кабул килинаётган ҳар бир шахс "Коидалар" билан танишиб чиқиши хамда унга риоя килишини ўз зиммасига олиб имзо куйиши шарт.
1.5. ТАТУ жамоат, давлат ва нодавлат ташкилотлари, таълим ва илмий муассасалар, тадбиркорлик субъектлари, оммавий ахборот воситалари ҳамда талабаларнинг ота-оналари билан ўзаро муносабатларда "Қоидалар"даги кўрсатмаларга риоя этилишидан манфаатдордир.
2-bulim. максад ва тамоил
2.1. "Қоидалар"нинг максади университетда соглом маънавий ва ижтимоий психологик мухитни шакллантириш, унинг нуфузи хамда обру-эътиборини асраб авайлаш, юксак маънавий ва ахлокий талабларга жавоб берувчи юкори малакали кадрлар тайёрлашга кўмаклашиш, ТАТУнинг жамиятдаги ҳамда таълим тизимидаги
нуфузли янада кучаытирилади.
2.2. "Kоида" ning asosiy asarlari:- юксак маънавий-ахлокий фазилатларга эга, жамият, давлат ва оила олдида ўз масъулиятини хис этадиган, давлатнинг ИЧКИ ва ташки сиёсатини тўғри англайдиган, ватанпарвар ва халқпарвар, ташаббускор ва тадбиркор, замонавий билимлар билан куролланган ҳамда юксак инсоний фазилатларга эга бўлган иродаси бакувват, иймони бутун ва виждони уйгок мутахассисларни тайёрлаш;
Университет жамоа аъзоларининг маънавий иммунитетини шакллантириш, саклаш ва ҳимоя килиш;- ёшлар орасида одоб-ахлокни бузишга, шу жумладан зўравонлик, ҳаёсизлик ва шафкатсизликни ташвикот килишга каратилган хар кандай хатти-харакатларнинг олдини олиш, жумладан, ёшларни ичкиликбозлик ва гиёхвандлик иллатларидан, бошка турли ҳалокатли тахдидлар хамда биз учун ёт булган диний ва экстремистик таъсирлардан, тубан "оммавий маданият" кўмаклашишдан иборат.

3Ma’lumot uzatish tarmoqlarida ishlatiladigan aloqa kabellarining turlari va ularning tuzilishi, tarmoq topologiyalari, tarmoqda qo‘llaniluvchi qurilmalar bilan tanishish
Download 15,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish