Kafedra: Xizmat ko’rsatish texnikas Yo’nalish


Bajariladigan texnologik jarayonlar



Download 54,05 Kb.
bet4/4
Sana23.07.2022
Hajmi54,05 Kb.
#844400
1   2   3   4
Bog'liq
8 amaliyot

Bajariladigan texnologik jarayonlar
Ustaxonada quyidagi ishlar bajariladi:
-TXK-2 postlarida echib olingan asosiy asboblar (karbyuratorlar, yoqilg’i nasosi, yuqori bosimli yoqilg’i nasosi, forsunkalar, gaz apparaturasi) tashxislanadi, ta’mirlanadi va rostlanadi;
-JT mintaqasida aniqlangan, postda bartaraf etib bo’lmaydigan ta’minot tizimi asboblari ta’mirlanadi;
-ta’mirlash jarayonida ta’minot tizimi asboblari detallarga ajratiladi, saralanadi, nosozlari yangisiga yoki ilgari ta’mirlanganiga almashtiriladi;
-ta’mirlangan asboblar ustaxonadagi jihoz va stendlarda tekshiriladi va rostlanadi.
Shinalarnita’mirlash va kameralarni yamash ustaxonasi .
Shina ta’mirlash ustaxonasida quyidagi texnologik jarayonlar amalga oshiriladi:
- shinalar avtomobildan echib olinadi;
- yuviladi; 4 - nosoz yoki teshilgan joyi aniqlanadi;
- kamerasiz shinalarning teshilgan pokrishkalari turgan joyida yamaladi;
- kamera teshilgan bo’lsa, yoki pokrishka ta’mirtalab bo’lsa, shina yig’ish stendida shina qismlarga ajratiladi;
- kamera yamaladi;
- pokrishkaning yurish yo’lida yoki yon tomonida kichik teshik va yirtiqlar bo’lsa, yamaladi;
- shina stendda yig’iladi;
- muvozanatlanadi;
- shina avtomobilga qo’yiladi.
Texnik xizmat ko’rsatish texnalogiyasi. Ta’mirlash turlari.
Servis xizmati ko’rsatishning imtiyozli va siylovli narx siyosatini olib borish korxona imidjini va ishdagi obro’sini oshiradi.
Mijozlar uchun qulayliklar yaratish, ularga hurmat va ehtirom bilan muomala qilish va xizmat ko’rsatish madaniyatini oshirish - mijozning ishonchini, hohishini va servis xizmatiga ehtiyojini oshirish uchun xizmat qiladi. Xizmat madaniyatining asosiy elementi bo’lib xizmat ko’rsatish xodimlarining malakaviy axloqi hisoblanadi.
Malakaviy axloq mijozga xizmat ko’rsatuvchining tashqi qiyofasi, hurmat va ehtiromida, hamda tozalik va shinamlikda namoyon bo’ladi. Malakaviy axloqni yaxshilash kadrlarni tanlash, tayyorlash va malakasini oshirish, ular bilan tarbiyaviy ishlarni olib borish va iqtisodiy rag’batlantirish orqali amalga oshiriladi.
Xizmatning estetik madaniyati–xizmat ko’rsatish estetikasi, interer, xodimning estetik qiyofasidan iborat.
Xizmat ko’rsatish estetikasi mijozning korxonaga kelishidan yaxshi ta’surot olishi, ko’ngildagidek sharoitning mavjudligi va salonlarning qulayligiga asoslanadi.
Xodimning estetik qiyofasi tozalik, orastalik, korxona belgisi tushirilgan firma kiyimida nomoyon bo’ladi.
Avtoservis korxonasi o’zining ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish, mijozlarni yanada ko’proq jalb qilish, o’zining raqobatbardoshlikka chidamliligini oshirish uchun ishlab chiqarishni rivojlantirishi, yangi texnika va texnologiyani qo’llashi, xizmat ko’rsatishning yangi turlarini taklif etishi lozim.
Bunga yangi texnika va texnologiyani qo’llash, zamonaviy avtomobillar, sifatli ehtiyot qismlar va avtoekspluatastion materiallar bilan savdo qilish, yuqori malakali savdo xodimlarini ishga jalb qilish, xizmatning yangi turlarini (avtomobillar prokati, boshqa korxonalar, shu jumladan ATKlar bilan kooperastiya ishlarini tashkil qilish) rivojlantirish, avtomobillarga tez texnik yordam ko’rsatish, abonentli xizmat ko’rsatishni tashkil etish kabi tadbirlar amalga oshirish bilan erishish mumkin.
Avtoservis korxonasida mijozning kutish vaqtini kamaytirish maqsadida “Avtomobil kalitini berish” tamoyili bo’yicha xizmat ko’rsatish ham mijozlarni jalb qilishning samarali yo’llaridan biri. Bunda mijoz avtomobil kalitini avtoservis 5 korxonasi xodimiga topshiradi, u esa xizmat bo’yicha buyurtma rasmiylashtirishdan tortib to ta’mirlangan avtomobilni egasiga topshirguncha bo’lgan amallarni bajaradi.
Avtomobillarga TXK va ularni ta’mirlash miqyosida bajariladigan ishlar texnik hujjatlarda ko’rsatilgan texnologik tartibda, texnik talablar va shartlarga rioya qilingan holda bajarilsagina, sifatli bo’ladi.
TXK va ta’mirlash xizmati sifati quyidagi omillarga bog’liq:
1. Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash;
2. Moddiy-texnika ta’minoti;
3. Kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish;
4. Metrologik ta’minot;
5. Xizmat sifatiga bo’lgan talablarni me’yorlashtirish va xizmat sifati darajasini barqarorlashtirish;
6. Xizmatni baholashdan o’tkazish (sertifikastiya);
7. Xizmat sifatini yaxshilashni rag’batlantirish;
8. Xizmat sifatini boshqarishni huquqiy ta’minlash;
9. Davlat tomonidan davlat standartlarining joriy etilishi va unga rioya qilinishini, texnik shartlarni, texnik o’lchov vositalari holatini nazorat qilish;
10. Xizmat sifatini muassasalar tomonidan nazorat qilish;
11. Tizimni ma’lumot (axborot) bilan ta’minlash.
Shu ko’rsatilgan barcha yo’nalishlar bo’yicha korxonada ishlab chiqarish standartlari tuziladi va ularda o’z yo’nalishlari bo’yicha bajariladigan tadbirlar, bajaruvchi bo’limlar va ijrochilar aniq ko’rsatiladi.
Avtoservis xizmatida sifat ikki qismdan, ya’ni avtomobilda bajarilgan ishlarning sifati va avtomobillar egalari-mijozlarga qilinadigan muomala madaniyati hamda qulayliklardan iboratdir.
Avtoservis korxonasidagi xizmat sifatini baholash borasida ma’lum davriylikda mijozlardan so’rovnoma o’tkazib turiladi va uning natijalari bo’yicha xizmat ko’rsatishdagi yutuq va kamchiliklar aniqlanadi, ular oldingi erishilgan natijalar bilan solishtirib ko’rilib, chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
Xizmat sifatini sertifikatlash ISO-9000 seriyadagi standartlar bo’yicha amalga oshiriladi.
ISO-9001, ISO-9002 va ISO-9003 standarti 1994 yili qayta ko’rib chiqilgan 2000 yili “ISO-9000” ning yangi tahriri tasdiqlangan va hozirgacha amalda.
Ishchidan tortib korxonaning birinchi rahbarigacha o’z ishchi o’rni va vakolati yuzasidan sifat menejmentiga jalb etilsagina, xizmatning yuqori sifatli bo’lishiga erishiladi. Sifatni boshqarishda xaridor talabi, nosozliklar, adashish va xatoliklar haqidagi ma’lumotlar va xaridor bahosi axamiyatli o’rinni egallaydi.
O’zbekiston Respublikasida ham xalqaro ISO standartini xalq xo’jaligida, shu jumladan, avtomobil sanoatida va avtomobil servisi va ta’mirlashda joriy etish bo’yicha salmoqli ishlar amalga oshirilgan.









Download 54,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish